OZBEKISTON MUSTAQILLIGI SHAROITIDA MANAVIY MAFKURAVIY JARAYONLARNING DOLZARBLASHISH SABABLARI
O’ZBEKISTON MUSTAQILLIGI SHAROITIDA MA’NAVIY, MAFKURAVIY JARAYONLARNING DOLZARBLASHISH SABABLARI. § REJA: § § § Kirish. I-bob. O’zbekiston mustaqilligi – jamiyat va shaxs ma’naviy yuksalishining asosi. 1. 1. Jamiyat va shaxs ma’naviy yuksalishining asosiy mezonlari. 1. 2. Ma’naviyat va iqtisodiyotning o’zaro uyg’unligi. 1. 3. Ma’naviyat va milliy mafkura hamkorligi. II-bob. O’zbekiston mustaqilligi sharoitida milliy ma’naviyatga qarshi mafkuraviy tahdidlarning kuchayishi. – Globallashuv jarayonlari sharoitida mafkuraviy tahdidlarning maqsadi. – Prezident I. Karimovning mafkuraviy tahdidga qarshi kurash tamoyillari. – Ma’naviy, mafkuraviy madaniyatning ijtimoiy xususiyatlari. § Xulosa. Mavzuni umumta’lim maktablari, kollej va litseylarda o’qitishning metodik, pedagogik-texnologik usullari. § Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
§ «Ma’naviyat insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuchqudratidir, u yo‘q joyda hech qachon baxtsaodat bo‘lmaydi»
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik tufayli davlatimizda ulkan o’zgarishlar huquqiydemokratik davlat va ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayoni kechmoqda. Jamiyatni demokratlashuvi sharoitida demokratik targ’ibot, barqaror rivojlanish muammolariga e’tiborning oshishi tabiiy. Bu jarayon siyosatdan tortib ma’naviyat va davlat boshqaruvigacha bo’lgan sohalarning barchasida demokratiyani qaror toptirish masalalarini o’z ichiga qamrab oldi. Bu haqida mamlakatimiz Prezidenti I. A. Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va senatining qo’shma majlisidagi ma’ruzasida ta’kidlab o’tadiki: “. . . bizning asosiy uzoq muddatli va strategik vazifamiz bu - demokratik davlat, fuqarolik jamiyati qurish jarayonlari va bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni yanada mustahkamlash yo’llaridan og’ishmay izchil va qat’iy borishdir”. [1] SHunday ekan demokratik jarayonlar izchilik va aniqlikka asoslangan holda qaror topa oladi. Hozirgi kunning vazifalaridan biri, olib borilayotgan demokratik jarayonlarni har tomonlama chuqur, ilmiy asosda tahlil qilish va shu yo’l orqali navbatdagi muhim vazifalarni belgilab olishdir. Mustaqilligimizning dastlabki yillarida demokratik islohatlarni chuqurlashtirish, erkinlashtirish maqsad qilib qo’yilgan bo’lsa, yangi XXI asrdan boshlab demokratik jarayonlar orqali huquqiy-demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllantirilishi g’oyasi konseptual tarzda ilgari surilmoqda va yanada muhim vazifalar, yo’nalishlar belgilanmoqda. SHundan kelib chiqib tadqiqotning dolzarbligini belgilash mumkin. [1] Каримов И. А. Бизнинг бош мақсадимиз- жамиятни демократлаштириш ва янгилаш, мамлакатимизни модернизасия ва ислоҳ қилишдир. // Халқ сўзи. 29 январ. 2009 й. 5
6
• Mavzuning maqsad va vazifalari. Mustaqil O’zbekistonning kelajakda ozod va obod Vatanga aylanishi, erkin va farovon jamiyatni shakllantirishda ma’naviyatli va ma’rifatli, komil insonlarni shakllantirish asosiy maqsadimizdir. SHu maqsadlar asosida quyidagi vazifalarni mavzuni yoritish jarayonida bajarish belgilab olindi: • O’zbekiston Respublikasi ma’naviy-ma’rifiy sohadagi islohotlar va ularning asosiy mezonini yoritish; • Demokratik jamiyatni shakllantirishda ma’naviy yetuk komil insonlarni tarbiyalash • YOsh avlod tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlar masalasini bayon etish • Demokratik jamiyatni yaratishda ma’naviyat va ma’rifatning ahamiyatini aks ettirish; • Jamiyatni demokratlashtirishda yoshlar ma’naviyatiga yot tahdidlar va ularni oldini olish chora-tadbirlarini belgilab olish. 8
• • • I-BOB. O’ZBEKISTON MUSTAQILLIGI – JAMIYAT VA SHAXS MA’NAVIY YUKSALISHINING ASOSI. 1. 1. Jamiyat va shaxs ma’naviy yuksalishining asosiy mezonlari. “Biz qurayotgan jamiyat adolat o’rnatishni, hech kimni og’ir ahvolda va muhtojlikda qoldirmaslikni o’zining eng katta maqsadi deb biladi. Uning oyoqqa turishi uchun zarur yordam beradi. SHunday ekan. . . inson – islohot uchun emas, islohot – inson uchun xizmat qilishi kerak”[1], - deydi yurtboshimiz. Xuquqiy demokratik fuqarolik jamiyati – bu insoniyat sivilizatsiyasining mahsulotidir. SHunday ekan huquqiy ma’nodagi demokratik jamiyatni yaratish yuksak darajadagi intelektni talab etadi. Intelekt o’z-o’zidan paydo bo’lib qolmaydi. Buning uchun inson kamolotini belgilab beruvchi omillarni yuzaga keltirish, fuqarolarning ijtimoiy saviyasiga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi mexanizmlarni yaratish kerak, chunki totalitar sistemasining mafkurasidan xolos bo’lish va demokratik jamiyat turmush tarzi va hayotiy normalarini o’zgartirib olish fuqarolik jamiyatining tabiatiga moslashish, o’ziga xos murakkab jarayon bo’lib fuqarolarning yangi jamiyat qoidalarini o’zlashtirib olishlari va psixologik jihatdan moslashib keta olishlari uchun ma’lum tarixiy davrni bosib o’tishga to’g’ri keladi. Bu jamiyat taraqqiyotining qonuniyatidir. Ijtimoiy taraqqiyot qonuniyatlarini buzib ham, chetlab ham o’tib bo’lmaydi, faqat qonuniy jarayonlarini tezroq rivojlantirish sub’ektiga ta’sir ko’rsatish mumkin emas. • [1] Каримов И. А. Ижобий ишларимизни охирига етказайлик. Т. : Ўзбекистон, 1994 й. – 13 -б. 9
Ma’naviyatning tarkibiy qismlari s mero y i n da Madaniyat Ma Ma’naviy meros r Qadryatla
– • • Ma’naviyat va iqtisodiyotning o’zaro uyg’unligi. Bugungi kunda ma’naviyat masalasi ijtimoiy hayotimizning asosiy masalalaridan biriga aylanib qoldi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq bu masalaga katta va uzluksiz e’tibor berib kelinmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning har bir nutqi va ma’ruzalarida, maqola va asarlarida yuksak ma’naviyat kelajak poydevori ekanligi qayta-qayta ta’kidlanmoqda. “Zero, - deb uqtiradi I. A. Karimov – biz jamiyatimiz taraqqiyotini faqatgina iqtisodiy, ijtimoiy farovonlik bilangina emas, xalqimizning ma’naviy barkamolligi, demokratik va insonparvarlik tamoyillarining kishilar ongida nechog’lik chuqur ildiz otishi bilan baholaymiz”. [1] Erksevar xalqimizning mustaqillik tufayli o’z yeri, o’z tili, o’z diniga ega bo’ldi; milliy g’urur, izzat obro’si tiklanib, endilikda qadriyatlarimiz, ma’naviy merosimizdan bahramand bo’lmoqdamiz. Mustaqillik va ma’naviyat bir-biriga g’oyat bog’liq tushunchalardir. Ma’naviyati buyuk xalqni qul qilish, abadiy istibdod zulmi ostida saqlash mumkin emas. Bunday ma’naviyatning kamol topishi, qalblarga singishi uchun mustaqillikni mustahkamlash ham lozim bo’ladi. qudratli kelajagi buyuk davlat, buyuk ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar qudratli ma’naviyat zamirida vujudga keladi. Har bir alohida shaxsning va butun millatning ma’naviy kamoloti orqali demokratik huquqiy davlat barpo etiladi. Davlatimiz rahbari shu bois ham ma’naviyat va ma’rifatga doimo katta e’tibor berib kelmoqda. SHu oqilona siyosat tufayli xalqimiz o’zligini tanib, o’z shajarasini idrok etmoqda, tarix oldidagi vazifasini anglab olmoqda. • [1] Каримов И. А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаёт – пировард мақсадимиз. Тошкент, “Ўзбекистон”, 2000. 12
• Ma’naviyatni tushunish, anglash uchun avvalo insonni tushunish, anglash kerak
• • • 1. 3. Ma’naviyat va milliy mafkura hamkorligi. Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo’lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada xushyorlik va sezgarligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo’qotsak, bu o’ta muhim ishni o’z holiga, o’zi bo’larchilikka tashlab qo’yadigan bo’lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo’g’rilgan va ulardan oziqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o’zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo’lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin. [1] O’zbekistonning kelajagi har tomonlama barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalashga bog’liq. Ana shunday dolzarb vazifani amalga oshirishda o’zbek xalqining milliy qadriyatlarini o’rganish va undan barkamol avlodni tarbiyalash uchun foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. • [1] Каримов И. А. Юксак маънавият – енгилмас куч. Т. : Ўзбекистон, 2008. 4 -б. 14
• • II-BOB. O’ZBEKISTON MUSTAQILLIGI SHAROITIDA MILLIY MA’NAVIYATGA QARSHI MAFKURAVIY TAHDIDLARNING KUCHAYISHI. 2. 1. Globallashuv jarayonlari sharoitida mafkuraviy tahdidlarning maqsadi. Jamiyat, davlat borasida huquq normalarining belgilanishi odamlarning qaysi darajada ma’naviyatga ega bo’lishlariga bog’liqdir. Mamlakat miqyosida qabul qilinadigan konstitutsion qonunlar va boshqa normativ hujjatlarning darajalari shu mamlakat fuqarolarining ma’naviyati va siyosiy madaniyatini ifoda etadi. Bu masalaning bir tomoni. Ikkinchidan, konstitutsion qonunlar va boshqa normativ hujjatlar fuqarolarning huquq va erkinliklari, burchlarini va davlat siyosatining yo’nalishlarini fuqarolarning ma’naviyati rivojlanishi darajalariga mos ravishda rasman belgilab beradi. Ammo shuni alohida ta’kidlash lozimki, yuqoridan turib qonun qabul qilish har qanday yuksak darajadagi qonun va normativ hujjatlar faqat fuqarolarning ma’naviy salohiyati va siyosiy ongi darajasidagina amal qiladi, undan nariga o’ta olmaydi. Aslini olganda, odamlarning ma’naviyati va siyosiy ongi qabul qilinadigan qonunlar va boshqa hujjatlarda belgilanadigan rasman normalardan yuqori bo’lishi kerak. Ana shundagina fuqarolar jamiyatning taraqqiy qilishida faol ishtirok 15 etadilar.
• • 2. 2. Prezident I. Karimovning mafkuraviy tahdidga qarshi kurash tamoyillari. Mafkura va mafkuraviy tarbiya masalasi o’z mustaqilligini qo’lga kiritgan, huquqiy davlat, erkin fuqarolik jamiyatining asoslarini yaratayotgan mamlakatimiz uchun ham muhim hayotiy ahamiyatga ega bo’lib qolmoqda. Zero, ko’zlangan maqsadalrga ushbu orzu-umid va intilishlarni o’zida mujassamlashtirgan g’oyaviy-nazariy qarashlar majmui bo’lmish milliy mafkura va unga asoslangan tarbiya tizimisiz erishish mumkin emasligi aniq. “Men, - deb yozadi Prezidentimiz, - Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir” degan fikrini ko’p mushohada qilaman. Buyuk ma’rifatparvarning bu so’zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo’lgan bo’lsa, hozirgi kunda biz uchun ham shunchalik, balki undan ham ko’ra muhim va dolzarb”. [1] Bu masalaning dolzarbligi yuqorida qayd etilgan mafkura shakllarining xavfini bartaraf etish zarurligi bilan ham belgilanadi. Zero, Prezidentimiz ta’kidlagandek, ularga g’oya va ma’rifat yo’li bilan qarshi kurashish lozim. • [1] Каримов И. А. Асарлар. Т. : 7. 93 -94 -б.
– Ma’naviy, mafkuraviy madaniyatning ijtimoiy xususiyatlari. • Jamiyatimiz ma’naviyatini yuksaltirish bilan bog’liq jarayonlarning murakkab tomoni shundaki, bugungi kunda boshimizdan kechirayotgan ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot yo’lida uchraydigan juda ko’p muammolarni ham nazariy, ham amaliy jihatdan faqat o’z kuchimiz va salohiyatimizga tayanib hal etishga to’g’ri kelmoqda. • SHu maqsadga mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli ishlarning amaliy natijasi o’laroq. Adabiyot va san’at, madaniyat, matbuot sohasi mafkuraviy tazqiydan butunlay xalos bo’lganini qayd etish joiz. Har qanday ijod namunasi, badiiy asar sinfiy bo’lishi va qandaydir g’oyaga, kommunistik mafkura manfaatlariga xizmat qilishi kerak, degan kurashlar bugun o’tmishga aylandi. Erkin ijod uchun, milliy qadriyatlarmiz va boy ma’naviyatimizni xalqimiz tarixini, uning bugungi sermazmun hayotini to’laqonli va haqqoniy aks ettirishuchun zarur sharoitlar yaratildi. • Bugungi kunda o’z hayotini yana shunday mas’uliyatli sohaga bag’ishlagan ko’plab iste’dod sohiblari yurtimizda yangi hayot, yangi jamiyatning ma’naviy asoslarini mustahkamlash, komil insonni tarbiyalash yo’lida munosib hissa qo’shib kelmoqda. Ayniqsa hozirgi vaqtda dunyoda kuchayib borayotgan turli ma’naviy tahdidlarning oldini olish, “ommaviy madaniyat”ning zararli ta’siridan farzandalarimizning ongu tafakkurini himoya qilishda ilmu fan va madaniyat jamoatchiligi, ijod ahlining o’rni va roli tobora ortib bormoqda.
XULOSA • Milliy mustaqillik qo’lga kiritilgandan keyin jamiyatning barcha sohalarida ulkan miqyosdagi islohotlar olib borilmoqda. Bu islohotlarda ko’zlangan maqsad inson omili, uning manfaatlariga xizmat qiladigan ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurishdir. Buning uchun bir necha o’n yilliklarga cho’zilgan mustabit tuzum asoratlaridan holi bo’lgan demokratik ananalar va manaviyatga suyangan jamiyatni qurish darkor. Bunday jamiyatni esa manaviy jihatdan yetuk, komil insonlar qura oladi. bunday yetuk insonlarni tarbiyalashda muhtaram Prezdentimiz aytganidek, xalqni mamaviyat marifat bilan qurollantirish kerak. Xalqimiz o’zining buyuk tarixiga, o’tmishiga ega. O’zbek xalqi o’zining o’tmishi bilan har qancha faxrlansa, g’ururlansa arziydi. U jahon fani va madaniyati taraqqiyotiga shu qadar katta hissa, buni butun dunyo allaqachon tan olgan. Xalqimizning buyuk mutafakkirlari imom Buxoriy, Imom Termiziy, Baxouddin Naqishbandiy, Hoja Ahmat YAssaviy, Al-Xorazimiy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur va boshqa ko’plab buyuk ajdodlarimiz milliy madaniyatimizni rivojlantirishga ulkan hissa qo’shganlar, xalqimizning milliy iftihori bo’lib kelmoqdalar.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: • O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T. : “O’zbekiston”, 2012 y. • Karimov I. A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. T. : “O’zbekiston”, 2011 y. • Karimov I. A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1 -jild, T. : “O’zbekiston”, 1996 y. • Karimov I. A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2 -jild, T. : “O’zbekiston”, 1996 y. • Karimov I. A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3 -jild, T. : “O’zbekiston”, 1996 y. • Karimov I. A. Bunyodkorlik yo’lidan. 4 -jild, T. : “O’zbekiston”, 1996 y. • Karimov I. A. YAngicha fikrlash va ishlash davr talabi. 5 -jild, T. : “O’zbekiston”, 1997 y. • Karimov I. A. Xavfsizlk va barqarorlik taraqqiyot yo’lida. 6 -jild, T. : “O’zbekiston”, 1997 y. • Karimov I. A. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. 7 -jild, T. : “O’zbekiston”, 1999 y. • Karimov I. A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz. 8 -jild, T. : “O’zbekiston”, 2000 y. • Karimov I. A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz. 9 -jild, T. : “O’zbekiston”, 2001 y. • Karimov I. A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. 10 -jild, T. : “O’zbekiston”, 2002 y. • Karimov I. A. Biz tanlagan yo’l – demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo bilan hamkorlik yo’li. 11 -jild, T. : “O’zbekiston”, 2003 y. • Karimov I. A. Tinchlik va xavfsizligimiz kuch-qudratimizga, hamjihatliligimiz va qat’iy irodamizga bog’liq. 12 -jild, T. : “O’zbekiston”, 2004 y. • Karimov I. A. O’zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo’lmaydi. 13 -jild, T. : “O’zbekiston”, 2005 y. • Karimov I. A. Inson, uning huquq va erkinliklari oliy qadriyat. 14 -jild, T. : “O’zbekiston”, 2006 y. • Karimov I. A. Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish, ma’naviyatimizni yuksaltirish va xalqimizning hayot darajasini oshirish – barcha ishlarimizning mezoni va maqsadidir. 15 -jild, T. : “O’zbekiston”, 2007 y. • Karimov I. A. Mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish yo’li. 16 -jild, T. : “O’zbekiston”, 2008 y. • Karimov I. A. Vatanimiz bosqichma-bosqich va barqaror rivojlanishini ta’minlash – bizning oliy maqsadimiz. 17 -jild, T. : “O’zbekiston”, 2009 y. • Karimov I. A. Jahon inqirozining oqibatlarini yengish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va taraqqiyo topgan davlatlar darajasiga ko’tarish sari. 18 -jild, T. : “O’zbekiston”, 2010 y. • Karimov I. A. Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish – mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir. 19 -jild, T. : “O’zbekiston”, 2011 y.
- Slides: 23