MAVZU JAHON TABIIY RESURSLARI REJA 1 Jhn tabiiy
MAVZU : JAHON TABIIY RESURSLARI
REJA: 1. Jаhоn tabiiy resurslarning mаtеriklаr vа mаmlаkаtlаr bo’yichа gеоgrаfik tаqsimlаnishi 2. Tabiiy resurslar va ularning asosiy turlari. 3. Tabiiy resurslarni muhofaza qilish TAYANCH SO’Z VA ATAMALAR: Tabiiy sharoit, tabiiy resurs, tugaydigan, tugamaydigan, mineral, foydali, qazilma, kar’er, ochiq usul, yopiq usul, biologik resurs
Tabiiy resurslar — kishilik jamiyati faoliyati uchun zarur bo’lgan va xo’jalikda bevosita foydalaniladigan tabiat elementlaridir (modda va quvvat turlari). Tabiiy resurslarga tuproqlar, foydali yovvoyi o’simlik va hayvonot dunyosi, mineral xom ashyo, suv va hokazolar kiradi. Inson faoliyati jarayonida hosil bo’lgan moddiy resurslar tabiiy resurslarni qayta ishlash jarayonida vujudga keladi.
Tabiiy resurslar Suv resurslari Iqlim resurslari Kosmik resurslar Tiklanadigan Tiklanmaydigan Tugaydigan Muz tarkibidagi suvlar Yer osti suvlari Daryo suvlari Shamol energiyasi Atmosfera havosi Quyosh radasuyasi Ba’zi mineral hom ashyolar O’simliklari Hayvonot dunyosi Tuproq qoplami Yer osti boyliklari
Boshqa narsalar bilan o’rnini almashtirish darajasiga qarab, almashtirib bo’ladigan va almashtirib bo’lmaydigan resurslarga ham bo’linadi. Masalan, ko’mirni suv va quyosh energiyasi bilan almashtirish mumkin. Almashtirib bo’lmaydigan (o’rnini boshqa narsa bilan qoplash) resurslarga metall resurslar kiradi. Jahonda faqat to’rtta davlat, ya’ni AQSH, Xitoy, Rossiya, Kanada barcha tabiiy resurslarga ega. Qolgan davlatlar ma’lum bir resurslarga boy, ma’lum birlari esa ularda umuman yo’q. Masalan, Arab davlatlari neftga boy, ammo ularda o’rmon, suv, tuproq boyliklari kam.
Yer resurslari— bu ma’lum bir davlat, viloyat, joy, mintaqa yoki materiklar hududidagi tabiiy -tarixiy xususiyatlari bilan ajralib turadigan, aniq bir xo’jalik maqsadlarida muntazam foydalanib kelinayotgan yoki shu maqsadlarda foydalanish uchun yaroqli bo’lgan yеrlardir. Ma’lum bir hududdagi barcha yеrlar shu davlat(viloyat, tuman)ning yеr fondi deb ataladi. Yer fondi quyidagi qismlardan iborat: qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yеrlar va maxsus maqsadlarda foydalaniladigan yеrlar (sayohat, transport, sanoat va boshqa maqsada) va boshqalar. Ko’p davlatlarda yеr fondi uch qismdan iborat: davlat ixtiyoridagi yеrlar, turli tashkilotlar ixtiyoridagi yеrlar, xususiy yеrlar. Ma’lum bir joyning, davlatning yеr resurslari tizimining tavsifi ana shu davlatning yеr kadastri deb ataladi. Xalq xo’jaligining, ayniqsa, qishloq xo’jaligining rivojlanishi ko’p jihatdan tuproq resurslariga bog’liqdir.
Tuproq resurslari — bu ma’lum bir joydagi, foydalanish shaklidan qa’tiy nazar barcha tuproq qatlamidir. Xosildor tuproqlarga ega bo’lgan davlatlarda yoki xududlarda qishloq xo’jaligini, ayniqsa, dehqonchilikni rivojlantirish ancha yеngil va kam xarajat talab etadi. Eng hosildor tuproqlar dasht va o’rmon-dasht zonalarida tarqalgan qora tuproqlardir. Ular tarkibida chirindi miqdori yuqori bo’lishi bilan ajralib turadi. Tuproqlarning o’simliklarni hosil beradigan darajada suv va moddiy oziqlar bilan taminlay olish xususiyatiga hosildorlik deb ataladi. Tuproqning hosildorligi uning fizikaviy, kimyoviy va biologik xossalariga bog’liq. Hosildorlik ikki qismga: tabiiy va iqtisodiy turlarga ajratiladi. Tabiiy hosildorlik ko’p hollarda tabiiy va iqlimiy xususiyatlarga bog’liq bo’lsa, uning iqtisodiy turi ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlarining rivojlanish darajasiga bog’liq. Tuproq hosildorligini agrotexnik va agrokimyoviy chora-tadbirlar bilan su’niy oshirish mumkin, bu esa dehqonchilikni rivojlantirishning asosi bo’lib hisoblanadi.
Yerning o‘simlik resurslari (yer biomassasini 97% ini tashkil etadi) madaniy va yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklardan iborat. Hozirda Yer sharida 500000 ga yaqin o‘simlik turi bor, shundan 6000 ga yaqini madaniy o‘simliklar (ya’ni navlar) hisoblanadi. Lekin Yer sharida ko‘‘ tarqalgan qishloq xo‘jalik ekinlari 80 -90 turni, eng ko‘‘ tarqalganlari esa 15 -20 turni tashkil qiladi. Ular asosan oziq-ovqat va sanoat uchun xom-ashyo ekinlari hisoblanadi.
O’simlik va hayvonot resurslari ham jamiyat rivojlanishida muhim o’rin tutadi. O’simlik va hayvonot resurslari birgalikda biologik resurslarni tashkil qiladi. Biologik resurslar bu tabiat tarkibidagi inson va jamiyat uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy boyliklar manbaidir (ovchilik qilinadigan joylar, madaniy o’simliklar, uy hayvonlari, manzarali landshaftlar, organik moddalarni mineral holatgacha parchalaydigan mikroorganizmlar va h. z) o’simlik resurslari o’z navbatida o’rmon, o’tloq, yaylov, oziq-ovqat, dorivor, manzarali va boshqa resurslarga bo’linib ketadi. Hayvonot resurslari mo’yna beradigan, teri beradigan, jun beradigan, go’sht beradigan, zahar beradigan, tuxum beradigan hayvonlarga bo’linadi. Hozirgi paytda tabiatning tez sur'atlar bilan har tomonlama o'zlashtirilishi oqibatida juda ko'p o'simlik va hayvonot turlari yo'q bo'lib ketdi, yana bir qanchasi yo'qolib ketish arafasida turibdi. Shuning uchun ham o'simlik va hayvonot dunyosini qo'riqlash va qayta tiklash maqsadida buyurtmalar, qo'riqxonalar, milliy va xalq bog’lari tashkil qilingan.
Yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar orasida o‘rmon resurslarini hosil qiluvchi o‘rmon o‘simliklari ko‘pchilikni tashkil etadi. O‘simlik resurslari ham hayvon resurslari singari tugaydigan, lekin tiklanadigan resurslari hisoblanadi. Ulardan turli xil maqsadlarda foydalaniladi. Masalan: o‘rmondan qurilishdan tashqari, smola, ski’idar, bo‘yoqlar, lak ekstraktlar, yelim, mebel, sellyuloza, qog‘oz, s’irt va h. k lar olinadi. Jahon o‘rmon resurslari 2 ta ko‘rsatkich bilan ifodalanadi: 1. Egallagan maydoni (jahondagi barcha o‘rmonzorlar 4, 2 mlrd ga ni tashkil etadi yoki 40 mln. km 2 ya’ni jahon yer fondini 30% ini tashkil etadi). 2. Yog‘och zaxirasi bilan (jami yog‘och zaxirasi 350 mlrd m 3), yog‘ochning sifatiga ko‘ra. Doim o‘sib turganligi sababli yog‘och zaxirasi har yili 5, 5 mlrd m 3 ko‘‘ayadi. Shunday ekan, kelajakda yog‘och muammosi bo‘lmaydigandek tuyuladi. Aslida unday emas. Chunki yog‘och qadimdan qurilish va ishlov berish materiali sifatida foydalanib kelingan va hozirda ham ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Chunki yog‘ochdan X 1 X-asrning o‘rtalarida 4, 5 -5 ming xil mahsulot olingan bo‘lsa, hozirda 20 ming xil mahsulot ishlanadi. Hozirgi vaqtda ham yog‘ochga talab doimiy oshib bormoqda.
Jahonda o‘rmonlar ulushi materiklar va regionlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan: (foiz hisobida) Janubiy Amerikada - 52% MDH da - 37 % Yevropada - 31 % Shimoliy Amerikada - 31 % Afrikada - 26 % Avstraliya va Okeaniyada - 18 %. Osiyoda - 17 %
Buyurtmalar qonun yo'li bilan tabiiy majmualarni bir qismi qo'riqlanadigan hududdir (hayvonot va o'simlik dunyosi). Buyurtmalar doimiy, vaqtincha, uzoq muddatli, rezervatlar va «saqlanish» joylariga bo'linadi. Bu yеrlarda o'simlik va hayvonot olamining soni inson tomonidan bir me'yorda saqlab turiladi. Uzoq vaqt davomida tabiat majmualarining ma'lum bir qismi qo'riqlanadigan joy uzoq muddatli buyurtma deb ataladi. Bunday buyurtmalar chet ellarda ko'proq tarqalgan. Buyurtmalarda tabiiy resurslardan xo'jalik maqsadlarida foydalanishga ruxsat etiladi. O’simliklarni alohida turlari qo'riqlanadigan buyurtmalarning maydoni kichik bo'lsa (bir necha yuz ga) ular turdosh yoki to'liqsiz buyurtmalar deb ataladi. Uzoq muddatli buyurtmalar Osiyo, Afrika va Shimoliy Amerikada ko'proq joylashgan. Masalan, Pidaung (M’yanma, 71, 7 ming ga, Birma faunasi qo'riqlanadi), Djir-Forest (Hindiston, 130 ming ga, Osiyo yo'lbarsi qo'riqlanadi), Cavo (Keniya, 2088, 8 ming ga, Sharqiy Afrika hayvonlari qo'riqlanadi), Selus (Tanzaniya, 3293 ming ga, fillar qo'riqlanadi ), Lvando (Angola, 828 ming ga, qora otsimon antilopa qo'riqlanadi).
Barcha tabiat majmualari tabiiy holda saqlanadigan hudud qo'riqxona deb ataladi. Odatda ma'lum bir geografik zona uchun hos bo'lgan hududlar qo'riqlash uchun ajratiladi. Bu hududlar muhim ilmiy ahamiyatga ega bo'lishi kerak (o'simlik va hayvonot dunyosi, turli hil boyliklar). Qo'riqxonalar odatda ilmiy ishlar olib boriladigan joylar hisoblanadi. Masalan, Kandalaksha (Rossiya, 180, 4 ming ga, tundra landshafti qo'riqlanadi), Askaniya-Nova (Ukraina, 0, 5 ming ga, dasht landshafti qo'riqlanadi), Borsa-Kelmas (O'zbekiston, 19, 8 ming ga, cho'l landshafti qo'riqlanadi).
Chet ellarda kompleks va mahsus qo'riqxonalar ajratiladi (botanik, zoologik). Masalan, kompleks qo'riqhonalar: Etosho-Pan (Namibiya, 6734 ming ga, savanna va cho'l landshafti qo'riqlanadi), Yahshi Umid burni (JAR, 6968 ming ga, Ko’p o'simlik va hayvonot dunyosi qo'riqlanadi), Ki-Largo (AQSH, 19 ming ga, Florida suv osti qo'riqxonasi, turli hil marjonlar qo'riqlanadi). Juda ham hushmanzara hududda joylashgan, inson faoliyati ta'sirida kam o'zgargan yirik kompleks qo'riqxonalar milliy bog’lar deb ataladi. Milliy bog’larda tabiiy resurslardan foydalanish chegaralangan. Bu yеrlarda aholining dam olishiga va sayyohlikka ruhsat beriladi. Ayrim milliy bog’larda ilmiy-tekshirish ishlari ham olib boriladi. Jahondagi yirik milliy bog’lar quyidagilar: Vud-Buffalo (Kanada 4, 5 mln. ga, bizonlar qo'riqlanadi, jahondagi yirik milliy bog’ hisoboanadi). Yellouston (AQSH, 896, 3 ming ga, to’g’ landshafti qo’riqlanadi); Yosemit (AQSH, 304, 4 ming ga, tog’ landshafti, sharalar, sekvoyyalar qo’riqlanadi); Nayrobi (Keniya, 11, 4 ming ga, savanna va savanna hayvonlari qo'riqlanadi), Serek-Shyofallets (Shvetsiya, 353 ming ga, tog’ landshafti qo'riqlanadi) va h. k.
Tabiiy resurslarning ichida jamiyatning rivojlanishida muhim o'rin tutadigani mineral resurslardir. Mineral resurslar xalq xo'jaligining deyarli barcha sohalarida ishlatiladi. Shuning uchun ham bu sohaga tegishli tushunchalar talaygina: mineral xom - ashyo, mineral boyliklar, foydali qazilma zahiralari, foydali qazilma konlari, ruda, shahta, mineral hom ashyo rayoni va h k. Iqtisodiy jihatdan qazib olish uchun zarur miqdordagi zahiraga ega bo'lgan, bitta mineral yoki minerallar agregatidan iborat bo'lgan, yеr po'stida foydali qazilmalarning to'planib qolgan joyiga foydali qazilma konlari deyiladi. Ma'lum bir alohida hududdagi va umumiy geologik tuzilishga ega bo'lgan konlar guruhiga havza yoki rayon deb ataladi (Donesk, Kuznesk, Qarag’anda, Dur, Appalachi va boshqalar). Foydali qazilmalar, bu noorganik yoki organik yo'l bilan hosil bo'lgan yеr po'stidagi tabiiy mineral birikmalar (hosilalar)dir. Ular xo'jalikni va texnikani ma'lum paytdagi rivojlanish darajasiga qarab tabiiy yoki qayta ishlangan holda xalq xo'jaligida foydalanilishi mumkin. Foydali qazilmalar fizik hossalariga qarab uch guruhga bo'linadi - qattiq, suyug’, gazsimon.
Tarkibiga va foydalanish hususiyatlariga qarab quyidagi qismlarga bo'linadi: 1) Yoqilg’i foydali qazilmalari (kaustobiolitlar). Bu guruhga ko'mir, neft, tabiiy gaz, yonuvchi slaneslar, torf kiradi; 2) Metalli foydali qazilmalar - qora, rangli, kamyob, nodir va radioaktiv metall rudalari; 3) Nometall foydali qazilmalar - qurilish hom ashyosi, mineral o'g’itlar va h. k. Foydali qazilma konlarining geografik tarqalishi o'ziga hos hususiyatlarga ega. Platformalarning qalqonlarida qimmatbaho metalli foydali qazilmalar keng tarqalgan (Avstraliya, Osiyo, Еvropa, Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Afrika). Platformalarning botiqlarida yoqilg’i foydali qazilmalari keng tarqalgan. Mineral xom ashyolarni qazib olish jarayonida tabiatning hamma tarkibiy qismlari u yoki bu darajada o'zgaradi. Yangi tog’-kon sanoati landshaftlari hosil bo'ladi. Rivojlangan mamlakatlarda tog’-kon sanoati landshaftlarining asosiy qismini nokerak jinslar tashkil qiladi. Chunki rudaning tarkibidagi foydali elementlar miqdori turlicha bo'ladi. Tarkibida texnikaning hozirgi rivojlanish darajasida ajratib olish iqtisodiy jihatdan samara beradigan miqdorda foydali komponentlari bo'lgan tog’ jinslari yoki mineral agregatlari ruda deb ataladi. Masalan, oltin, mis, molibden, volfram, platina, temir, qalay, polimetall, qo'rg’oshin-rux, kumush, titan rudalari. Bu rudalarning tarkibida foydali elementlar miqdori turlicha bo'ladi.
Juda ko'p metallarning rudadagi miqdori kam bo'ladi. 1 t. mis olish uchun 100 t. ruda, 1 t. qalayi olish uchun esa 300 t. dan ortiq ruda kerak bo'ladi. Rivojlangan mamlakatlarda ba'zi noan'anaviy resurslardan foydalanishda katta yutuqlarga erishilgan (AQSH, Islandiya, Fransiya, Yaponiya, Yangi Zelandiya, Italiya). Noan'anaviy tabiiy resurslarga quyosh energiyasi, shamol kuchi, qalqish, oqim kuchi, yеrning ichki issiqligi (geotermal) va boshqalar kiradi. Resurslar bo’yicha Rossiya davlati yеtakchi bo’lib, u yеrda barcha foydali qazima turlari mavjuddir va dunyoda bu ko’rsatkichi bilan dunyo bo’yicha yеtakchilik qiladi.
Rekreasion resurslar – bu dam olish va turizm resurslaridir. “Rekrasiya” so‘zi lotincha “tiklanish” bo‘lib, dam olishning, kishining ma’naviy va jismoniy kuchlarini tiklaydi. Rekreasion resurslar istirohat, turizm va shifolanish maqsadlarida bo‘ladi. Ular 2 xil bo‘ladi: 1. Tabiiy rekreasion resurslarga: dengiz sohillari (Qrim, Sochi), daryo bo‘ylari (Niagara, Ganga), o‘rmonlar, tog‘li rayonlar (Al’ tog‘lari, Shohimardon) kabilar kiradi. Madaniy-tarixiy rekreasion resurslar bo‘lib, bularga tarixiy, arxeologik, me’morchilik, san’at yodgorliklari kiradi. Masalan: VDNH, Kreml, Ermitaj, Rim, Akri’ol, Misr ehromlari, Toj Mahal, Xiva, ‘aleontologiya muzeyi (Moskva), Buyuk Xitoy devori, Vavilon, Sherdor, Go‘ri Amir, Oqsaroy va h. k. Xalqaro turizmdan tushadigan daromadning 14 % i AQSh ga, 6 % i Is’aniyaga, 6 % i Fransiyaga, 6 % i Italiyaga, 4 % i Buyuk Britaniyaga, 3 % i Avstriyaga, 61 % i boshqa davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi
- Slides: 26