Mavzu Soz birikmasining tasniflanishi REJA 1 Soz birikmasi
Mavzu: So’z birikmasining tasniflanishi
REJA: 1. So’z birikmasi haqida umumiy ma’lumot. 2. So’z birikmalarining hokim va tobe so’zning bog’lanish usuliga ko’ra turlari. 3. So’z birikmalarining hokim so’zning qaysi so’z turkumiga mansubligiga ko’ra turlari. 4. So’z birikmalarining tobe so’zning sintaktik vazifasiga ko’ra turlari. 5. So’z birikmalarining tuzilishiga ko’ra turlari.
Izoh № Ha Yo ’q 1 So’zlarni tilning ma’lum qoidalari asosida bir –biriga bog’lamasdan so’z birikmasi va gap hosil qilish sintaktik hodisami? 2 Teng bog’lanish sanash ohangi yordamida, teng bog’lovchilar yordamida, bog’lovchi vazifasidagi yuklamalar yordamida ifodalash mumkin 3 Har qanday gapning asosini ega tashkil qiladi. 4 Kuz… Bog’larda mevalar qiyg’os pishgan. Jumlada ikkita so’z birikmasi qatnashgan. 5 O’zaro teng bog’langan bo’laklar bir xil gap bo’lagi vazifasida keladi “Ha-yo’q” texnologiyasi
Soʻz birikmasi Ikki yoki undan ortiq mustaqil soʻzning ma’no va grammatik jihatdan (tobe bog’lanish asosida birikishi natijasida hosil boʻlgan bog’lama so’z birikmasi deyiladi. Masalan: Men har tong Toshkentning go’zalligi, fayzi bilan zavqlanaman.
Frazeologik iboralar so‘z kabi til birligi bo‘lib, so‘z kabi tayyor holda qo‘llanib, bir butun holda lug‘aviy ma’no ifodalaydi va gapda bitta gap bo‘lagi vazifasini bajaradi. So‘z birikmasi esa nutq birligi bo‘lib, nutq so‘zlanib turgan paytda tuziladi va tarkibidagi qismlar, a’zolar boshqa gap bo‘lagi vazifasini bajaradi. So’z birikmasining freozologik iboralardan farqi
Qiyoslang v. Boshi osmonga yetdi v. Qiziqarli hikoya v. Ko’z tikdi v kamolot sari intildi
So’z birikmasining gapdan farqi • So’z birikmasi tushuncha ifodalab, nominative (atash, nomlash) vazifasini bajaradi. So’z brikmasi • Gap fikr bildirib, kommunikativ(aloqa qilish) va kognitiv (fikr almashish) vazifalarni bajaradi Gap
So’z birikmasi o’zaro teng bog’langan so’zlardan ham farq qiladi. Masalan: Maqsad va marom insonning eng buyuk quvvatidir.
Boshqaruv Bitishuv Moslashuv So’z birikmalarining hokim va tobe so’zning bog’lanish usuliga ko’ra turlari
Tobe so`zning hokim so`zga tushum, jo`nalish, o`rin-payt va chiqish kelishigidagi qo`shimchalari yoki ko`makchilar yordamida bog`lanishi boshqaruv deyiladi. Masalan: do`stlarni hurmat qilmoq g`alaba uchun kurashmoq, sharoitga ko`ra yondashmoq
So`z birikmalari tarkibidagi tobe va hokim so`zning hech qanday qo`shimchasiz, faqat ohang va ma’nosiga ko`ra bog`lanishi bitishuv deyiladi. Masalan: tez termoq, chiroyli gapirmoq, Sinalgan odam, quvonib aytmoq
Tobe so`zning hokim so`zga qaratqich kelishigi qo`shimchasi, hokim so`zning esa tobe so`zga egalik qo`shimchalari yordamida bog`lanishi moslashuv deyiladi. Masalan: kitobning muqovasi; xonalarning kattarog`i; bolalarning quvonchi; ularning vazifasi.
Hokim so’zning qaysi so’z turkumidan ekanligiga ko’ra: Otli birikma Sifatli birikma Ravishli birikma Fe’lli birikma Modal birikma
Otli birikma. Bunday birikmaning hokim so‘zi vazifasida ot, otlashgan so‘zlar keladi va u quyidagi ko‘rinishlarga ega bo‘ladi: Hokim qism vazifasida ot keladi: g‘ayratli odam, samimiy inson, ezgu niyatli kishi. Hokim qism sifatida olmosh keladi: bolaning o‘zi, Karimaning o‘zi.
Hokim so‘z sifatida otlashgan sifat keladi: kishilardan eng mardi, qizlarning sarasi. Hokim qism vazifasida otlashgan olmosh keladi: tilaklarning barchasi, kutib oluvchilarning hammasi. Hokim so‘z vazifasida otlashgan sifatdosh keladi: onamlarning aytganlari, bolalarning o‘qiyotgani.
Hokim so‘z sifatida otlashgan undov so‘z keladi: ularning dodvoyi, bolalarning urasi. Hokim qism vazifasida otlashgan son keladi: talabalarning beshtasi, o‘quvchilardan biri.
Fe’lli birikma Bunday birikmaning hokim qismi fe’l bilan ifodalanadi: tez ishlamoq, oldinda yurmoq, diqqat bilan tinglamoq, kulib gapirmoq. Fe’lli birikmaning qismlari o‘zaro bitishuv va boshqaruv yo‘li bilan bog‘lanadi. Fe’lli so‘z birikmasi so‘z shakl bilan so‘zning (leksemaning) o‘zaro bog‘lanishidan yuzaga keladi.
r Sifatli birikma. otlashmagan sifat bilan ifodalanadi, birikmaning qismlari boshqaruv yo‘li bilan sintaktik munosabatga kirishadi: Akasidan kuchli, singlisidan ziyrakroq.
Ravishli birikma. Bunday birikmaning hokim so‘zi otlashmagan ravish bilan ifodalanadi. Ravishliso‘z birikmalaridatobe va hokim qismlar o‘zaro boshqaruvyo‘li bilan bog‘lanadi: raketadan tez, toshbaqadan sekin.
Modal so‘zli birikma. • Bunda modal so‘z birikmaning hokim so‘zi sifatida keladi. Birikma boshqaruv yo‘li bilan tuziladi: • bizga kerak, o‘quvchilarda bor.
to‘ldiruvchili birikma aniqlovchili birikma holli birikma Tobe qismning sintaktik vazifasiga ko‘ra, quyidagi turlarga bo‘linadi:
Aniqlovchili birikma Bunday birikmalarning tobe qismi aniqlovchining barcha turlari vazifasini bajaradi. Shungako‘raularni quyidagilarga ajratish mumkin:
sifatlovchili birikma; qaratuvchili birikma; izohlovchili birikmalar
• Masalan: yozma ish, ilmiy maqola, beshta kitob, allaqanday ovozlar – sifatlovchili birikma; • iqtisodiyotning taraqqiyoti, maktab hovlisi qaratuvchili birikma; • O‘qituvchi Salimova, professor Qodirov izohlovchili birikma. Aniqlovchili birikma bitishuv va boshqaruv yo‘li bilan tuziladi
To‘ldiruvchili birikma vazifasini bajaradigan so‘z birikmasi to‘ldiruvchili birikma deb yuritiladi.
• Bunda qismlar o‘zaro boshqaruv yo‘li bilan birikadi. • Masalan: yoshlarga nasihat qilmoq, odamlarni qadrlamoq, talabalar uchun darslik, ilm-fan haqida so‘zlamoq.
Holli birikma Bu xil so‘z birikmalarining tobe qismi hol vazifasini bajaradi. Holli birikmaning tobe va hokim qismlari o‘zaro bitishuv yoki boshqaruv yo‘li bilan bog‘lanadi: yangicha fikrlamoq, birga ishlamoq, maktabdan qaytmoq, erta boshlamoq.
Tuzilishiga ko’ra turlari: • Sodda so’z birikmalari • Murakkab so’z birikmalari
Sodda so‘z birikmasi So‘zshakl bilan so‘z (leksema)ning yoki ikki so‘zshaklning bog‘lanmasi oddiy so‘z birikmasi hisoblanadi: keng dala, tekisroq yo‘l, tinchlikka da’vat qilmoq, davlatlarning hamdo‘stligi, maktab hovlisi.
Biror qismi frazeologik ibora yoki murakkab tushunchani bildiradigan turg‘un birikma bilan ifodalanadigan so‘z birikmasi ham oddiy so‘z birikmasiga mansub bo‘ladi. Masalan: yulduzni benarvon uradigan odam, Fanlar akademiyasi institutlari kabi.
Murakkab so’z birikmasi Bunda birikmaning qismlaridan biri yoki har ikkisi so‘z birikmasi bilan ifoda etiladi. Masalan, mehnat qilishni sevadigan odam, odamlarga xayrixoh bo‘lgan kishi kabi so‘z birikmalarining tobe qismi ( «mehnat qilishni sevadigan» , «odamlarga xayrixoh bo‘lgan» ) so‘z birikmasi shaklida qo‘llanib, hokim so‘zga bitishuv yo‘li bilan bog‘langan.
So‘z birikmasi tahlili 1. Gapdagi so‘z birikmalari aniqlanadi. 2. Bosh va ergash so‘zlar aniqlanadi. 3. Hokim va tobe so‘zlarni bog‘lovchi vosita (kelishik qo‘shimchasi, ko‘makchi yoki ohang) aniqlanadi. 4. So‘z birikmasining bosh so‘z turkumi bo‘yicha turi aniqlanadi. 5. So‘z birikmasidagi ergash so‘zning vazifasi bo‘yicha turi aniqlanadi. 6. So‘z birikmasining tuzilish turi aniqlanadi
Topshiriq. Berilgan so’z birikmalarini guruhlab, jadvalga joylashtiring Yaxshi niyat, tez yordam, bizga kerak, tog’ri gapirmoq, so’z birikmasi, chiroyli qiz, aqlli bola, yangicha fikrlash, topshiriqni bajardi, o’qdan tez, sutday oq, o’quvchilarning faoli, menda yo’q Otli birikma Fe’lli birikma Sifatli birikma Ravishli birikma Modal so’zli birikma
Topshiriq javobi: Otli birikma Yaxshi niyat, tez yordam, so’z birikmasi, chiroyli qiz, aqlli bola, Fe’lli birikma tog’ri gapirmoq, yangicha fikrlash, topshiriqni bajardi, Sifatli Ravishli birikma sutday oq, o’qdan o’quvchi- tez, larning faoli, Modal so’zli birikma Bizga kerak, menda yo’q
Uyga vazifa 1. “Ona tilidan mashqlar to’plami” dan mavzuga doir mashqlarni bajarish; 2. Mavzuga doir nostandart test tuzish; 3. Badiiy asardan ikkita gap yozish va so’z birikmasi tahlilini bajarish.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
- Slides: 36