Oftalmogipertenziya sindromi Glaukoma Glaukoma bu kozning oldingi kamerasini
Oftalmogipertenziya sindromi
Glaukoma • Glaukoma- bu ko’zning oldingi kamerasini anatomiya holati (ochiq va yopiq burchakli) bilan ifodalanadigan ko’z kasalligidir. Shunga asosan glaukomaning 2 ta turi tafovut etiladi: – Ochiq burchakli glaukoma – Yopiq burchakli glaukoma
Glaukoma uchligi: 1. Ta’sir natijasida optik nervning zararlanishi 2. Ko’z ichki bosimi oshishi kuzatilishi 3. Ko’ruv maydoninig keskin kamayishi
Ko’z anatomiyasining qisqacha tavsifi
Glaukoma turlari • Glaukomaning qaysi tipi ko’proq tarqalgan? • 1) Ochiq burchakli glaukoma • 2) Ikkilamchi glaukoma • 3) Yopiq burchakli glaukoma
Tahlil • Birlamchi ochiq burchakli glaukomani aniqlash uchun ko’ruv nervi holati, ko’z ichki bosimi o’lchovi hamda ko’ruv maydoniga baho beriladi.
Glaukoma turlari Birlamchi ochiq burchakli glaukoma – keng tarqalgan tur. Bu glaukomaning og’riqsiz shakli bo’lib, bunda hech qanday belgilar va yaqqol patologik omillar ( m-n: yallig’lanish va jarohatlar)kuzatilmaydi.
Glaukoma turlari «Ochiq burchakli» va «yopiq burchakli glaukoma» deb nomlanishi shox parda(cornea) va rangdor parda ildizi(iris root), oldingi kamera suyuqligi hosil qilgan burchakka bog’liq. .
Glaukoma turlari • Ochiq burchakli iya • OOBG 35 yoshdan kattalarda paydo bo’ladi. • Patomexanizmi: trabekulopatiya va funksional kanalikulyar blok, KIB oshishi, KNBda, to’r pardada va ko’rish funksiyalarida o’zgarishlar bilan kechadi
Glaukoma turlari • Yopiq burchakli glaukoma – oldingi kamera burchagining rangdor parda ildiz qismi bilan berkilib qolishi kuzatiladi. Bunga qorachiqning funksional bloki sabab bo’ladi.
Glaukoma turlari • Qaysi ko’z burchagida “yopiq burchakli glaukoma” va “ochiq burchakli glaukoma” diagnozi rivojlanadi? Bu burchak qanday shakllanadi?
Glaukoma turlari • 1. Rangdor parda ildizi, kipriksimon tana va gavhar zonulasida • 2. Rangdor parda ildizi va shox pardada oldingi kamera • 3. Shox pardaning orqa yuzasidagi qorachiq qirrasi va gavharning oldingi yuzasi
Glaukoma turlari • Quyida ajratilgan burchak yopiq burchak hisoblanadi. Bunda oldingi kamera burchagining rangdor parda ildiz qismi bilan berkilib qolishi kuzatiladi.
Glaukoma turlari • Quyida ko’rsatilgan ochiq burchak hisoblanadi. Trabekulalardan iborat bo’lgan membrananing suyuqlik o’tkazuvchanligi kamayishi natijasida ko’z oldingi bo’shlig’i bosimi Shlemm kanali ichki bosimidan ortib ketishi va natijada trabekulalar oqsil parda sinusi tomonga siljib, Shlemm kanali tirqishini toraytirib qo’yadi.
Ochiq burchakli gkaukoma • KIB oshgan (normada 16 -21 mm. sim. ust) • KN diski chuqurlashishi • Ko’ruv maydonini pasayishi: normada: Ch. K 65 O’K 65 90 55 55 90 60 60
Qizil ko’z. Yopiq burchakli glaukoma. • Yopiq burchakli glaukoma. 4)KIB oshishi • Tipik bemor kuchli , doimiy ko’zdagi og’riq va shu bilan birgalikda ko’ngil aynishi va qayt qilishdan shikoyat qilishadi. • Obyektiv ko’ruvda: 1)Siliar inyeksiya • 2)qisman kengaygan noto’g’ri shaklli qorachiq; • 3) shox parda shishi
Qizil ko’z. Yopiq burchakli glaukoma. • Shox parda shishishi natijasida bemor ko’rishning xiralashganini va manba atrofida kamalak xalqani sezishi mumkin.
Yopiq burchakli glukoma • Ko’zning oldingi kamerasi gavhar kattalashishi natijasida asta-sekin torayadi. • Gavhar insonning butun umri davomida o’sadi, shu sabab uning kapsulasining ichki sathida yangi tolalar paydo bo’ladi.
Qizil ko’z. Yopiq burchakli glaukoma. • Davolash: patologiyani aniqlash va oftalmologga yuborish • Birlamchi tezkor yordam ko’z ichi bosimini kamaytirishga qaratiladi(ko’z tomchilari-beta blokatorlar; karbon angidrazaning ingibatorlari; ko’z tomchilari-miotiklar; sistemali osmotik agentlar. ) • Bu preparatlar ko’z ichki bosimini pasaytirish va xirurgik iridektomiya yoki lazerli iridotomiya uchun tayyorlashda shox parda shishini bartaraf etishda foydalaniladi.
Yopiq burchakli glaukoma • Ko’z kichik o’lchamda bo’lganida, gavhar o’sishi sabab, ko’zning oldingi kamerasidagi burchak torayadi. Bu esa ochiq burchakli glaukoma rivojlanishiga turtki bo’ladi. • Ko’zning katta o’lchamida esa gavharning o’sishi keskin o’zgarishlarga olib kelmaydi va oldingi kameradagi burchak nisbatan chuqurroq bo’ladi.
Birlamchi ochiq burchakli glaukoma • Birlamchi ochiq burchakli glaukomaning eng keng tarqalgan shakli hisoblanadi. U simptomsiz kechadi. • Bu e’tiborli va kasallik mohiyatini tushungan shifokor oftalmoskop bilan tekshirganda aniqlanishi mumkin.
Birlamchi ochiq burchakli glaukoma • Rasmda ko’ruv nervi diskining glaukomatoz ekskavatsiya chuqurchasi va boshqa o’zgarishlar ko’rsatilgan: – Vertikal tarafga siljish yoki uzayish (vertical bias or elongation) – Qon tomirlarni burun tarafga ko’chishi(Nasal shift of vessels) – Gardishni o’tmaslashishi (rim notching)
Birlamchi ochiq burchakli glaukoma – Gardishni oqarishi(rim pallor) – Fiziologik ekskavatsiya maydoni 50%dan yuqori(cup area greater than 50%) – Gardishni qon tomirlarga ta’sir o’tkazishi (rim effect on vessels) – Disk atrofida qon quyilishlar (rasmda ko’rsatilmagan)
Birlamchi ochiq burchakli glaukoma • Hal qiluvchi fursat: – Bilish kerak: ko’z ichi bosimi qancha baland bo’lsa, optik nervni zararlanishi shuncha yuqori bo’ladi. – Ogohlantirish! Ba’zi bemorlarda kun davomida ko’z ichki bosimi o’zgarib turadi, shuning uchun kunning ma’lum qismida o’lchash KIB oshganini ko’rsatmasligi mumkin.
Birlamchi ochiq burchakli glaukoma • Hal qiluvchi fursat: – Oilaviy anamnezda bo’lishi glaukoma rivojlanishida xavf omili bo’lishi mumkin. – Glaukoma asosan oilaviy shajarani birinchi qismida uchraydi. – Glaukoma 50 yoshdan oshgan aholini 5%ida kuzatiladi. – E’tiborli bo’ling! Glaukoma 40 yoshgacha ham uchrashi mumkin.
Birlamchi ochiq burchakli glaukoma • Ochiq burchakli glaukoma ko’pincha miopiyasi bor bemorlarda uchraydi. • Xuddi shuningdek yopiq burchakli glaukoma gipermetropiya bilan bog’liq.
Diagnostika • Glaukoma mavjudligini aniqlashda quyidagi tashxis usullaridan foydalaniladi: 1. Тonometriya 2. Оftalmoskopiya 3. Perimetriya
Ochiq burchakli glaukoma. Davolash. • Bu yerda glaukomani davolashda odatda qo’llaniladigan yuza -sistemali dori preparatlari ko’rsatilgan: – 1) beta adrenergik blokatorlar(m-n: timalol) – 2) аdrenergik antagonistlar (m-n. epinefrin) – 3) miotiklar (m-n. pilokarpin) – 4) karboangidrazaning ingibitorlari.
Diagnostika • Glaukoma diagnozini tasdiqlashda oftalmolog tonometriya va perimetriyaga asoslanadi. Bu diagnostik testlarni o’tkazishda qimmatli apparatlar va maxsus ko’nikma lozim bo’ladi. • Quyidagilar birlamchi ochiq burchakli glaukoma uchun xavf omillari sanaladi: • 50 yoshdan oshgan aholida • Miopiya • Ko’z ichki bosimi oshishi • Oilaviy anamnezida bu kasallik mavjud bo’lishi
Diagnostika • Yopiq burchakli glaukoma tashxisini qo’yishda asosiy belgilar(qisman kengaygan, notekis qorachiq, loyqalashgan shox parda, ko’z ichki bosimining oshishi) va simptomlar(pulsatsiyalovchi og’riq, ko’z oldi tumanlashishi, yorug’lik manbasi atrofida kamalak, ko’ngil aynishi va qusish)ga asoslanadi. • Bu holat ko’z ichki bosimi oshishi sababli ko’ruv nervi ishemiyasi natijasida ko’rlik kelib chiqishini oldini olish uchun tezda oftalmologga uchrashishni taqozo etadi.
Davolash • Yopiq burchakli glaukomani davolashjarrohlik. Lazerli iridotomiya yoki jarrohlik periferik iridektomiya
- Slides: 31