Navoiy shahar 12 davlat ixtisoslashtirilgan umumtalim maktabi ona
Navoiy shahar 12 - davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi XOLIQOVA SURAYYO ASLONOVNAning ona tili fanidan “So`z - gaplar” mavzudagi dars
Sana: 03. 02. 2016 Sinf: 8 - “B” sinf Mavzu: So`z – gaplar
Darsning maqsadi: o o o Ta’limiy maqsad - o`quvchilarni atov gaplar yuzasidan o`zlashtirgan tushunchalarni mustahkamlash. So`z - gaplar haqida nazariy hamda amaliy bilim berish; Tarbiyaviy maqsad - o`quvchilarni milliylik ruhida, inson va tabiatni qadrlaydigan komil insonlar etib tarbiyalash; Rivojlantiruvchi - o`quvchilarni diologik matn yaratish ko`nikmalarini rivojlantirish.
Darsning texnologik xaritasi: o o o Tashkiliy qism: O`tilgan mavzuni takrorlash: Yangi mavzu bayoni: Yangi mavzuni mustahkamlash: O`quvchilarni baholash: Uyga vazifa: 3 daqiqa 7 daqiqa 18 daqiqa 7 daqiqa 3 daqiqa 2 daqiqa
DARSNING OLTIN QOIDASI O`zaro fikr almashish Do`stona munosabatd a bo`lish Ijodkorlik Izlanuvchanlik
Dars turi Dars metodi “Uzilmas zanjir” Yangi tushuncha, usuli, bilimlarni o`z- o`zini shakllantiruvchi baholash, “Bingo” usuli Dars jihozi Darslik, tarqatma materiallar, texnika vositalari (kompyuter, proyektor va ekran), rangli rasmlar, mavzuga oid ko`rgazmali vositalar
I. Tashkiliy qism: PISIXOLOGIK MUHIT YARATISH “Men faxrlanaman…” usuli orqali psixologik muhit yaratiladi. Masalan: Men faxrlanaman - kasbim bilan. Chunki shogirdlar kamolini ko`rish oliy baxt.
O`Z - O`ZINI BAHOLASH USULI: Bonus Yangi mavzuni mustahkamlash Yangi mavzu yuzasidan O`tilgan mavzu yuzasidan
II. O`TILGAN MAVZUNI MUSTAHKAMLASH: “Uzilmas zanjir” usuli orqali o`tilgan mavzu mustahkamlab olinadi. Bunda har bir o`quvchi o`tilgan atov gaplar mavzusi yuzasidan 3 tadan ma’lumot aytishadi. Ma’lumot to`liq bo`lsa, bonuslarga ega bo`lishadi. - Uyga vazifaning tahlili
: H S I L I Q A T S MU O'quvchulardan atov gapga 2 ta misol yozish, ulardan nutqda nima maqsadda foydalanishni tushuntirishlari so'raladi. N a m u n a: 1. Sinf. Did bilan jihozlangan. 2. Gulzor. Kuzning tutfa gullari ko 'zni quvontiradi. Uyga berilgan vazifa ijrosini tekshirish bilan o'quvchilarning atov gaplar yuzasidan o'zlashtirgan bilimlari yana bir bor sinaladi. Har bir to`g`ri bajarilgan topshiriq uchun baholash kartochkalarini olib borishadi.
III. YANGI MAVZU BAYONI: Bir so'zdan iborat bo'lib, tarkibga ajralmaydigan, boshqa so'zlar bilan kengaya olish imkoniyatiga deyarli ega bo'lmagan gaplar so'z-gaplar deyiladi. Ular tasdiq, inkor, so'roq, taajjub, his-hayajon kabilarni ifoda etib, matn bilan bog'liq bo'ladi. So'z-gaplar modal va his-hayajon munosabatlarni ifoda etgani uchun ham ko’proq dialogik va ba'zan monologik nutqqa xosdir. Masalan: — Endi so'zingizdan aynamang, xo'pmi? — Mayli, — dedi Fazliddin. (O. ) — Yo'q, — dedi Otabek, lekin uning taajjubi uy egasiga ochiq ko`rinib turar edi. (A. Qod. ) Yo'lchi eshikchani ochib kirdi: - Assalomu alaykum, hormang, ota! (O. )
So`z – gaplar quyidagi turlarga bo`linadi: o modal so`z – gaplar qat’iy ishonch, taxmin, gumon ma’nolarni ifodalab keladigan gaplar. Masalan: Bugun kelasizmi? – Albatta. o undov so`z – gaplar his – tuyg`u va haydash – chaqirish yoki javob ma’nolarini ifodalaydigan gaplar. Masalan: Oh, - dediyu, sekin devorga suyanib qoldi. o tasdiq so`z – gaplarga ha, mayli, xo`sh, xo`p, bo`ladi so`zlari kiradi. Masalan: Ertaga bozor borasizmi? – Ha. o inkor so`z – gaplarga yo`q, mutlaqo, aslo, sira, aksincha so`zlari kiradi. Masalan: Siz do`stingiz bilan janjallashasizmi? – Aslo. o taklif so`z – gaplar tinglovchiga qararib, biror ish – harakatni bajarishga undaydigan gaplar. Bularga ma, mang, qani, marhamat kabi so`zlar kiradi. Yozuvda so`z – gaplarning oxiriga nuqta, undov belgisi va ba’zan ko`p nuqta qo`yilishi mumkin.
Unutmang! Ha, yo`q, mayli so`zlaridan keyin vergul qo`yilib, keyin gap bo`lagi qo`llansa, bu so`zlar so`z – gaplar emas, kirish so`zlar hisoblanadi. Masalan: Kecha maktabga bordingmi? – Ha, bordim
T/r Turlari Ma’nosi Misollar 1 Modal so`z – gaplar qat’iy ishonch, taxmin, gumon Albatta, so`zsiz, shubhasiz. 2 Undov so`z – gaplar his – tuyg`u va haydash – chaqirish Oh, ura, ajabo, obbo 3 Tasdiq so`z – gaplar Tasdiqlash ma’nosini Ha, mayli, bo`ladi 4 Inkor so`z – gaplar Inkor etish ma’nosini Yo`q, mutlaqo, aksincha 5 Taklif so`z – gaplar Taklif ma’nosini Ma, mang, qani, marhamat xo`sh, aslo, xo`p, sira,
Ofarin, tashakkur, rahmat, barakalla, salom, marhamat, uzr kabi so`zlar minnatdorchilik, salomlashish, kechirim so`rash, iltimos kabi ma’nolarni ifodalaydigan gaplar ham so`z – gaplar hisoblanadi. Yo'lchi eshikchani ochib kirdi: - Assalomu alaykum, hormang, ota!
Kishilar o`rtasidagi oddiy muomalada tez – tez ishlatib turiladigan so`z yoki iboralar so`z – gaplar vazifasida qo`llanadigan bo`lib qolgan. Bular: assalomu alaykum, yoqimli ishtaha, salomat bo`ling, qulluq, osh bo`lsin, yaxshi boring, xush ko`rdik, labbay, bajonidil kabilar. Bugun oilaviy sayohatga jo`nab ketayapmiz. - Yaxshi boring!
Mashqlar ustida ishlash: 163 - mashq. Berilgan nutq parchasidagi ajratilgan so'z-gaplarning ma'no turlarini aniqlab yozib chiqing. — Sog'lig'ingiz yaxshimi? — Rahmat. Tuzukman. — Ertalab uchrashamiz-da. . . — Albatta. Bekatda. Soat 8 da. — Qabulga birga kiramizmi? — Yo'q. Avval Siz kiring. — Bo'pti. Ma'qul. — Oh-o! Savollaringiz tugamaydi-ku. Mayli, marhamat.
164 - mashq. O'qing. So'z-gaplarning ifodalayotgan ma'nosini tushtirib bering. Mashq o`gzaki tarzda bajariladi. 1. — Mashinachingiz menga yoqmadi, kaketkani o'xshatolmas ekan. Boshqasini topamiz. — Xo'p. (H. G'. ) 2. — Teshavoy, soybo'yida kutib turmoqchimisiz? — Ha. (H. G'. ) 3. — Yuqoridan biron nima olib kelishlarini aytdim. — Rahmat. Odamlarni chaqirtirdingizmi?
165 - mashq. Ha, xo'sh, bajonidil, rost, yo'q, mayli so'zlarini qo'llab dialogik matn tuzish topshirig'i beriladi. N a m u n a: — Nodira, darsdan keyin kutubxonada shug'ullanamizmi? —Ha. — Xo'sh, qanday kitoblar o'qiymiz? —Albatta, tarixga oid kitoblarda. — Bo`pti, unda. — Marhamat qilib, shu kitobni do'stimga berib qo'ysangiz. —Bajonidil!
Savollar: 1. Minnatdorchilik ma’nosini ifodalaydigan so`z – gap qaysi? 2. Taklif so`z – gapni toping! 3. Kengayishi juda qiyin va o`ta chegaralangan so`zlar. . . ? 4. So`z – gaplar qanday nutqqa xos? 5. Takror holda qo`llangan so`z – gaplarni toping. 6. Ular turli xildagi sodda va murakkab aniqlovchilar bilan kengaya oladi?
SO`Z – GAPLAR (3) YO`Q – YO`Q (5) TASHAKKUR ATOV GAPLAR (6) (1) DIOLOGIK VA MONOLOGIK (4) MARHAMAT (2)
TEST TOPSHIRIQLARI: 1. Qanday gaplarning kengayishi qiyin va o`ta chegaralangan? A) atov gaplar B) so`z – gaplar S) to`liqsiz gaplar D) shaxssiz gap 2. Oddiy muomalada tez – tez ishlatib turiladigan assalomu alaykum, yoqimli ishtaha, salomat bo`ling, labbay, bajonidil kabi bir so`z yoki iboralar qanday gap vazifasida kela oladi? A) shaxssiz gap B) atov gap S) to`liqsiz gap D) so`z – gap 3. Qaysi hukm noto`g`ri? A) So`z – gaplar turli xildagi sodda va murakkab aniqlovchilar bilan bemalol kengayadi. B) Ba’zan so`z – gaplar takrorlanib qo`llanadi. S) So`z – gaplarning oxiriga nuqta, undov, ba’zan ko`p nuqta qo`yiladi. D) So`z – gaplarning kengayishi juda qiyin va o`ta chegaralangan. 4. – Sog`lingingiz yaxshimi? – Raxmat, tuzukman. Gap haqidagi fikr to`g`ri berilgan qatorni aniqlang! A) atov gap B) so`z – gap S) to`liqsiz gap D) to`liq gap 5. Ha, yo`q, mayli so`zlaridan keyin vergul qo`yilib, gap bo`lagi qo`llansa. . . ? A) atov gap hisoblanadi B) so`z – gap hisoblanadi S) to`liqsiz gap hisoblanadi D) kirish so`z hisoblanadi
Savol 1 2 3 4 5 Javob B D A B D
V. O`quvchilarni baholash: “O`z – o`zini baholash” usulining natijaviyligini tahlil qilish.
VI. UYGA VAZIFA: 76 - bet, 166 -mashq Mashq shartiga ko`ra oila a’zolarining suhbat nutqini kuztib, so`z – gaplar ko`proq ishlatilgan bir parchani yozib keling.
- Slides: 27