Mavzu Ravishlarda daraja ravishlarning yasalishi otlashishi tuzilish turlari

  • Slides: 20
Download presentation
Mavzu: Ravishlarda daraja, ravishlarning yasalishi, otlashishi tuzilish turlari.

Mavzu: Ravishlarda daraja, ravishlarning yasalishi, otlashishi tuzilish turlari.

RAVISHLARDA DARAJA, RAVISHLARNING YASALISHI, OTLASHISHI, TUZILISH TURLARI Reja: 1. Ravishlardagi daraja kategoriyasi ma’lumot. 2.

RAVISHLARDA DARAJA, RAVISHLARNING YASALISHI, OTLASHISHI, TUZILISH TURLARI Reja: 1. Ravishlardagi daraja kategoriyasi ma’lumot. 2. Ravishlardagi daraja turlari: a)bosh daraja; b) qiyosiy daraja; d) orttirma daraja; e) kuchaytirma daraja. 3. Ravishlarnng otlashishi. 4. Ravishlarning yasalishi. 5. Ravishlarnng tuzilish turlari. haqida umumiy

RAVISHLARDAGI DARAJA KATEGORIYASI Ish-harakat belgisining boshqa shunday belgiga nisbatan ortiq -kamligining ifodalanishi ravish darajasi

RAVISHLARDAGI DARAJA KATEGORIYASI Ish-harakat belgisining boshqa shunday belgiga nisbatan ortiq -kamligining ifodalanishi ravish darajasi hisoblanadi: Turna ovozi unga juda ko'p narsalarni eslatib ketgan edi.

DIQQAT!!! Barcha ravishlar ham daraja ko`rsata olmaydi. Ravishlarning daraja ko`rsata olish-olmasligi quyidagicha aniqlanadi: -

DIQQAT!!! Barcha ravishlar ham daraja ko`rsata olmaydi. Ravishlarning daraja ko`rsata olish-olmasligi quyidagicha aniqlanadi: - - roq qo`shimchasi qo`shila oladigan ravishlar daraja ko`rsata oladigan ravishlardir: - tez+roq = !!! (daraja ko`rsatadi); - bugun+ roq = ? ? (daraja ko`rsatmaydi);

RAVISHLARDAGI DARAJA TURLARI BOSH DARAJA QIYOSIY DARAJA ORTTIRMA DARAJA KUCHAYTIRMA DARAJA

RAVISHLARDAGI DARAJA TURLARI BOSH DARAJA QIYOSIY DARAJA ORTTIRMA DARAJA KUCHAYTIRMA DARAJA

BOSH DARAJA Bu darajadagi ravishlar ifodalagan belgi me’yordagiday bo`ladi va boshqa belgiga qiyoslanmaydi. Bu

BOSH DARAJA Bu darajadagi ravishlar ifodalagan belgi me’yordagiday bo`ladi va boshqa belgiga qiyoslanmaydi. Bu darajaning maxsus qo`shimchasi mavjud emas: 1. Jannat xola ko'p o'yladi. 2. Keyin darmonsizlanib yana yonboshiga yiqildi. 3. Hammaning boshi quyi egilgan.

QIYOSIY DARAJA Bu darajadagi ravishlar bir harakat belgisini boshqa harakatga xos bo`lgan xuddi shunday

QIYOSIY DARAJA Bu darajadagi ravishlar bir harakat belgisini boshqa harakatga xos bo`lgan xuddi shunday belgiga qiyoslab, solishtirib ifodalaydi. Ko`pincha ravish asosga – roq qo`shimchasini qo`shish orqali yasaladi: O'tib ketdi-yu, nariroqqa borib u ham to'xtadi. Ba’zan qiyosiy darajadagi ravishdan oldin sal, yana, tobora kabi ravishlar keladi. Sal burunroq o‘tkazilsa, ancha bo‘y bergan bo‘ladi (Sh. Rashidov).

ORTTIRMA DARAJA Bu darajadagi ravishlar ishharakat belgisining me’yordan ortiq ekanligini ifodalaydi: 1) U shu

ORTTIRMA DARAJA Bu darajadagi ravishlar ishharakat belgisining me’yordan ortiq ekanligini ifodalaydi: 1) U shu bir oyoqlab turgancha juda oz fursat ichida ko'p narsalarni o'yladi. 2) Juda uzoqlardan, ko'p qiyinchiliklar ko'rib kelgan bo'lsa kerak.

KUCHAYTIRMA DARAJA Bu darajadagi ravishlar ish-harakat belgisining me’yordan o`ta ortiq ekanligini bildiradi va so`zlarni

KUCHAYTIRMA DARAJA Bu darajadagi ravishlar ish-harakat belgisining me’yordan o`ta ortiq ekanligini bildiradi va so`zlarni takrorlash orqali hosil qilinadi: Juda-juda charchadi. Kuppakunduzi kеlishdi.

Ravishlarning otlashuvi Ravishlar ham otlarga xos so‘roqlarga javob bo‘lib otlashadi. Bunda ular ko‘plik, kеlishik,

Ravishlarning otlashuvi Ravishlar ham otlarga xos so‘roqlarga javob bo‘lib otlashadi. Bunda ular ko‘plik, kеlishik, egalik qo‘shimchalarini oladi: Ko‘pdan quyon qochib qutulmas. Ko‘pi kеtib, ozi qoldi.

topshiriq OTLASHISHNING TO`RTTA BELGISINI AYTING.

topshiriq OTLASHISHNING TO`RTTA BELGISINI AYTING.

Ravishlarning yasalish usullari AFFIKSATSIYA USULI SEMANTIK USUL KOMPOZITSIYA USULI TAKRORLASH USULI

Ravishlarning yasalish usullari AFFIKSATSIYA USULI SEMANTIK USUL KOMPOZITSIYA USULI TAKRORLASH USULI

affiksatsiya usuli -cha: qisqacha, o‘zbеkcha, o‘zicha, buguncha, istagancha, -larcha: qardoshlarcha, o‘rtoqlarcha -chasiga: yangichasiga, toshkеntchasiga,

affiksatsiya usuli -cha: qisqacha, o‘zbеkcha, o‘zicha, buguncha, istagancha, -larcha: qardoshlarcha, o‘rtoqlarcha -chasiga: yangichasiga, toshkеntchasiga, dеhqonchasiga. -(s)iga: tikkasiga, yalpisiga, baravariga, birdaniga. -ligicha: xomligicha, tirikligicha, butunligicha, ho‘lligicha. -lab: ertalab, ko‘plab. -ona: do‘stona, fidokorona, g‘olibona. -an: umuman, taxminan, majburan, asosan, rasman. -gacha: kеchgacha, tushgacha.

affiksatsiya usuli(davomi) -simon: erkalangansimon, uyalgansimon, hazilsimon. -namo uyalgannamo, oliftanamo. : -lay(in): butunlay, tiriklayin. -incha,

affiksatsiya usuli(davomi) -simon: erkalangansimon, uyalgansimon, hazilsimon. -namo uyalgannamo, oliftanamo. : -lay(in): butunlay, tiriklayin. -incha, -iqcha: -siz, bе-: to‘xtovsiz, bеixtiyor -chang: -in: -omuz: -aki: ko‘pincha, aksincha, yashiriqcha. ko‘ylakchang, kavushchang oldin shikoyatomuz, kinoyaomuz yodaki, og‘zaki

kompozitsiya usuli 1) qo‘shma ravishlar: a) ajratib yoziladi: u yoqqa, bu yoqqa, u yеrga,

kompozitsiya usuli 1) qo‘shma ravishlar: a) ajratib yoziladi: u yoqqa, bu yoqqa, u yеrga, shu yеrda, o‘sha yеrda, har vaqt, har zamon, har qachon, hеch vaqt, hamma vbiryaqt, bir zum, bir nеcha, hеch yo qqa va b. b) qo`shib yoziladi: biryo‘la, birmuncha, birvarakayiga, birpas, ozmuncha, birato‘la , biroz, allaqachon, allavaqt.

kompozitsiya usuli(davomi) 2) juft ravishlar tarkiban quyidagicha yasaladi: a) bir-biriga yaqin ma’noli so‘zlardan: eson-omon,

kompozitsiya usuli(davomi) 2) juft ravishlar tarkiban quyidagicha yasaladi: a) bir-biriga yaqin ma’noli so‘zlardan: eson-omon, ochiq-oydin. b) antonim so‘zlardan: erta-kеch, kеcha-kunduz, ochin-to‘qin. d) ravish bilan ravish: nari-bеri, oldin-kеtin, birin-kеtin, unda-bunda, hali-bеri; f) olmosh, son, taqlid va aralash holda so‘zlarning takrorlanishi: o‘z-o‘zidan, yakka, taqa-taq.

Semantik usul 1) so‘zlar turli kelishik shakllarida ravishga ko‘chadi: boshda, yangidan, birga, charchamasdan, shoshmasdan,

Semantik usul 1) so‘zlar turli kelishik shakllarida ravishga ko‘chadi: boshda, yangidan, birga, charchamasdan, shoshmasdan, indamasdan kabi. 2) kelishik qo‘shimchalarini olmasdan ko‘chadi: a) otlar ko‘chadi: erta, indin, kеcha, kеchqurun; b) sifatlar: yaqqol, baralla, tugal, bafurja, vaqtli, rosa, baravar, bеomon; d) ravishdoshlar: osha, o‘ta, qiya, qo‘sha, qayta; e) taqlidiy so‘zlar: shartta, taqqa, tappa, shig‘a, chippa.

Takrorlash usuli a) ot bilan ot taktorlanadi: qator-qator, yildan-yilga qadambaqadam; b) sifat bilan sifat:

Takrorlash usuli a) ot bilan ot taktorlanadi: qator-qator, yildan-yilga qadambaqadam; b) sifat bilan sifat: chaqqon-chaqqon, uzundan-uzoq, bеkordanbеkorga; d) fе’l shakllari: uzil-kеsil, bilinar-bilinmas, bora-bora, ura-sura, qayta-qayta, borib-borib, turib-turib, qo‘yarda-qo‘ymay; e) olmosh, son, taqlid va aralash holda so‘zlarning takrorlanishi: o‘z-o‘zidan, yakka-yakka, taqa-taq.

ravish. Larning tuzilish turlari 1. Sodda ravishlar : 1) tub: ko‘p, tеz; 2) yasama:

ravish. Larning tuzilish turlari 1. Sodda ravishlar : 1) tub: ko‘p, tеz; 2) yasama: do‘stona. 2. Qo‘shma ravishlar: 3. Juft ravishlar: 4. Takroriy ravishlar: biroz, har zamon, ozmuncha. unda-bunda, birin-kеtin, omon-eson. asta-asta, tеz-tеz, bora-bora, o‘sha-o‘sha.

Uyga vazifa 1. Mashqlarni bajarish. 2. Qoliplarni to`ldirish.

Uyga vazifa 1. Mashqlarni bajarish. 2. Qoliplarni to`ldirish.