NUTQNING IFODALILIGI Ellikqala tumani 10 umumiy orta talim









- Slides: 9
NUTQNING IFODALILIGI Ellikqal’a tumani 10 -umumiy o’rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Ko’palov Furqatning taqdimot ishi
Ifodalilik, ayniqsa, badiiy nutqning zaruriy sifatlaridandir. Tilda ifodalilikni ta’minlashga xizmat qiladigan imkoniyatlar juda ko’p va xilmaxil. Bunday imkoniyat tilning barcha birliklarida mavjud. Tilning tovush qurilishi, so’z xazinasi, morfologik shakllari, sintaktik birliklari, intonatsiya kabilarning har biri nutq ifodaliligining bitmastuganmas manbalaridir. Nutq tuzuvchi bulardan yetarli xabardor bo’lsa, nutqning ifodalilik sifatini ta’minlashga qiynalmaydi.
TO’G’RILIK JO’YALILIK SOFLIK ANIQLIK MADANIY NUTQNI SHAKLLANTIRUVCHI ASOSIY SIFATLAR BOYLIK QISQALIK MANTIQIYLIK IFODALILIK
Nutq madaniyati avvalo, to’g’ri, adabiy til me’yorlariga amal qilgan holda so’zlashdir, Shunga ko’ra nutq haqidagi quyidagi fikrlarga e’tibor beraylik.
• Agar nutqda adabiy til me’yorlariga amal qilingan bo’lsa, bunday nutq to’g’ri nutqdir. • Agar nutqda adabiy tilga begona bo’lgan, shu tilga o’zlashmagan so’zlar, gap qurilishlari o’rin olmasa, bunday nutq sof nutqdir.
• Agar nutqda ko’p va har xil adabiy til belgilaridan foydalanilgan bo’lsa, bu nutq boy nutq hisoblanadi. • Agar nutqni tashkil etgan so’zlar, so’z birikmalarining ma’nolari ular ifodalagan tuhsunchalar hajmiga to’g’ri kelsa, mos bo’lsa, bunday nutq aniq nutqdir.
• Agar nutq tuzilishiga ko’ra so’z, so’z birikmalariga xos ma’nolarning aloqasi mantiq qonunlariga, tafakkur qonunlariga zid bo’lmasa, bunday nutq mantiqli nutqdir, • Agar nutq til vositalarining yaxshi tanlab joylashtirilishi orqali tuzilib, faqat tinglovchining ongigagina ta’sir etib qolmasdan, unga his-hayajon ham bag’ishlasa, tinglovchining diqqatini tortsa, qiziqtirolsa, bunday nutq ifodali nutqdir.
NUTQNING IFODALILIGI Nutqning bu xususiyati uning ta’sirchanligi va samaradorligini oshiruvchi vositadir. Bunda nutqqa ifodalilik va obrazlilik baxsh etuvchi turli tasviriy vositalar (o’xshatish, epitet, metonimiya, metafora, sinekdoxa, allegoriya) bilan birgalikda kontekstual nutqiy vositalar (nutqning tovush tomonidan muvofiqligi, ifodali intonatsiya, nuttqni dialoglashtirish va intimlashtirish, psixologik pauza) kabilarga e’tibor qaratiladi.
NUTQNING MANTIQIYLIGI • Nutq mantiqiyligining asosiy sharti – bu leksik-semantic va sintaktik normaga amal qilishdir. So’z tartibiga amal qilish ham muhim. Xullas, yaxlit bir tizimda, fikriy izchillikd tuzilgan nutqni mantiqiy nutq deb atash mumkin.