OZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA ORTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI PEDAGOGIKA KAFEDRASI Hamrayeva Shahnoza Hasanovnaning 5111800 – “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini olish uchun “TA’LIM TARBIYADA DIDAKTIK O’YINLARDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYALARI” mavzusida yozgan BITIRUV MALAKAVIY ISHI Т АQDIMOTI Ilmiy rahbar: p. f. n. E. Eshmurodov QARSHI-2016
“Go'dakning ulg'ayib, kasb tanlashi, kelajakda qanday yo'ldan borishi, o'zining hayot tarzini qanday axloqiy-ma'naviy asoslarga qurishi ham, hech shubhasiz, uning bolalikda qanday o'yinchoqlar bilan oshno bo'lib o'sgani bilan belgilanadi”. Ø I. А. Karimov. Yuksak ma‘naviyat-yengilmas kuch. Toshket. Manaviyat, 2008.
MAVZUNING DOLZARBLIGI O’zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim bolani uning individual xususiyatlarini hisobga olgan davlat va jamiyat ehtiyojlariga bog’liq holda har tomonlama sog’lom va yetuk shu bilan birga maktabga tayyorlagan holda shakllantirish maqsadini ko’zlaydi. Muhtaram prezidentimiz 2010 yilni “Barkamol avlod yili” deb e’lon qilishlari davlatimiz tomonidan ta’lim –tarbiya sohasiga bo’lgan katta e’tibordan dalolatdir. Maktabgacha ta’lim muassasasalarida pedagog tarbiyachi bola uchun doimo namunadir. Zero, maktabgacha tarbiya muassasasida xodimlar tarbiyalanuvchiga keng hamkor sifatida muloqot qilishlari, erkin firklashiga omil bo’ladigan jihatlarni hamisha e’tiborda tutishlari, bolaning “meni”ni inkor ‘etmasdan suhbat qurishlari mashg’ulotlarni bola qiziqishlarini nazarda tutgan holda o’qituvchining yangi pedagogik texnologiyalarni keng qo’llagan holda faoliyat olib borishlari zamonaviy ta’lim tizimining bugungi talabidir. Bola shaxsiga qaratilgan faoliyat yangi ta’lim modeli sifatida maktabgacha ta’lim pedagogikasidan kirib kelgan. Bola mehribon, hayrixoh, dilkash, vijdonli, to’g’riso’zli, maqsadga intiluvchan, tashabbuskor, qat’iyatli, faol, mehnatsevar, mas’uliyatli, ziyrak, vazmin, dovyurak, mustaqil, ishchan, kuzatuvchan, bilimdon kabi sifatlarga ega bo’lishi bu ta’limining natijasi bo’lib hisoblanadi. Prezident Islom Karimovning “Yuksak ma'naviyat – engilmas kuch” asaridagi quyidagi so'zlarni maktabgacha ta'lim muassasasida tarbiyani tashkil etishning ilmiy metodologik asosi ekanligini unutmaslik kerak: “Yoshlarning ma'naviy olamini bolalikdan boshlab ezgu g'oyalar asosida shakllantirish va kamol toptirish haqida gap borar ekan, yana bir muhim masala xususida to'xtalib o'tish o'rinli, deb o'ylayman. U ham bo'lsa, dunyoga hayrat ko'zi bilan boqib, undan o'zicha ma'no topishga intiladigan murg'ak farzandlarimizning qiziqishi va hissiyotlariga mos qo'g'irchoq va o'yinchoqlar ishlab chiqarish masalasidir”. Tarbiyalanuvchi bilan tarbiyachi doimiy yaqin muloqotda bo’lishi har bir bola bilan har kuni alohida fikr almashib, uni eshitishi, murg’ak insonning shaxsiy qarash va munosabatlarini shakllantirib borishga katta zamin yaratadi hamda kichkintoyda himoyalanganlik tuyg’usini mustahkamlab, mustaqil shaxs sifatida shakllanishiga keng yo’l ochadi. Bola shaxsiga yo’naltirilgan ta’lim modelining maqsadi – bola shaxs sifatida to’liq shakllanishiga xizmat qialdi. Uni belgilangan standart bo’yicha o’zgartirish emas, balki uni, qanday bo’lsa, shundayligcha qabul qilishdir.
Izlanish muammosining o‘rganilganlik darajasi. Ø Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida ta’lim mazmunini yangilashni sermahsul mazmunini tanlash imkoniyatlari o’rganilmoqda. Ø Bu sohada bir qadar tadqiqotlar amalga oshirilmoqda Jumladan R. J. Ishmuhammedov, N. N. Azizxo’jayeva, N. X. Do’sanov, Sh. K. Shayakubov, R. X. Ayupov, Yu. N Abdullayev, M. Almardonov, O. T. Kenjaboyev, E. Ibragimov kabilarning so’ngi yillarda amalga oshirgan izlanishlari bunga misol bo’la oladi. Shu bilan bir qatorda mazmunini yangilashni asosiy parametrlarini o’rganish didaktikaning o’ta muhim muammolaridan biri bo’lib qolmoqda.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi: Ta’lim jarayonida didaktik o’yinlardan foydalanish texnologiyalarini o’rganish va u orqali ta’lim samaradorligini oshirishning metod va usularidan foydalanish yo’llarini aniqlash. Bitiruv malakаviy ishining obyekti: Qarshi shahridagi 17 sonli , , Turnacha” nomli maktabgacha talim muassasasida Ta’lim tarbiyada didaktik o’yinlardan foydalanishning mazmunli, shakllari, metodlari va usullari. Bitiruv malakаviy ishining predmeti: ta’lim tarbiyada didaktik o’yinlardan foydalanish jarayoni.
Bitiruv malakaviy ishning vazifalari 1. Ta’lim tarbiyada didaktik o’yinlardan foydalanish ni nazariy va amaliy jihatdan asoslash. 2. Ta’lim–tarbiya didaktik o’yinlardan foydalanish texnologiyasini qo’llash orqali ta’lim samaradorligini oshirish metodikasini ishlab chiqish. 3. Ta’lim–taribiyada didaktik o’yinlardan foyda lanish texnologiyasi orqali ta’lim samaradorligini oshirish, pedagog tarbiyachining kasbiy mahorati muhim ahamiyatga ekanligini ko’rsatish. 4. Ta’lim–taribiyada didaktik o’yinlardan foydalanish texnologiyasi orqali o’quvchini uzluksiz rivojlantirish texnologiyalarini tadbiq etish yo’llarini ko’rsatish.
Bitiruv malakаviy ishining metodlari Pedagogik tahlil, kuzatish, qiyosiy tahlil, anketa, savol javob, suhbat, umumlashtirish, sotsi ologik so’rov, pedagogik ekspriment, matematik statistika.
Bitiruv malakaviy ishning metodologik asoslari. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risidgi Qonuni” “O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning asarlarida yoritilgan ta’lim mazmunini modernizatsiyalashga oid qarashlari, hukumat qarorlari, mavzuga oid falsafiy, pedagogik, psixologik yo’nalishdagi ilmiy nazariy manbalarda ilgari surilgan g’oyalar.
Bitiruv malakaviy ishning yangiligi 1. Ta’lim–tarbiyada didaktik o’yinlardan foydalanish texnologiyasi nazariy va amaliy jihatdan asoslab berildi. 2. Ta’lim–tarbiyada didaktik o’yinlardan foydalanish texnologiyasini ta’lim samaradorligini oshirishdagi mohiyati ochib berildi. 3. Ta’lim tarbiyada didaktik o’yinlardan foydalanish texonologiyasi jarayonida o’quvchini kasbiy mahorati muhim ahamiyatga ekanligi ko’rsatib berildi. 4. Ta’lim tarbiyada didaktik o’yinlardan foydalanish texonologiyasi orqali o’quvchini uzluksiz rivojlantirish texnologiyalarini tadbiq etish yo’llari ko’rsatib berildi.
Bitiruv malakaviy ishning nazariy-amaliy ahamiyati Ø Izlanish natijasida pedagogika fanida ta‘lim jarayonida didaktik o’yinlardan foydalanish texnologiyasi nazariy va amaliy yondashuvlar qarashlar bilan boyitildi. Shunigdek, ta’lim tarbiya jarayonida didaktik o’yinlardan foydalanish texonologiyasini qo’llashda o’qituvchiga qo’yiladigan talablarning mazmuni, shakli metodlari, vositalari bu sohadagi ilg’or pedagogik tajribalarga asoslangan ilmiy metodik tavsiyalar berildi.
Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, 2 bob, 5 bo‘lim, umumiy xulosalar, tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, ilovalar va 58 sahifadan iborat.
I BOB. TA’LIM TARBIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA DIDAKTIK O’YINLARDAN FOYDALANISH 1. 1. Didaktik o’yinlarning mohiyati, ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati Didaktik o‘yin o‘rganilayotgan voqea va hodisalarning immitatsion modeli yaratilishi sohasidagi aktiv faoliyatdir. O‘yinning boshqa faoliyat turlaridan muhim farqi shundaki, uning predmeti inson faoliyatidir. Didaktik o‘yinda faoliyatning asosiy turi hamkorlikdagi o‘quv faoliyatidir. Didaktik o‘yinda bolalarning o‘zlashtirishini hisobga olgan ta‘limiy vazifalarning bo‘lishi muhimdir. Rahbarlik qiluvchi kattalar didaktik o‘yinlarning u yoki bu shaklini yaratar ekan uning bolalar uchun qiziqarli va ular diqqatini to‘playdigan turlariga e‘tibor qaratishlari lozim. Didaktik o‘yinlarning boshqa faoliyat turlaridan farqlanadigan muhim belgilari uning tarkibi qat‘iyligidir. Didaktik o‘yinlarning tarkibiy komponetlari quyidagilar: o‘yin mantiqi, o‘yinning harakati, o‘yin qoidasi. O‘yin mantiqi asosan uning sarlavhasida aks etadi. O‘yin harakati jarayonida bolalarning bilish faolligini oshirishga, bolalarning o‘z qobiliyatini namoyon qilishiga, o‘yin maqsadiga erishish uchun o‘z bilimi, ko‘nikma va malakalarini qo‘llashga imkoniyat yaratiladi. O‘yin qoidasi o‘yin jarayonini to‘g‘ri tashkil etishga yordam beradi. U bolalar xulqini ularning o‘zaro munosabatlarini tartibga soladi. Didaktik o‘yinlarda ma‘lum bir natijaga erishiladi, uning finali uning tugaganligini bildiradi. O‘yinda ma‘lum bir didaktik maqsad qo‘yiladi va bu maqsadga erishilishi bolalarda ma‘naviy va aqliy qoniqish hissini shakllantiradi. Didaktik o‘yinlar hamma vaqt ham tarbiyachi uchun bolalarning bilim o‘zlashtirishi yoki o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotga qo‘llash ko‘rsatgichi hisoblanadi.
Didaktik o‘yinlar bir qancha vazifalarni bajaradi: · ta‘limiy, tarbiyaviy (bola shaxsiga ta‘sir ko‘rsatadi, tafakkurini rivojlantiradi, dunyoqarashini kengay tiradi); · qo‘llanuvchanlik orientatsion (aniq vaziyatda har qanday o‘quv topshiriqlarini bajarish uchun bilimlarni qo‘llay bilish. ); · motivni qo‘zg‘ash, qiziquvchanlikni oshirish (bolalarni bilish faoliyatiga qiziqtiradi, rag‘batlantiradi, bilish qiziquvining rivojlanishiga yordam beradi).
1. 2. Didaktik o’yinlarni amalda oshirishda g’oyaviylik prinsipi Didaktik o'yin bu maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning yoshi va imkoniyatlariga mos keladigan ta'lim berish metodir. Xozirda tajribali pedagoglar bu o'yindan passiv bolalarni jamoaga aralashtirish, har xil rejalar, vazifalami qo'rqmasdan bajarishlari uchun foydalanadi. Didaktik o'yinni amalga oshirishda ham doira g'oyaviylik prinsipiga asoslanish lozim. Didaktik o'yin tarbiyaning vazifa hamda maqsadlariga muvofiq kelishi kerak. O'yinlar bolalarning birgalikda o'ynab, o'z manfaatlarini bilan uyg'unlashtira olishi biriga ko'maklashish, do'stining muvaffaqiyutidan xursand bo'lish sifatlanni tarbiyalaydi, boshlangan ishini oxiriga yetkazish ko'nikma qiladi. ularning irodali bo'lib o'sishlariga yordam beradi, ruhiy, aqliy rivojlantiradi V. A. Suxomlinskiy ta'biri bilan aytganda; «o'yinda bolalar oldida olam ochiladi: shaxsning ijodiy qobiliyatlari namoyon bo'ladi» . Psixologiya tarixida bola faolligining bundan turiga ko'plab tushunchalar berilgan. Psixologlarning bir guruxi, o'yin bu iste'dodning instinktiv rivojlanishi kelgusi jiddiy funksiyalarning anglanmagan mashg'ulollari deb xisoblasa, boshqalarini xursandchilikka yetish bilan bog'lasa, uchinchisi bu qizg'inlikni tushirish usuli deyishsa, to'rtinchilari o'yin paytida olingan ma'lumotlarni tashlab yuborish jarayoni kechikadi deb hisoblashadi.
1. 2. 3. 4. 5. 6. 7. Ø Ø Ø Ø Ma'lumki, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning yetakchi faoliyat turi o'yin hisoblanadi. Bu davrda bola shaxsidagi asosiy psixologik o'zgarishlar aynan o'yin faoliyati yordamida sodir bo'ladi. Psixologiya va pedagogikada ular quyidagi sifatlarda talqin etiladi. Shaxsning atrof muhitga munosabati. Bolaning sub'yektiv faoliyati sifatida o'zgaradigan va avj oladigan alohida faoliyati. Bolaga ijtimoiy berilgan va u tomonidan o'zlashtirilgan faoliyat turi. O'zlashtirishning alohida mazmuni. Bola ruhiyatining rivojlanishida ro'y beradigan faoliyat turi. Butun bolalar hayoti va “Bolalar jamoasi”ni tashkil etishning alohida ijtimoiy pedagogik shakli. Garchand ta'limiy o'yin texnologiyasini ishlab chiqish ancha mehnat talab qilsa da, lekin ular bir qancha afzalliklarga ega: birinchidan, ta'limiy o'yinlarning maqsad va vazifalari maksimal darajada sodda va qulay holda ishlab chiqiladi va tashkil etiladi; ikkinchidan, bir marta tayyorlangan yaxshi namunaviy ta'limiy o'yin texnologiyasidan bir necha yillar davomida samarali foydalanish mumkin; uchinchidan, tarbiya berishning ta'limiy o'yin metodlaridan foydalanish tarbiyalanuvchi bilimlarni mustaqil o'zlashtirishda juda qo'l keladi; to'rtinchidan, turli vaziyatlarda mas'uliyatli qaror qabul qilish ko'nikmasini oshiradi; beshinchidan, ta'limiy o'yinlarda tadqoqotchilik qobiliyatini namoyish qilish imkonini beradi; oltinchidan, ta'limiy o'yinlar natijasida guruh a'zolarida birgalikda fikrlash qobiliyati rivojlanadi; yettinchidan, ta'limiy o'yinlar orqali boshqaruvning yangi shakl va qoidalari, tuzilmasi, me'yori va metodikasi sinovdan o'tkaziladi va hamda ularni o'zlashtirish uchun shart sharoit yaratiladi.
II BOB. TA’LIM TARBIYADA SO’ZLI DIDAKTIK O’YINLARDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYALARI 2. 1. MTMda bolalarga ta’lim tarbiya berishda so’zli didaktik o’yinlar texnologilayalari Bolalarning yetarli so'z boyligi to'planganidan, ular atrof muhit haqida ma'lum darajada bilimga ega bo'lganlaridan so’ng didaktik o'yinlar o'tkazilsa maqsadga muvofiq va qiziqarli bo'ladi. Gapirib o'ynaladigan o'yinlar ko'p bolalar bilan o'tkazilganda, bitta savol bir necha marta takrorlanishi, javoblar esa har xil bo’lishi mumkin. Bu talab o'yinning asosiy qoidasini tashkil qiladi. Masalan, "Shifokor nima qiladi? ” degan savolga, "Kasallarni davolaydi", "Dori yozib beradi” "Ukol qiladi", "Eshitib ko'radi", "Operatsiya qiladi" kabi javoblar qaytarilishi mumkin. Ø Bolalar bilan o'tkaziladigan so'zli didaktik o'yinlarda foydalaniladigan savollar tushunarli va tanish narsalar yuzasidan berilishi kerak. O'yin jarayonida bolalarning savollarga qaytargan javoblari qisqa, ketma ket va qo'shimcha savolsiz bo’lishi lozim. O'yin paytida mazkur qoidaga amal qilinmasa, uning o'yinlik xususiyati yo'qoladi, oddiy suhbatga aylanib qoladi. Mana shuning uchun ham bolalarga beriladigan savollar oldindan puxta o'ylab tuzilgan bo’lib maqsadga muvofiqdir. O'yin shaklida o'tkaziladigan mashqlar bolalarning diqqatini o'ziga jalb qiladi, qiziqishini oshiradi. Natijada ular takrorlash zarur bo'lgan so'z yoki harakatni o'zlarini qiynamay, majbur qilmay osonlik bilan qaytaradilar. Ø Didaktik o'yinlar bolalarning har tomonlama chuqur va keng bilim olishlarida, nutq o'stirishda keng foydalaniladigan ta'limi vositalardan biri hisoblanadi. Bunda o'yinning asosiy mohiyati shundaki, kattalar bolalarga biror aqliy vazifani o'yin shaklida bajarishni topshiradilar. Didaktik o'yin xuddi boshqa o'yinlar kabi xushchaqlik tuyg'usini uyg'otishning ta'sirchan qurolidir. Didaktik o'yinlarning asosiy turlari quyidagilardan iborat: intelektual, harakatli, aralash o'yinlar. Ø
Maishiy o’yinlar. O’yinlarning bu turida bola oilada va boshqa joylarda bo’layotgan voqelikni aks ettiradi. Kattalarning xatti harakatiga, so’zlashish madaniyatiga taqlid qiladilar. Mehnat mavzusidagi o’yinlar. Bunda asosan qizlar xo’jalik ishlari bilan tanishadilar. Qo’g’irchoqqa kiyim tikish, bichish, idishlarni joyiga qo’yish kabilar orqali turli ishlarga qiziqish va ko’nikmalarni hosil qilish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Ayrim hollarda bolalar o’yin misolida kattalar mehnatiga taqlid qiladilar, keyinchalik esa bevosita mehnat jarayonida qatnashadi. O’yin yosh avlodni mehnatga tayyorlaydi. Ijtimoiy mazmundagi o’yinlar. Bunda bolalar tarbiyachi, shifokor, quruvchi timsolida muayyan kasb hunar haqida tasvvur hosil qiladilar, tafakkurlari shakllanib boradi. Shu bilan birga kattalar turmushiga, jamiyatdagi xulq atvor meyor qoidalariga ijobiy munosabat hosil qiladilar. Bolalarni aqliy jihatdan tarbiyalashda ijodiy o’yinlarning roli ayniqsa kattadir.
2. 2. MTMda bolalarga ta’lim tarbiya berishda didaktik o’yinlardan foydalanish Bola tarbiyasi, uning barkamol voyaga yeti shiga alohida e'tibor azaldan xalqimiz uchun dolzarb yumush sanalib kelgan. Bugun ham bolalarning rivojlanishi, har tomohlama barka molbo'lib ulg'ayishlari uchun davlatimiz tomo nidan ham bir qator chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. 2014 yil "Sog'lom bola yili"da shu ishlarning davomiyligi ta'minlanadi. Bularning zaminida oila, maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyalanayotgan kichkintoylarning har tomonlama ma'naviy, fiziologik va psixologik rivojlanishi yotadi. MTM yoshidagi bolalarning psixologiyasida juda tez o'zgarishlar bo'lishini inobatga olgan holda, ularni 3 davrga: kichik maktabgacha (3 -4 yosh), o'rta maktabgacha (4 -5 yosh), katta maktabgacha (5 -6 yosh) yosh davrlariga ajratish mumkin. Bola rivojlanish jarayonida narsa va hodisalar olami bilan munosabatga kirishadi. U insoniyat qo'lga kiritgan barcha yutuqlarni faol ravishda o'zlashtirib, egallab boradi. Bunda predmetlar olamini, ular yordamida amalga oshiri ladigan xatti harakatlarni, tilni, odamlar orasi dagi munosabatni egallab olishni, faoliyat motivlarning rivojlanishi, qobiliyatlami egallab olishi, katta yoshli kishilarning bevosita yordami da amalga oshiriladi. Asosan, shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyati kuchaya boshlaydi. Bu davrda uning asosiy faoliyati o'yin hisoblanadi. Ular o'yinlar orqali o'z malakalaridan kelib chiqib har xil qiyofalarni aks ettiradilar, bu bola shaxsini rivojlantiradi. Bola atrofdagi narsalarni bilish jarayonida ular bilan amaliy munosabatda bo'lishga intiladi. Bu o'rinda shu narsa xarakterliki, u bilishga qiziquvchanligidan atrofdagi narsalar bilangina emas, balki kattalar uchun mansub bo'lgan, o'zining kuchi yetmaydigan narsalar bilan ham amaliy munosabatda bo'lishni xohlaydi. Masalan, bola avtomashina yoki tramvayni o'zi hay dagisi, otga minib yurgisi, uchuvchi bo'lib samolyotda uchgisi va rostakam militsioner bo'lgisi keladi. Tabiiyki, bola o'zidagi bunday ehtiyojlarning birontasini ham qondira olmaydi. Bolaning bu istagi faqatgina o'yin faoliyati orqaligina amalga oshadi. Buni quyidagicha izohlash mumkin: birinchidan, bolalarning o'yin faoliyati qandaydir moddiy mahsulot ishlab chiqarishga qa ratilgan faoliyat emas. Shuning uchun kichkintoylarni o'yinga undovchi sabab (motiv) kelib chiqadigan natija emas, balki shu o'yin jarayo nidagi turli harakatlarning mazmuniga bog' liqdir; ikkinchidan, ular o'yin jarayonida o'z ixtiyorlaridagi narsalarni, o'zlarini qiziqtirgan, ammo kattalargagina mansub bo'lgan narsalarga aylantirib, xohlaganlaricha erkin faohyatda bo'ladilar. Kichkintoylarning o'yin faoliyatlari ularning jismoniy va ruhiy jihatdan garmonik ravishda rivojlanishi uchun birdan bir vositadir.
UMUMIY XULOSALAR Bugungi kunda maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachilarining asosiy vazifalari bolalardagi iqtidor va qobiliyatni yanada o'stirish, ularning bilim olish istiqbolini rivojlantirishdan iboratdir. Buning uchun tarbiyachining o'zi ham pedagoglik mahoratini oshirishi, bilimli, zamon bilan hamnafas, yangiliklarga doimo intiluvchan va albatta tarbiyalangan bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Shunday ekan, tarbiyachi mashg'ulotlarda turli o'quvpedagogik dasturlardan, elektron qo'llanmalardan, pedagogik o'yinlardan foydalansa, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o'rtasidagi to'siq yo'qoladi, bolalarning xarakteri kengroq ochiladi. Shuningdek, kuzatuvchanlik, xotira, diqqat kuchayadi, chunki mashg'ulotda majburiy bilim berish bo'lmay, bilimni ixtiyoriy qabul qilish albatta ijobiy natijaga olib kelishi tabiiydir. Yosh avlodni har tomonlama rivojlangan, komil inson qilib tarbiyalash yo'lida qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi “Ta'lim to'g'risida”gi Qonunining 11 moddasida maktabgacha ta'lim bola shaxsini sog'lom va yetuk, maktabda o'qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko'zlashi ta'kidlangan. Bu ta'lim 6 7 yoshdagi bolalarga oilada, bolalar bog'chasida va boshqa ta'lim muassasalarida beriladi.
Farzandlarimizning shakllanishi, dunyoqarashlari kengayishida bog'cha tarbiyasi muhim. Bog'cha dasturiga ko'ra, bola vaqtida ovqatlanadi, o'ynaydi, dam oladi. Bu tartib bola salomatligi uchun juda muhimdir. Bog'chada bola ta'limning boshlang'ich dasturini bosqichma bosqich o'rgana boradi. O'qishni, yozishni, matematik mantiqiy amallar bajarishni bilib oladi. U shu yerda Vatanni taniydi, yuragida tabiat va jamiyatga mehr hissi uyg'onadi. “Maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim tarbiyasiga qo'yiladigan davlat talablari”da bolalar tafakkurini rivojlanishida barcha ilk boshlang'ich bilimlarni uzluksiz o'stirib borish muhim o'rin tutadi. Maktabgacha ta'lim muassasalarida ko'proq bolaning yoshini hisobga olishni unutmaslik kerak. Ularni oddiy, oson va vaqtni kam oladigan didaktik o'yinlar bilan shug'ullantirib, keyin asta sekin murakkablashtirib borish yaxshi natija beradi. Bunday ish tutish, bir tomondan bolalarning dunyoqarashi va ongini kengaytirsa, boshqa tomondan, ularning bayon etish qobiliyatini kuchaytiradi, mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantiradi. Pedagog bunday o’yinli texnologiyalarni biron bir mavzu asosida ma'lum maqsaddan kelib chiqqan holda tanlay olishi zarur. Xalqimizda tarixan shakllangan fazilatlardan biri, bolalarni tarbiyalashda, ularni shaxs sifatida komil inson darajasida yetkazishda kattalarning bolalarga o'z ishlari, faoliyatlari bilan namuna bo'lishlari tajribadan o'tgan vosita hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun o'yin – o'qish, o'yin – mehnat, o'yin – jiddiy tarbiya shaklidir. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun o'yin atrofdagi olamni bilish usulidir. Agar bola pedagogik jarayonga to'liq kirsa, u holda o'yin tarbiya vositasidan iborat bo'ladi. O'yinni tashkil etish va boshqarish orqali tarbiyachi bola shaxsi rivojlanishining barcha tomonlariga: sezgisiga, ongiga, erkiga va xulqiga to'la ta'sir etadi. Didaktik o'yin – maqsadga yo'naltirilgan ijodiy faoliyat bo'lib, unda bola atrofidagi hodisalarni chuqurroq va yorqinroq egallaydi va dunyoni biladi. O'yin bolaning kelajakdagi o'quv, mehnat faoliyati, kishilarga munosabatining qay darajada shakllanib borishini belgilaydi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
- Slides: 21