Ozbekiston davlat jahon tillari universtiteti Dunyodagi TILLAR VA
O’zbekiston davlat jahon tillari universtiteti Dunyodagi TILLAR VA alfavit turlari. Alfavit shakillanishi Tekshirdi. Majidova Ra’no Bajardi. Usmanova Madina • Toshkent-2014
REJA 1 • Kirish • Dunyodagi alfavit turlari 2 • Alfavit shakillanishi • Eng boy tillar • Dunyodagi yo’qolib ketayotgan tillar 3 • Mavzu yuzasidan testlar • Xulosa • Foydalanilgan adabiyodlar ro’yhati
Dunyodagi alfavit turlari. Alfavit shakillanishi Dunyo xalqlari xilma-xil tillarda gaplashishadi va xar xil alfavitlarda yoziladi. Biroq fan aniqlikni yaxshi ko‘radi. Shu tufayli vaqti-vaqti bilan tilshunoslar alfavitlar va tillar sonini hisobga oladilar va o‘z ma’lumotlarini e’lon qilishadi. Raqamlar odatda biriga doimo mos tushavermaydi. Chunki u yoki bu til alfavitini hamma joyda ham birdek tan olavermaydilar. Natijada o‘sha tilni ro‘yxatga kiritmay qo‘yish hollari uchrab turadi. Kurrai zaminimizda hammasi bo‘lib taxminan 5621 ta til, 1866 ta alfavit va sheva bor bo‘lib, hozirgacha ulardan 500 tasigina o‘rganilgan xolos. Har uch tildan bittasining yozuvi bo‘lmay, faqat og‘zaki nutq shakliga egadir. Shuning uchun alfavitlar tillar soniga qaraganda kamroq.
Eng ko‘p tarqalgan til. Bu xitoy tili, deb o‘ylashingiz tabiiy hol. To‘g‘ri yer kurrasidagi eng ko‘p aholi yashaydigan Xitoy Xalq Respublikasidek davlatda 1 yarim milliarddan ortiq odam xitoy tilida gaplashgan bilan, lekin u butun jahon bo‘ylab keng yoyilmagan-da! Afsuski, bu baxtli til ispancha ekanligidan ko‘pchilik, hatto, aksariyat tilshunoslarning o‘zlari ham bexabardirlar. Ispan tilini bu qadar ommalashib ketishiga avvalo mashhur sayyohlar, dengiz qaroqchilari hamda ispaniyalik mustamlakachilar sabab bo‘lib qolganlar. Shunisi qiziqarliki, Amerika Qo‘shma Shtatlarining 50 ta shtatidan 23 tasida davlat tili ispan tili hisoblansa, bor-yo‘g‘i 21 tasidagina ingliz tili amaldagi til va qolgan shtatlarda esa frantsuz tili hukmronlik mavqeini saqlab turmoqda. Ma’lumki, AQShda har bir shtat aholisi o‘z mahalliy qonunlariga amal qilib yashaydi.
Alfavit shakillanishi 20 -asrgacha musulmon Sharq xalqlarining deyarli barchasi arab yozuvidan foydalanib keldi va ushbu asrning boshiga kelib xoh Rossiyada, xoh undan tashqarida bo'lsin musulmonlarning ilmiy-texnologik taraqqiyotda orqada qolishini bartaraf berish uchun bu yozuvni boshqa tipdagi yozuvlar bilan almashtirish zarurligi g'oyasi faol tashviq etildi, asta-sekin bu g'oya amaliy harakatga aylandi. Shu munosabat bilan quyidagi savollarni qo'yish hamda unga javob izlash maqsadga muvofiqdir. shu paytgacha o'z yozuvlarini bir marta (masalan, Turkiya) va bir necha marta ( Vietnam, Mongoliya) o'zgartirgan mamlakatlar yozuv islohotiga kirisishganlarida nimani maqsad qilib qo'yishgan edi va bu maqsadlarga erishildimi, ana shu masalalarga e'tibor qaratish lozim. Turkiyada 20 -asrning birinci yarmida boshlangan til-yozuv-imlo islohotlaridan (yozuv islohoti, 1928 -yil, til islohotining boshlanishi, 1932 -yil) kutilgan pirovard maqsad – mamlakatning G'arb siyosiy-iqtisodiy, huquqiy va madaniy taraqqiyot modellarini tezroq o'zlashtirish edi. Turk yozuv islohotining tashabbuskori Mustafo Kamol (Atatürk, Mustafa Kemal) Usmonli saltanatining birinchi jahon urushi yillaridagi muvaffaqiyatsizligining sof harbiy sabablaridan biri bu mamlakat qo'shinlarida G'arb armiyalaridagi kabi axborot va buyruqlarni tez, yashirin yetkazuvchi tizimning (telex, teletayp) mavjud emasligida hamda bu yetishmovchilikning kaliti amaldagi arab alifbosida deb hisoblagan.
Fonografik yozuv insoniyatning yozish madaniyatida erishgan yutuqlarining barchasini o'zida jamlaydi va ushu grafik sistemaning mohiyatida til tovushlarini maksimum ifodalashga intilish yotadi. Bu yozuv o'rganish va o'rgatishga qulayligi, asosiy nashriyot, axborot va informatsion texnologiyalari shu yozuv tipini qo'llovchi (ishlatuvchi) tillar vositasida yaratilgani tufayli bugungi kunda xalqaro jamoatchilik tarafidan "eng qulay" yozuv turi sifatida qabul qilinadi. Bu psixologik taassurot, albatta bu yozuvlar tizimida ham juda eski ildizlarga ega muammolar borligini inkor etmaydi. Jumladan, fonografik yozuv juda konservativdir. Ma'lum bir davrda so'zning fonetik "qiyofasiga" qarab shaklga solingan grafik so'zshakl bu so'zning talaffuzi mutlaqo o'zgarganda ham eskisidagiday saqlanib qolaverishi kabi hollarning mavjudligi masalasini ko'rib o'taylik. Ingliz tilidagi "daughter" (qiz) so'zining o'rta asrlardagi talaffuzi "dauhtar" bo'lgani uchun u o'sh zamonda yuqoridagi shaklda grafik ifodalangandi, bugungi kunda bu so'z "do: te" sifatida talaffuz qilinadi, ammo so'zning grafik ifodasi o'zgarmadi. Tildagi tovushlar tizimi abadiy, o'zgarmas emas. Til tovushlari ham paydo bo'ladi, yashaydi va "o'ladi" – iste'moldan chiqib ketadi, yozuv bu hodisalarni kamdan-kam hollarda inobatga oladi, unda sobitlik tamoyili ustundir.
Bo'lg'usi turk Prezidentida hali hokimiyatga erishmasdanoq arab yozuvini almashtirish g'oyasi mavjud bo'lgan, deb yozadi rus tadqiqotchi V. Alekseev 1. 1928 -yilda lotin alfavitiga o'tgan, 1932 -yildan til islohotini amalga oshirishga kirishgan Turkiyaning bu reformalardan maqsadi o'lkani G'arb modellarida taraqqiy ettirish hamda rivojlanishda G'arb o'lkalariga yetib olishdan iborat bo'lgan. Mongoliyaning kiril yozuviga, Vietnamning lotin alfavitiga o'tishida ham shunga o'xshash motivatsiyalar sezilarli rol o'ynagan. Yozuv almashtirishning ikkinchi usulini shartli ravishda "mustamlaka usuli" deyish mumkin. Bunda "katta og'alik" rolini o'z ustiga olgan xalqning yozuvi oshkora yoki zimdan bo'lgan bosim natijasida qabul qilinadi. Sobiq SSSRda 1940 yilda amalga oshirilgan barcha xalqlarni kiril yozuviga o'tkazish siyosati ana shunday yo'l bilan hayotga joriy etildi. Ammo, bu xususda na VKP (b)ning, na Sovet hukumatining birorta maxsus qarori yo'q. Stalin rejimi, masalaning nozikligini (yozuv milliy til, madaniyat, din bilan bevosita bog'liq) hisobga olib va sobiq SSSRdagi xalqlarda antipatiya uyg'otmaslikka harakat qilib, bu ishni zimdan qilgan edi, sobiq sovet respublikalari kompartiyalariga o'tkazilgan bosim natijasida ular o'z respublikalarida kiril yozuviga "ixtiyoriy o'tish" xususida qarorlar qabul qilinishini tashkil etdilar va shu bilan ish bitdi
Eng boy tillar Dunyodagi so‘z jihatdan eng badavlat tillar bular arab va ingliz tillari bo‘lib, inglizlarning hisobida 2500000 (ikki yarim million)dan oshiq so‘z bo‘lsa arab tilida esa 3500000 (uch yarim million)dan ortiq lug‘at boyligi bor. O’zbek tilida taxminan 1400000 -1600000 atrofida so‘z bor ekan (bu raqam yuqoridagi ma’lumotlar va shaxsiy tajribamga suyangan holda berilmoqda). Biz yuqorida keltirgan hozirgi ma’lumotlar, albatta, ko‘proq ijtimoiy sohalar bo‘yicha nisbatan olingan xolos. A. I. Paxotinning so‘zlariga qaraganda, kimyo faniga oid atamalarning o‘zi 2000000 (ikki million)dan ziyodroq ekan. Endi o‘ylab ko‘ring, biologiya yoki matematikada yoxud fizikada qancha ilmiy atamalar bor ekan-a!? Tilshunoslik fanidan ma’lumki, qaysi tilda «sinonim» - «ma’nodosh» so‘zlar ko‘p bo‘lsa, o‘sha til eng boy til hisoblanadi. Shuningdek, qaysi tilda «omonim» - «shakldosh» so‘zlar ko‘p uchrasa, demak o‘sha til eng kambag‘al tillar sirasiga mansub deya yuritiladi. Masalan, shimoliy qutbda yashaydigan eskimos qabilasiga mansub millat tilida «qor» so‘zining yigirma xil sinonimi mavjud bo‘lsa, arab tilida «cho‘l» so‘zining yuzdan ortiq varianti bor. Sinonim so‘zlar aslida arab tilida eng ko‘p uchraydi.
Eng kambag’al tillar Gvineya (poytaxti –Bisau shahri, Afrika. )da mahalliy Taki tilida bor yo‘g‘i 340 ta so‘z bor, xolos. Ayni kunda ingliz, rus, nemis, arab va ispan tillarida so‘zlashayotgan insonlarning hisob-kitobini qilish amri mahol ish. Ammo ba’zi bir tillar borki, ularni o‘sha tilda suhbatlashayotganlar o‘zlari bilan olib ketishi mumkin. Yangi Gvineyada atigi 4 million aholi istiqomat qilsa-da, ular 800 tilda suhbatlashishadi. Shuningdek, ana shu tillarning birortasidayam 100 ming kishi bir-birlari bilan muloqatda bo‘lolmaydilar. Dunyodagi eng kam odam gaplashadigan til bu – bikya tilidir. Bu til faqatgina Afrika qit’asining Kamerun va Nigeriya davlatlari o‘rtasidagi qishloqda yashaydigan 87 yoshli kampirshoga tegishli. Susami tilida esa Miroviya provintsiyasida istiqomat qiladigan ikki oila a’zolari bir-biri bilan holahvol so‘rashadi, xolos. Latviyada esa yana shunday til borki, uni 200 kishi tushunadi. Bu – livon tilidir. Oun g‘arbiy septik tilida hozircha 384 kishi muloqotda bo‘lsa, alfendio sharqiy septik zaboni esa 633 insonga tegishli ekan. Lilau va seymit tillarida zamonamiz kishilaridan 450 kishi suhbatlashar ekan. Kandas tilida Yangi Irlandiyada qo‘nim topgan 480 kishi o‘zaro «g‘idi-bidi» qilishadi. Orissa shtatida esa oriya tili rusum bo‘lgan. Telugu tilida Andxra Pradesh shtatidagilar va tamil tilida Tamil Nadudagi aholi o‘zaro muloqot qiladi. Garchi Tailanda asosiy til tay lahjasi bo‘lsa-da, aholining ko‘p qismi shevada suhbatlashadi. Tilshunoslar ularning ichida lao, kammuang va paktay tillarini mustaqil, deb hisoblaydilar.
Dunyodagi yo’qolib ketayodgan tillar Jahonda keng iste’moldan chiqib ketgan hamda butunlay yo‘qolib ketgan tillar benihoya ko‘p. Ularni tilshunoslar ikkiga bo‘lib o‘rganadilar ya’ni, yozma nutqqa ega bo‘lgan «o‘lik» tillar hamda faqat og‘zaki shakli bor «o‘lik» tillar. Og‘zaki nutqqagina ega bo‘lib, hozirda butunlay yo‘qolib ketgan tillarning sonsanog‘i deyarli yo‘q. Ham yozma, ham og‘zaki nutq shakliga ega, biroq hozir amalda mavjud bo‘lmagan qadimiy tillar ham talaygina. Tilshunoslik fanida bu kabi tillarni «o‘lik tillar» deb ataydilar. O’lik tillarning eng buyuglaridan ikkitasi fan olamida juda mashhur hisoblanadi. Ulardan biri Hindistondagi qadimiy sanskrit tili bo‘lsa, ikkinchisi zamonaviy tibbiyot xodimlari keng iste’foda etadigan lotin tili hisoblanadi. O’lik tillar ro‘yxatiga qadimiy xitoy va ingliz tillarini kiritsa ham hech xato bo‘lmaydi. Chunki zamonamiz kishilari ana shu ikki tilda bitilgan tarixiy asarlarda muhrlanib qolgan mumtoz so‘zlarni tushunishlari amri maxoldir. Ko‘hna xitoy tilidagi manbalarni tushunmaslik o‘z-o‘zidan ma’lumki, ular eramizdan avvalgi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Biroq XVI-asrning oxirlari XVII-asrning o‘rtalaridagina yashab o‘tgan buyuk ingliz yozuvchisi Uilyam Shekspirning tilini bugungi kun inglizlari asl manbadan o‘qib mutlaqo tushunmasliklari ilmiy isbotlangan voqeadir.
TAMOYILLAR Hozirda amalda bo'lgan hamda o'zi ifodalagan til bilan birgalikda o'lik yozuvga aylangan yozuvlarni qo'shib hisoblaganda insoniyat uchta yozuv tipidan foydalanib kelmoqda. Ular: 1. logografiya (ideografiya, piktografiya): tamoyil - "rasmda, belgida so'zni, fikrni ifodalash"; 2. sillabografiya (bo'g'inli yozuv): tamoyil – "harfda bo'g'inni ifodalash"; 3. Fonografiya (tovush-harfli yozuv): tamoyil: - "harfda tovushni ifodalash". Logografik yozuvda bir rasm (belgi)ning bir so'z (logos, fikr)ga teng bo'lishi bu yozuvni xalq orasida keng ommalashuvini qiyinlashtiradi, mazkur yozuv tipida faqat keng ommaga yaqindan tanish bo'lgan tushunchalar ifodalanishi mumkin. Jumladan, Qadimgi Misrda ushbu yozuvda xalq uchun tanish lavhalar (aytaylik yaqinda o'lgan fir'avnning hayoti tarixi) bitilgan. Bugungi elektron aloqa va informatsion tizimlar mazkur yozuvlarning ushbu ijobiy va salbiy taraflarini birdek ifodalagan holda mazkur grafik tizimlarini global informatsiya tarmog'iga olib kirdi hamda jahon Internet tarmog’ida ularning nufuzi yildan-yilga oshib bormoqda (buni jumladanm, yapon va xitoy yozuvidagi Internet-manbalarda ko'rish mumkin).
Mavzuga doir qiziqarli ma’lumotlar • • • Mo'g'uliston sotsialistik qurilishda SSSRga tenglashish, Vietnam, aksincha, sotsializmdan kapitalizmga yuz burish uchun alfavit islohotini amalga oshirgan, deyish mumkin. Ilmiy taxminlarga qaraganda, 2057 yilga borganda Xitoy Xalq Respublikasining aholisi dunyo ahlining yarmini tashkil qilar emish. Xitoyda ingliz tilida so‘zlashuvchilar soni Amerika Qo‘shma Shtatlaridagidan ko‘proq. Dunyodagi eng uzun alifbo-Kambodjiya alifbosi. U 74 ta xarfdan iborat. Avval ampersend (9) belgisi, ingiliz alifbosining xarifi edi. Fransuz gvineyaning ba’zi qismlarida tarqalgan Taki tili, atigi 340 ta so’zdan iborat. XVIII asrda Benjamemen Franklin, drun-mast so’ziga ingiliz tilida 200 danortiq sinonim togan. Pauya yangi Gvineya axolisi, taxminan 700 xil tilda galashishadi-bu butun jahon tillarining 15%ini tashkil qiladi. Birlashgan millatlar tashkiloti oltita rasmiy tilga ega: ingliz, fransuz, arab, xitoy, rus, va ispan tillari. Xitoy tilidagi “mandarin” laxjasi dunyoda eng ko’ ishlatiladigan til: u orqali 885 million kishi muloqat qiladi.
Mavzuga doir qiziqarli ma’lumotlar • Afrika kontinentida 1000 xil til mavjud. • Xitoy yozuvida 40000 dan ortir ieroglif mavjud. • Ruxoniylar, yuristlar va do’ktorlar kundalik xayotida o’rtacha 15000 coz ishlatishadi. Malakali ishchilar 5 -7 ming, fermerlar-1600 tach so’z ishlatishadi. • Virus so’zi lotinchad zaxar degan ma’noni, anatoliyada esagullar dastasi degan ma’noni anglatadi. • Jahon mamlakatlarinig ko’ppgina qismida “ona” so’zi “M” xarifidan boshlanadi. • Arab tilida 28 xarf so’z oxirida O’rtasidan boshqacha tarzda yoziladi, ivrit tilida bunday xarflar 5 ta • Dunyodagi eng keng ma’noli so’z “mamixlapinatana” bo’lib, bu so’z ikkala taraf xan qilishni istovchi lekin qilishni xoxlamaydigan narsani qilishga kimdir rozi bo’lishini kutipb biriga umid bilan tikilmoq ma’nosini beradi. • Xozigi davrga qadar saqlanib qolgan eng qadimgi xarf “O” xarifidir. • Xitoy tilida “P” ”L tovushlari farqlanmaydi. • Shumer tili eng qadimgi yozma til xisoblanadi. U masopotamiyada taxminan eramizdan oldingi 3500 yillarda vujudga kelgan.
Mavzu yuzasidan test 1. Oxirgi yangiliklarga ko’ra dunyoda nechta tillar mavjud? a)6512 b)5621* c)5612 d)6521 2. Eng ko’p tillar asosan qaysi kontinendga joylashgan? a)Osiyo b) afrika c) amerika d) a va b* javoblari 3. Dunyodagi eng ko’p tarqalgan til? a)Xitoy b)ingliz c)ispan* d)fransuz 4. 20 -asrgacha sharq musulmon davlatlari qanday tildan foydalanishgan? a)arab* b)fors c)lotin d)eron 5. Dunyoda so’z jihatdan eng boy tillar? a)Xitoy b)ingliz c)arab d) b va c javoblari* 6. Dunyodagi eng kambag’al taki tilida nichta so’z mavjul? a)360 ta b) 340 ta* c)430 ta d)630 ta 7. O’zbek tilida taxminan nechta so’z mavjud? a)1400000 ta b)1600000 c)1800000 d)a va b javoblari * 8. Gvineya axolisi necha xil tilda suxbatlashishadi? a)800 b)820 c)840 * d)860 9. Dunyodagi yo’qolib ketayodgan tillar sarasiga qaysi tillarni kiritishimiz mumkun? a) Qadimiy xitoy va ingliz * b) lotin va fors c) qadimiy eron va xitoy tili
Xulosa o’rnida aytishimiz mumkinki, men yoritib bergan Dunyodagi tillar va alfavit turlari. Alfavit shakillanishi mavzusi Tilshunoslik fanida muhim ahamiyad kasb etib qolmay balki boshqa sohalarda xam o’z o’rniga ega. Biz Dunyodagi tillar va alfavit turlari. Alfavit shakillanishi mavzusini yoritib dunyodagi ilk shakillangan tillar va alfavit kelib chiqishi va xozirga qadar rivojlanib, yo’qolib va saqlanib qolgan tillar va alfavitlar xaqida juda qiziq va kerakli ma’lumotlarga ega bo’ldik
Foydalanilgan adabiyodlar turlari 1. Irisqulov. M. Tilshunoslikka kirish. Toshkent 2009 2. http. www. google. co. uz 3. http. www. ref. uz 4. X. Urbaev. Dunyo tillari xaqida qiziqarli ma’lumotlar. 5. http. www. muloqot. uz
- Slides: 16