Mavzu Turlar ozgarmaslar ozgaruvchilar standart funksiyalar Bajardi Xolboyev
Mavzu: Turlar, o‘zgarmaslar, o‘zgaruvchilar, standart funksiyalar Bajardi: Xolboyev O’. N.
Delphi da ma’lumotlar turlari standart va dasturchi tomonidan tuziladigan turlarga bo‘linadi. Standart turlar butun, haqiqiy, belgili, qatorli, mantiqiy turlarga bo‘linadi. Bundan tashqari ko‘rsatkichli, variant, sanoqli, sana va vaqt kabi standart turlar ham mavjud.
Butun turlar butun sonlarni tasvirlashda ishlatiladi. Butun turlar va ularning qiymatlar sohasi quyidagicha: Tur Qiymatlar sohasi Integer Cardinal -2147483648. . 2147483647 0. . 4294967295 Shortint Smallint -128. . 127 -32768. . 32767 Logint Int 64 Byte Word Longword -2147483648. . 2147483647 -263. . 263 -1 0. . 255 0. . 65535 0. . 4294967295
Haqiqiy turlar haqiqiy sonlarni ifodalashda ishlatiladi. Haqiqiy turlar va ularning qiymatlar sohasi quyidagicha: Tur Qiymatlar sohasi Real 5. 0*10 -324. . 1. 7*10308 Real 48 2. 9*10 -39. . 1. 7*1038 Single 1. 5*10 -45. . 3. 4*1038 Double 5. 0*10 -324. . 1. 7*1038 Extended 3. 6*10 -4951. . 1. 1*104932 Comp -263+1. . 263+1 Currency -922337203685477. 5808. . 922337203685477. 5807
Belgili turlar Delphi alfavitidagi ixtiyoriy bitta simvolni saqlashga mo‘ljallangan va udarning qiymatlari bittalik qo‘shtirnoq (apostrof) ichiga olib yoziladi. Belgili turlarning ANSIChar, Wide. Char, Char turlari mavjud. Belgilar ASCII yoki ANSI kodlash tizimiga ko‘ra o‘z tartib raqamlariga ega. Qatorli turlar ham belgili turlar kabi ixtiyoriy simvollarni saqlaydi va ularning qiymatlari String turiga tegishli bo‘ladi. Ammo bunda simvollar soni bittadan ortiq bo‘lishi mumkin. Ularning qiymatlari ham apostrof ichiga olib yoziladi. Mantiqiy turlar ikkitagina qiymatni qabul qilishi mumkin: true (rost) va false (yolg‘on). Mantiqiy turlarning Boolean, Byte. Bool, Word. Bool, Long. Bool turlaridan asosan Boolean turi qo‘llaniladi.
Dasturlash jarayonida qiymati o‘zgarmaydigan kattaliklar o‘zgarmaslar deyiladi. O‘zgarmaslar ixtiyoriy turdagi ma’lumotlarni qabul qilishi mumkin. Ular Const ximatchi so‘zi bilan boshlanib, o‘zgarmaslar qiymatlari bilan beriladi. Masalan, const n=6; m=-5. 7; mk=’Informatika’; b=4*n-trunc(m); Dastur ishlashi mobaynida qiymatlari o‘zgarishi mumkin bo‘lgan kattaliklar o‘zgaruvchilar deyiladi va ular dasturda Var so‘zi bilan e’lon qilinadi. Masalan, var n: integer; b: real; a 1: string; t: boolean; . Agar bir nechta o‘zgaruvchilar bir turga mansub bo‘lsa, ularni birgalikda e’lon qilish ham mumkin. Masalan, var m, n: integer; .
Ko‘p ishlatiladigan ba’zi boshqa standart funksiyalar va protseduralar: Ord(a) – a simvolning kodlash tizimidagi tartib nomerini hosil qiladi; Chr(i) – i tartib nomerli simvolni hosil qiladi; Int. To. Str (k) – k butun sonni qatorli turga aylantiradi; Str. To. Int(t) –qatorli turdagi butun sonni butun turga aylantiradi; Float. To. Str(x) - x haqiqiy sonni qatorli turga aylantiradi; Str. To. Float(t) –qatorli turdagi haqiqiy sonni haqiqiy turga aylantiradi; Succ(t) – sanoqli turdagi t dan oldingi pozitsiyada turgan qiymatni aniqlaydi; Pred(t) – sanoqli turdagi t dan keyingi pozitsiyada turgan qiymatni aniqlaydi.
Delphi da ifodalarni hisoblashlarda quyidagi amal belgilaridan foydalaniladi. Amallar @, not Ustunlik darajasi 1 *, /, div, mod, and, shl, shr, as 2 +, -, or, xor 3 =, <>, < , >, <=, >=, in, is 4
- Slides: 9