OZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA ORTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI “Boshlang‘ich ta’lim “ fakulteti JISMONIY MADANIYAT ta’lim yo‘nalishi 3 -kurs “Sport va harakatli o‘yinlarni o‘qitish metodikasi ” fanidan Mavzu: Basketbol o‘yinida to‘pni boshqarishning texnik usullarni o‘rgatish. (to‘pni olib yurish) B Nigmanov
REJA • 1. Basketbol o’yini qoidalari. • 2. Basketbol o’yinida harakatlanish texnikasini o’rgatish. (dastlabki holatda turish, burilish, • 3. To’pni olib yurib texnikasini o’rgatish. • 4. O’rta masofadan to’pni savatga tashlashni o’rgatish.
O’quv mashg’ulotining maqsadi: • Basketbol o’yini haqida umumiy tushuncha berish, o’yin qoidalari haqida ma`lumot berish. Maydon bo’ylab to’psiz harakat qilish texnikasini o’rgatish. To’pni har xil yunalishlarda hamda to’siqlar orasidan olib yurish va o’rta masofadan savatga tashlash texnikasini o’rganish.
O’quv faoliyati natijalari: o’yin qoidalari haqida tushunchaga ega bo’lishlari kerak; harakatlanish texnikasini (dastlabki holatda turish, burilish) amalda bajarib ko’nikma hosil qiladilar; to’pni olib yurish texnikasini o’rgatish. amaliy ko’rsatib berish; amalda bajarib ko’nikma hosil qiladilar; o’rta masofadan to’pni savatga tashlashni o’rgatish. amaliy ko’rsatib berish;
Amaliy mashg‘ulotni borishi. Darsning tayyorlov qismi • • Saflanish Davomatni aniqlash Darsning maqsad va vazifalarini e’lon qilish Yurish, yugugish, URM.
Darsning asosiy qismi Maxsus yugurish mashqlar
• 1. Ikki kolonna bo‘lib erkin yurish. • 2. Erkin yugurish. Signal (buyruq) bo‘yicha – tez yugurish (15 – 20 m). • 3. O‘ng (chap) oyoq almashlab o‘tirib yurish, tanani o‘ng (chap) tomon harakatga moslab burish. • 4. Bir oyoq tizzada bukib, ikkinchisida sakrab yugurish. • 5. Erkin yugurish. Signal bo‘yicha sakrab to‘pni boshda o‘ynayotgan holatdagidek gavdani bukib usul bajarish.
• 8. Erkin yugurish. Signal bo‘yicha, orqaga harakat qobiliyatini hisobga olgan holda, shiddat bilan yugurish. • 9. O‘tirgan holatdan (cho‘kkalab) juft oyoqda sakrash ( «qurbaqacha sakrash» ). • 10. Ikki kishi bir – biriga ketma – ket turadi, biri qo‘llarini sherigining elkasiga qo‘yadi va uni belgilangan joyga surib chiqarishga urinadi, sherigi esa unga
11. «Juftlikda quvlamachoq» . Har qaysi juftlik sherigining qo‘lidan ushlagan holda qolgan juftliklarni ortda qoldirishi kerak. Variantlar: A – shiriklardan biri ( «chavandoz» ) ikkinchisining ekasiga o‘tirgan holda yugurish; V – ( «CHavandozlar» ) sherigini ortida opchilab olgan holda yugurish; S – juftlikdan biri qo‘llariga tayanadi, ikkinchisi uning oyoqlaridan tutgan holda oldinga harakatlanadi ( «Aravakash» ). 12. Oyoqlarni baland ko‘tarib erkin yugurish. 13. YUrish jarayonida (davomida) nafas mashqlari. Uslubiy ko‘rsatma: har bir mashq 8 – 10 marta takrorlanadi
1. Basketbol o’yinida harakatlanish texnikasini o’rgatish. (dastlabki holatda turish, to‘xtashlar) • O‘rgatishni harakatlanish texnikasi bilan birga to‘pni ilib olish uzatish, tishlash va olib yurishdan boshlash kerak. • Harakatlanish: harakatalagishga yugurish, sakrash, burulish va boshqa usullar kiradi. Dastlab yugurish bilan to‘xtashni keyin sakrash bilan burilishni o‘rgatish lozim • YUgurish: yugurish yordamida shug‘ullanuvchi bir joydan ikkinchi joyga tez ko‘chadi. Bu esa o‘yin suratini oshiradi. YUgurish mashqlarini ketma – ket ravishda tanlab olish kerak oddiy yugurish, yo‘nalishni o‘zgartirish bilan to‘g‘g‘ri tez yugurish (zigzaksimon, yoysimon va burilishlar bilan), yugurish tezligini o‘zgartirib tashlanib va to‘xtab har xil masofaga yugurish. Asosiy diqqatni yugurish tezligiga, startdan chiish tezligiga qaratish kerak. Bu mashqlarni muntazam ravishda bajarib turish lozim
Yugurishni o‘rgatish uchun namunaviy mashqlar • Oddiy yugurish, signal bo‘yicha oddiy yugurishdan tez yugurishga o‘tish. Turli holatlardan yarim cho‘qqayib va cho‘qqayib o‘tirgan holda signal bo‘yicha tez yugurish. Yonlama qadam va oyoqni chalishtirib yugurish bilan almashtirib yugurish. Turli holatlardan oldi, yon va orqa tomonga qarab turganda signal bilan tez yugurish. Signaldan so‘ng 1 -1, 5 metr oraliqda turgan sherigiga tez yugurib etib olish. Harakatli o‘yinlar. Kun va tun «Chumchuq va qarg‘alar» To‘xtash: to‘xtash dastlab ikki qadam bilan keyin sakrash bilan o‘rgatiladi.
To‘xtashni o‘rgatish uchun namunaviy mashqlar • • To‘g‘ri yugurish va to‘xtash. Oldindan mo‘ljallangan joyda to‘xtash. Signal bo‘yicha to‘xtash. Burilishlar: burilishlarni o‘rgatish, qadamlashdan boshlanadi. Asosiy oyoqni joydan sijitmay har tomonlarga qadamlab burila oladi. Burilish mashqlarni bajarishda o‘ng va chap oyoqlarni almashtirib bajarilishi lozim • Sakrash: sakrashni dastlab turgan joyda keyin harakat vaqtida o‘rgatiladi. Sakrashni o‘rgatishda engil atletika mashqlaridan foydalniladi. Asosy diqqatni to‘g‘ri erga qo‘ymoqqa hamda oyoqlarni to‘g‘ri buqo‘l ishi va to‘g‘ri joylashshishiga qaratiladi.
Sakrashni o‘rgatish uchun namunaviy mashqlar • Bir oyoqda sakrash (o‘ng, chap) joyda, oldinga qarab harakat qilib, xuddi mashqni ikki oyoqda. • Gimnastik o‘rindiq ustidan har xil dastlabki holatda turib sakrash. (bir va ikki oyoqda). • Zinadan balandaga va pastga bir va ikki oyoqda sakrash. • CHo‘qqayib o‘tirgan holda yuqoriga sakrash. • Harakatli o‘yinlar “qarmoq”, sakrash elementlari bor estafetalar.
Burilish. • Burilish. Hujumga himoyachidan qutilish uchun, to‘pni urib chiqarishdan saqlash uchun fintlarini ishlatib, so‘ng savatga hujum qilish uchun burilishlardan foydalaniladi. Burilishning ikkita: oldinga va orqaga burilish usuli bor. • Oldinga burilish basketbolchi yuzi bilan qayoqqa qaragan bo‘lsa, shu tomonga qadam tashlab, o‘tish yo‘li bilan bajariladi, orqaga burilish esa- u orqasi bilan qaysi tomonga turgan bo‘lsa, o‘sha tomonga qadam tashlab o‘tish yo‘li bilan bajariladi.
3. To’pni olib yurib texnikasini o’rgatish. • To‘pni olib yurishni o‘rgatish uchun namunaviy mashqlar • Bir qator bo‘lib turib, aniq belgiga qadar to‘pni olib borib va orqaga qaytish. • O‘rtada turgan to‘siqlarni orasidan to‘pni olib yurish (chap va o‘ng qo‘llarda). • Yugurish tezligini o‘zgartirib to‘pni olib yurish. • To‘pni harakatda ilib olishdan so‘ng olib yurish. • Yon tomon bilan yurib to‘pni olib yurish. • Yuqori tezlikda boshqa usullarni qo‘shib to‘pni erga urib olib yurish.
4. O’rta masofadan to’pni savatga tashlashni o’rgatish uchun maxsus mashqlar beriladi. • To‘pni tashlashni o‘rgatish uchun namunaviy mashqlar • Shitga yaqin masofadan burchakda shug‘ullanuvchilar 1 qator turib to‘pni savatga tashlaydi va to‘pni ilib oladi, keyin qatorni oxiriga borib to‘radi. • Xuddi shu mashq faqat shug‘ullanuvchilar ikki qator bo‘lib turadilar va navbati bilan to‘pni savatga tashlaydila. • To‘pni tashlashda to‘g‘ri mo‘ljalga olishni o‘rgangandan so‘ng, yaqin masofadan harakatdan to‘pni savatga tashlashni o‘rgatiladi. • qatordan yugurib kelib shitni tagidan sakrab to‘pni tashlashni mashq qilinadi. • Murabbiy to‘pni ushlab turadi, shug‘ullanuvchi yugurib kelib murabbiyni qo‘lidan to‘pni olib sakrab to‘pni savatga tashlaydi. • Xuddi shu mashq lekin murabbiy to‘pni har xil yo‘nalishda uzatadi. • O‘rta masofadan to‘pni tashlashni o‘rganishda bir xil nuqtadan 8 – 10 marta to‘pni tashlashdan boshlanadi. Jarima to‘pini savatga tashlash aloxida o‘rgatiladi.
Ko‘krakdan ikki qo‘llab to‘pni savatga tashlash • Ko‘krakdan ikki qo‘llab to‘pni otishdan ko‘proq uzoq masofalar savatga hujum qilish uchun foydalaniladi, agar himoyachi faol qarshilik qilayotgan bo‘lsa, otishning bu usulini shug‘ullanuvchilar tezroq o‘zlashtirishadi, madomiki uning tuzilishi to‘pni usul bilan uzatishning tuzilishiga yaqin pastdan ikki qo‘llab to‘p uzatish ko‘proq shchit tomonga yorib o‘tishda va to‘p uzatishga qarshilik ko‘rsatayotgan himoyachining qo‘l ostida mutassil sakrash bilan hujum qilish paytida ishlatiladi
• Yuqoridan ikki qo‘llab to‘p uzatish raqibninng ta’qibi kuchli bo‘lganda o‘rtacha masofalardan bajarish maqsadga muvofiq yuqoridan pastga ikki qo‘llab to‘p uzatishdan hammadan ko‘ra tezroq a’lo sakray oladigan baland bo‘yli o‘yinchilar ko‘pincha foydalana boshlaydi. Otishning bu usuliga raqib umuman halaqit berish holatida bo‘lmaydi.
• Elkadan bir qo‘llab to‘p otish- o‘rta va uzoq masofadan joyida turib savatga hujum qilishning tarqalgan usulidar. Ko‘p sportchilar bundan shuningdek, jarima otishda ham foydalanishadi. • Yuqoridan bir qo‘llab (“ilgak” usuli bilan) to‘pni uzatish qattiq ta’qib qilinayotgan raqibning ko‘tarilgan qo‘llari ustidan to‘pni o‘rta va ayniqsa uzoq masofaga yuborish kerak bo‘lgan vaqtga qo‘llaniladi
Darsning yakuniy qismi • Organizimning qayta tiklash uchun mashqlarni bajarish • Darsdafaol ishtirok etgan talabalarni rag‘batlantirish • Uyga vazifa berish.
Asosiy adabiyotlar, darslik va o’quv qo’llanmalar. № Muallif Adabiyot nomi Adabiyot turi 1. Ayrapetyans L. R. 2. Rasulov O. T. 3. Xo‘jaev F, Nigmanov B. B Raximqulov K. D, Voleybol nazariyasi va uslubiyati Basketbol Darslik “Sport va harakatli o‘yinlar va uni o‘qitish metodikasi” (Sport o‘yinlar) O‘quv Darslik qo‘llanm a Nashr yili Adabiyo tning ARM dagi shifri Toshkent 74. 267. O‘z. DJTI A 98 2012 y Toshkent 75. 586. R. 1998 y 25 Toshkent 74. 267 X 2008 yil 98 Adabiyo Adabiy tning otning ARM dagi inventar soni raqami U-7329 1 922707 1 924548 1
• E’tiboringiz uchun raxmat
- Slides: 25