Fargona viloyati Ozbekiston tumani XTMFMTTEB tasarrufidagi matematika va
Farg’ona viloyati O’zbekiston tumani XTMFMTTEB tasarrufidagi matematika va filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan 65 -davlat umumiy o’rta ta’lim maktabinternati direktori X. Qo’ziyevaning “Yilning eng yaxshi maktab direktori” ko’rik-tanlovi uchun tayyorlagan “Kelajak maktabi” mavzusidagi konsepsiyasi TAQDIMOTI
Maqsad: maktab-internat rahbariyati va pedagogik jamoasi faoliyatini tanqidiy nazar bilan o‘rganib chiqish, amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlarni xolisona tahlil qilish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarning sabablarini aniqlab, ularni bartaraf etish choratadbirlarini belgilash va hamjihatlik, fidokorona mehnat bilan bu kamchiliklarni bartaraf etishga erishish. Bir so‘z bilan aytganda, maktab-internat shiorida belgilangan elim deb, yurtim deb yonib yashovchi, jismonan sog‘lom, aqlan yetuk, ma’naviy barkamol, jahon standartlari darajasidagi raqobatbardosh kadrlarni voyaga yetkazish yo’lida fidokorona, samarali mehnat qilish.
MAKTAB-INTERNAT TARIXI Farg’ona viloyati O’zbekiston tumani XTMFMTTEB tasarrufidagi matematika va filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan 65 -davlat umumiy o’rta ta’lim maktab-internati 1998 -yilning 4 -fevralida O‘zbekiston tumani hokimining 40/2 -sonli qarori bilan Konizar QFYga qarashli Qulibek qishlog‘ida joylashgan “Lola” bolalar bog‘chasi negizida tabiiy fanlar litsey-internati nomi bilan tashkil qilingan. Hozirgi kunda Yaypan shahridagi sobiq “Feruza” bolalar bog‘chasi binosida tuman hokimining 2012 -yil 11 oktabr № 790 -sonli qarori bilan tasdiqlangan yangi tahrirdagi “Ustav”i asosida matematika va filologiya yo‘nalishlarida faoliyat olib bormoqda. Tashkil etilganidan buyon o’tgan 18 yil davomida ta’lim muassasasining XI sinfini 198 nafar bitiruvchilar tamomlagan bo’lsa, ulardan 183 nafari, ya’ni 92%i , IX sinfini 119 nafar bitiruvchilar tamomlagan bo’lsa, ulardan 96 nafari, ya’ni 80, 67% i oliy o’quv yurti talabasi degan nomga sazovor bo’ldilar. Bitiruvchilardan G. Aliyeva “Navoiy”, Sh. G’ulomov “Prezident”, D. Ergasheva “Navoiy”, Q. Qurbonaliyev “Ulug’bek ” stipendiyasi sohiblari bo’lishgan. Maktab-internat 2015 -yilda mukammal ta’mirdan chiqarildi. Qurilish-ta’mirlash ishlariga 1182484648 so’m mablag’ sarflandi. 210 o’rinli o’quv binosi, 24 x 12 hajmli sport zal va uning barcha qulayliklarga ega bo’lgan yordamchi binosi, hojatxona yangidan barpo etildi, mavjud o’quv va yotoqxona binosi, oshxona ta’mirdan chiqarildi.
MAKTAB-INTERNAT PASPORTI Ko’rsatkich nomi Ma’lumotlar 1 Manzil Farg’ona viloyati O’zbekiston tumani ko’chasi 122 -uy. Telefon-539 -25 -62 Yaypan shahri Jomiy 2 Tashkil etilgan yili 1998 -yil 3 Binolar 1 -o’quv binosi- 210 o’ringa ega, 2015 -yilda davlat dasturi asosida qurilgan. 2 -o’quv va yotoqxona binosi-200 o’quv va 210 yotoqxona o’rniga ega, 1980 -yilda qurilgan. 3 -xo’jalik binosi 2010 - yilda hashar yo’li bilan qurilgan. Xo’jalik xonalari joylashgan. Sport zal-24 x 12 hajmli, barcha qulayliklarga ega yordamchi binosi bilan birga 2015 -yilda davlat dasturi asosida qurilgan. Hojatxona - 2015 -yilda davlat dasturi asosida qurilgan. 4 Ichimlik suvi Artezian suvi bilan ta’minlangan 5 Isitish tizimi Alohida, kichik o’choqlar orqali tabiiy gaz bilan isitiladi. 6 Axborot kommunikatsiya vositalari Kompyuterlar 12 ta, videoproyektor 1 ta, televizor 5 ta, DVD magnitola 2 ta Sinf soni-10 ta O’quvchi soni-296 nafar. Shundan qizlar 85 nafar. Fan o’qituvchilari 27 nafar Tarbiyachilar 14 nafar
FAN O‘quv yillari O’ Q I T U V CN I L A R I Jami o‘qituvchi soni Oliy ma’lumotli 2013 -2014 26 2014 -2015 -2016 Malaka toifasi bo‘yicha Oliy Birinchi Ikkinchi Mutaxassis 26 3 13 9 1 26 26 3 13 9 1 27 27 3 13 9 2
- Slides: 5