Ozbek xonliklari davrida ijtimoiy siyosiy parokandalik sabablari va
O‘zbek xonliklari davrida ijtimoiy siyosiy parokandalik sabablari va uning oqibatlari
O‘zbek xonliklari davrida ijtimoiy siyosiy parokandalik sabablari va uning oqibatlari • Ashtarxoniylar davri ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti haqida ma’lumot beruvchi Mirzo Sodiq Munshiyning “Dahmay shohon” majmuasi, Muhammad Balhiyning “Subhonqulinoma” masnaviysi, Muhammad Amin Buxoriyning “Ubaydullanoma”, Muhammad ibn Muhammad Zamon Buxoriyning “Muhit ut-tavorix”, Abdurahmon Tole’ning “Abulfayzxon tarixi”, Muhammad Yusuf munshiyning “Muqimxon tarixi” va boshqa asarlar shu davr madaniy hayotining ajoyib namunalaridir.
• Bu davrda Turdi Farog‘iy (XVII asr), Boborahim Mashrab (1640 -1711), So‘fi Olloyor (1644 -1723), Mirzo Abdulqodir Bedil kabi ijodkorlarimiz o‘z asarlari bilan o‘zbek adabiyoti ravnaqiga salmoqli hissa qo‘shdilar. Xoja Samandar Termiziyning “Dastur ul-muluk” asari Subhonqulixon davri davlatchiligi tarixi va tuzumi haqida ma’lumot bersa, Mutribiyning “ Tazkirat ush-shuaro”, Maleho Samarqandiyning “Muzakkir ul-as’hob”, mulla Sodiq Samarqandiyning “Riyoz ush-shuaro” kabi tazkiralari davr ilmiy muhiti va ijodkorlari haqidagi asarlardir. Ularda 200 ga yaqin ijodkorlar hayoti va ijodi haqida fikr yuritiladi. • Buxorodagi Abdulazizxon madrasasi va Nodir devonbegi tomonidan qurilgan Labi Hovuz me’moriy majmuasi, Samarqand registoniga Yalangto‘shbiy qurdirgan Sherdor va Tillakori madrasalari, Qarshidagi Yormuhammadbiy va Ho‘ja Qurbonbiy madrasalari, Shahrisabz vohasidagi Xo‘ja Ilimkon me’moriy majmualari ashtarxoniylar davri me’morchiligining yuksak namunalaridir. Markaziy hokimiyatning zaiflashuvi, o‘zaro urushlar, siyosiy porakandalik bilan izohlanuvchi ashtarxoniylar davrida tarixnavislik, adabiyot, me’morchilik sohasida qo‘lga kiritilgan bu yutuqlar, ijobiy siljishlar, mehnatkash xalqimizning bunyodkorlik, yaratuvchanlik xislatlarining buyuk ko‘rinishidir.
Buxoro amirligi • Mang‘itlar sulolasining asoschisi Muhammad Rahimbiy 1747 -yilda eroniy qizil boshlarni tor-mor keltirib, Buxoroda hokimiyatni to‘la o‘z qo‘liga olgan edi. U barcha viloyat, shahar va qabilalar boshliqlarini Buxoroga taklif qilib, markaziy hokimiyatni kuchaytirishga qaratilgan dasturini e’lon qilib, bo‘ysunmaganlarni qatl qilaman deb ogohlantirdi. • Muhammad Rahimbiy Abdulmo‘min (1747 -1748), Ubaydulla Sulton (1748 -1756) nomlaridan davlatni boshqargan davrida Miyonqal’a, Nurota, Hisor, Qobodiyon, Boysun, Shahrisabz, Urgut viloyatlariga bir necha bor yurish qilib, ularni o‘ziga bo‘ysundirdi. Bu muvaffaqiyatlar uning rasmiy hokimiyatni ham qo‘lga olishiga yo‘l ochib berdi. Abulfayzxonning qiziga uylanib, xonlar avlodi bilan qarindosh bo‘lgan Muhammad Rahimbiyga amir unvoni berildi va oq kigizda ko‘tarilib oliy hukmdor deb tan olindi. Uning 1757 -1758 -yillarda markaziy hokimiyatni kuchaytirish uchun olib borgan urushlari bir qancha vayronagarchiliklarga sabab bo‘ldi. Xiva xonligiga o‘z ta’sirini o‘tkazishga muvaffaq bo‘lgan Muhammad Rahimbiyni Qo‘qon, Balx, Toshkent, Marv va Qunduz kabi mustaqil mulklar hukmdorlari Buxoroning qonuniy hukmdori deb o‘z elchilarini jo‘natganlar.
Xiva xonligi • Amudaryoning quyi oqimida joylashgan, qadimiy dehqonchilik markazlaridan hisoblanmish Xorazm XIV asr oxirlaridan XVI asr boshlariga qadar temuriylar davlati tarkibida bo‘lgan. 1505 yilda Shayboniyxon Xorazmga yurish qilgan paytda u yerda hukmronlik qilayotgan Chin So‘fi rasman Husayn Boyqaroga qaram edi. Shuning uchun ham xorazmliklar temuriylardan yordam umid qilib 10 oy shaharni mudofaa qildilar. Xorazmda Shayboniyxon hukmronligi uzoq cho‘zilmadi. U 1510 yilda Shoh Ismoil tomonidan o‘ldirilgach, Xorazm eroniy safaviylar qo‘l ostiga o‘tdi. Shoh Ismoil Xorazm shaharlarini boshqarish uchun yuborgan dorug‘alarining iqtisodiy, diniy va milliy zulmiga qarshi aholi keng qatlamlarining chiqishlari boshlandi.
Qo‘qon xonligi • XVIII asr boshlarida Buxoro xonligida siyosiy parokandalik unga rasman qaram bo‘lgan Farg‘ona vodiysiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. 1709 -yilda Chodak xo‘jalari isyon ko‘tarib, Farg‘onaning bir qismini egallab olib, mustaqil davlat tuzilganligini e’lon qildilar. 1710 -yilda vodiyda ancha kuchli ta’sirga ega bo‘lgan, o‘zbeklarning ming urug‘i boshlig‘i Shohruhbiy (17101721) hokimiyatni qo‘lga oldi. Shohruhbiy o‘z hukmronligi davrida Qo‘qon, Namangan, Marg‘ilon, Konibodom, Isfara atroflarini bo‘ysundirib, o‘z hokimiyatini mustahkamladi. Uning vorisi Muhammad Abdurahimbiy (1721 -1733) Xo‘jand, O‘ratepa, Samarqand, Jizzax, hatto Shahrisabzni o‘ziga bo‘ysundirib, mamlakat hududlarini ancha kengaytirdi. Shuning bilan birga u qurdira boshlagan shahar dastlab “Qal’ayi Rahimbiy” deb ataldi. Abdurahimbiyning bevaqt vafoti sababli ukasi Abdulkarimbiy (17331750) shahar qurilishini yakunlab, Tepaqo‘rg‘ondan poytaxtni yangi shaharga ko‘chirdi va Eski o‘rda degan joyida o‘rda-qal’a qurdiradi.
• O‘sh, Andijon, Marg‘ilonni egallagan qalmoqlar 1745 yilda Qo‘qonni qamal qilganda Abdukarimbiy O‘ratepa hokimi Fozilbek yordami bilan qalmoqlarni mamlakat hududidan haydab chiqarib, davlat mustaqilligini saqlab qoldi. Qalmoqlar garov tariqasida Muhammad Abdurahimbiyning o‘g‘li Bobobekni olib ketishadi. Abdukarimbiy vafotidan keyin xonlar teztez almashtiriladi. 1750 -1754 yillarda Abdurahmonbiy (1750 -1751), Erdonabiy (1751 -1753), Bobobek (1753 -1754) xonlik qilganlar. Nihoyat, 1755 yilda Erdonabiy 2 -marta hokimiyatga kelgach, xonlik ancha mustahkamlandi. U O‘sh va O‘zganni bo‘ysundirib, 1758 -1759 yillarda Sharqiy Turkistonga ham yurish qilgan. Bu davrda Qo‘qon xonligi Buxoro va Xitoy bilan tengma-teng kurashadigan davlatga aylandi. Lekin Erdonabiy davrida olib borilgan urushlar mehnatkash xalqning aholini ancha og‘irlashtirdi. Yerdonabiy 1769 yilga qadar taxtni boshqargan. Undan keyin taxtga o‘tirgan Sulaymonbek bor-yo‘g‘i 6 oy xonlik qildi.
- Slides: 7