OZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA ORTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI O’zbekiston qishloq xo’jaligi: o’ziga xos xususiyatlari va rivojlanish holati 1
Qishloq xo‘jaligi – O‘zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmog‘i hisoblanadi. Bu tarmoq mamlakat aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga, qayta ishlash sanoati tarmoqlarining esa xomashyoga bo‘lgan talabini qondiradi. Aholi iste’mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlarining 90 foiziga yaqini agrar sektor tarmoqlarida tayyorlanadi. 2
O'zbekiston Markaziy Osiyoning qulay hududida joylashgan bo’lib, qulay tabiiy iqlim sharoitlariga ega. Jumladan, respublikada kunlik samarali harorat o’rtacha 26 -30°C ni tashkil etib, quyoshli soat davomiyligi 3600 soatdan ortiq. Ushbu tabiiy shart-sharoitlar O’zbekistonda sifatli qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarish va bir yilda bir necha marta hosil olish imkonini beradi. 3
Sobiq ittifoq davrida O’zbekiston agrar sohaga ixtisoslashgan respublika bo’lgan. Shu sababli mustaqillikning ilk davrida mamlakat yalpi ichki mahsulotida qishloq xo’jaligining ulushi yuqori bo’lgan. Mustaqillik yillarida iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari izchil rivojlantirilishi natijasida qishloq xo’jaligining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi kamaymoqda. 4
Prezident Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot va shu jumladan qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi yil sayin barqaror o’sib bormoqda. O’zbekistonda yalpi ichki mahsulot va qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o’sish sur’atlari (foizda): Ko’rsatkichlar 2000 yil 2008 yil 2009 yil 2010 yil 2011 yil 2012 yil 2013 yil Yalpi ichki mahsulot 8, 4 9, 0 8, 1 8, 5 8, 3 8, 2 8, 0 Yalpi ichki mahsulot tarkibida qishloq xo’jaligining ulushi 30, 1 19, 7 18, 6 18, 0 17, 6 17, 5 16, 8 Qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish 3, 2 4, 5 5, 7 6, 8 6, 6 7, 0 6, 8 5
O’zbekiston qishloq xo’jaligida izchil yuqori o‘sish sur’atlari bilan birga, yalpi ichki mahsulotning umumiy hajmida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulushining kamayish tendentsiyasi kuzatilmoqda. Masalan, 2000 yilda bu boradagi ko‘rsatkich 30, 1 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2013 yilda faqatgina 16, 8 foizni tashkil etdi. Buni avvalambor iqtisodiyotimizda amalga oshirilayotgan chuqur tarkibiy o‘zgarishlarning, mamlakatimiz bir paytlardagi agrar respublikadan bosqichma-bosqich ravishda sanoati rivojlangan zamonaviy davlatga aylanib borayotganining yaqqol tasdig‘i sifatida qabul qilishimiz darkor. 6
Mamlakat yalpi ichki mahsulotida qishloq xo’jaligi tarmog’ining ulushi pasayishiga qaramasdan mazkur tarmoqda mahsulot ishlab chiqarish hajmi yil sayin barqaror oshib bormoqda. O’zbekistonda 2000 -yilga nisbatan 2013 - yilda g‘alla yetishtirish 2 barobar, kartoshka – 3, 1 marta, sabzavot – 3, 2 barobar, uzum – 2 marta, go‘sht va sut – 2, 1 karra, tuxum – 3, 4 barobar oshdi. 7
2013 -yilda O’zbekistonda 7 million 800 ming tonna g‘alla, 8 million 400 ming tonna sabzavot yetishtirildi, 3 million 360 ming tonnadan ortiq paxta xomashyosi yetkazib berildi. Hozirgi vaqtda O’zbekiston paxta xomashyosi yetishtirish bo’yicha dunyoda oltinchi, uni eksport qilish bo’yicha esa ikkinchi o’rinni egallaydi. 8
Mustaqillikning ilk davrida mamlakatimizda 940 ming tonna g’alla yetishtirilgan bo’lib, biz aholi uchun eng zarur bu mahsulotga bo’lgan ichki ehtiyojni ta’minlashga taxminan 4, 5 mln. tonna bug’doyni chetdan xarid qilishga majbur bo’lgan edik. Prezidentimiz tashabbusi bilan Don mustaqilligi Davlat dasturi ishlab chiqildi va ekin maydonlari tarkibi takomillashtirildi. Natijada bugungi kunga kelib O’zbekistonda yetishtirilayotgan don mamlakat aholisining ushbu mahsulotga bo’lgan ehtiyojlarini to’liq qondirib, qisman eksport ham qilinmoqda. 9
• Respublikamiz qishloq xo‘jaligida amalga oshirilgan yer va suvdan foydalanish munosabatlaridagi islohotlari tarmoqda mavjud yer-suv resurslaridan samarali foydalanish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va tuproq unumdorligini oshirish, yer ijarasi va yer solig‘i munosabatlarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan. 16
• Agrar sohada amalga oshirilayotgan narx shakllanishi va uning erkinlashtirilishi bo‘yicha islohotlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga narx belgilashda erkin bozor munosabatlarini bosqichmabosqich joriy etishga yo‘naltirilgan. 20
- Slides: 21