Mikroogitlarning ahamiyati va ishlatilishi REJA 1 Mikro ogitlarning








- Slides: 8

Mikroo’g’itlarning ahamiyati va ishlatilishi REJA: 1. Mikro o`g`itlarning turlari 2. Borli o’g’itlar 3. Molibdenli o’g’itlar 4. Misli va marganetsli o’g’itlar 5. O’g’itlarni saqlash, tashish va ishlatish

Mikroo`g`itlar • Tarkibida mikroelementlar tutadigan va o`simliklarning me`yorida o`sib-rivojlanishi uchun kam miqdorda ishlatiladigan moddalarga mikroo`g`itlar deyiladi. • Tadqiqotlarning ko`rsatishicha, o`simliklar tarkibida mikroelementlar miqdori 0, 00001 – 0, 01 % ni tashkil qiladi. Shu davrgacha mikroo`g`itlardan bo`r, marganes, mis, molibden, rux va kobalt yaxshi o`rganilgan

• Mikro o’g’itlarning o’simliklar uchun ahamiyati shundaki, ular moddalar almashinuvidagi ko`pchilik muhim jarayonlarda ishtirok etadi, ularning ko`pchiligi (Bi, Mo, Co, Zn, B, S) biokimyoviy reaktsiyalarni jadallashtiruvchi turli xil fermentlar tarkibiga kiradi, ba’zilar (Mn, Ca, Fe) o’simliklar hujayralardagi oksidlanish qaytarish jarayonlarida ishtirok etadi.

Borli o’g’itlar • Borli o’g’itlar o’simliklar hosil etishtirish uchun 1 ga yerdan 20 gacha bor iste’mol qiladi. Dondi ekinlar javdar bug`doy suli, arpa, tariq tuproqdan borni kamroq oladi kungaboqar, kartoshka zigir, beda, hantal, va ba’zi sabzavot ekinlarni borni ancha ko`p istemol qiladi va uning yetishshmasligi bu ekinlardan ko`proq bilinadi, o’simliklarnig poyalariga qaraganda barglarda bor ko`proq bo`ladi, ayniqsa, gullari borga boy bo`ladi.

Molibdenli o’g’itlar • Molibdenli o’g’itlar o’simliklardagi molibden miqdori urug moddasiga nisbatan hisoblanadi. Uruglarda dukkali o’simliklar urugida ko`p bo`ladi. Dukkakli ekinlarning tuganaklari molibdenga ayniqsa, boy molibden tuganak bakteriyalar va erkin yashovchi bakteriyalar tomonidan havo azotning fiksatsiya qilinishda muhim rol o`ynaydi.

Misli o’g’itlar. • Misning qishloq xo’jaligi ekinlari bilan birga olib chiqib ketilishi gektarga o`nlab gramlar bilan o`lchanadi. U o’simlikdagi uglevod va oqsil almashinuvida va barglarda xlorofill hosil bo`lishda katta ahamiyatga ega. • Mis yetishmaganda barglarning xlorofil hosil qilishi izdan chiqadi. Donli ekin larda mis yetishmasligi o`ziga xos kasallikni keltirib chiqaradi. O’simlik och yasxil bo’lib qoladi, tez shohlab ketadi. Barglarning uchi oqaradi, doni puch bo`ladi, hosili keskin kamayib ketadi. Mis juda yetishmaganida umuman boshoq hosil qilmaydi, O’simlik poyasi asta - sekin qurib qoladi.

Marganetsli o’g’it Turli ekinlar hosili bilan birga olib chiqib ketadigan marganets miqdori 1 ga yerdan 0, 1 dan 0, 7 kg gacha bo`ladi. Marganets yetishmaganida oksidlanishqaytarilish jarayonlarning intensivligi va o’simliklarda organik moddalarning sintezi kamayadi. • Marganetsli o’g’itlar: marganets sulfat (20% Mn) marganetslangan donador superfosfat (1 -2% Mn).

Ruxli o’g’itlar. • Ruxning ekinlar bilan birga olib chiqib ketiladigan miqdori 0, 07 kg dan (karam)1, 5 (kartoshka) va 22 kg gacha (qandlavlagi) bo`ladi. Rux yetishmaganda o’simliklarda auksinlar hosil bo`lishi buziladi. Bu esa ularning o`sishi sekinlashuviga sabab bo`ladi. • Ruxli o’g’itlar, rux sulfat (Zn. SO 4∙ 7 H 2 O) (21 -28% Zn) sanoat chiqindisi shlaglar (2 -7 % Zn) dir.