Ekologiya sozi yunonchadan olingan bolib eykos uy turarjoy
Ekologiya so’zi yunonchadan olingan bo’lib, “eykos” – “uy, turar-joy”, “logos” – “fan, ta’limot” degan ma’nolarni anglatadi. Bu atamani fanga birinchi bo’lib, 1866 yilda nemis tabiatshunosi Ernest Gekkel kiritgan.
Ekologiya – organizmlar o`rtasidagi o`zaro va ularni yashash muhiti bilan bo`ladigan munosabatlarga doir fan.
Ekologiyaning obyekti – tirik organizmlar va ularni atrofmuhiti, aniqrog`i, yagona ekologik tizimdagi o`zgaruvchan tirik organizmlar va o`zgaruvchan atrof – muhitdir.
Ekologiyaning predmeti Yagona ekologik tizimdagi ekiologik o`zgaruvchan organizmlar va ularning o`zgaruvchan atrof tabiiy muhiti o`rtasidagi munosabatdir.
Ekologik inqiroz – jamiyat va tabiat o`rtasidagi o`zaro munosabat muvozanatining barqaror ravishda buzilishi natijasida atrof tabiiy muhit xolatining yomonlashib borishi, davlat boshqarish va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning yuzaga kelgan xolatdan chiqa olmasliklari hamda ekologik tizimlarni tiklash imkoniyatlarining yo`qolishi, ya`ni tabiiy muhit inqirozi va ijtimoiy muhit falokatiga olib keladi.
Barqaror rivojlanish – kelajak avlodning o`z ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlarini ta`minlagan holda hozirgi ehtiyojlar qondiriladigan rivojlanish.
Barqaror taraqqiyot – iqtisodiy ne`matlarni kelajak avlodlar uchun saqlagan holda odatli taqsimlash darajasiga erishishdir.
Tabiat – bu ajdodlardan qolgan meros emas, balki avlodlardan qarzga olingan boylikdir. Barqaror rivojlanish konsepsiyasidan
Barqaror rivojlanish konsepsiyasi – ekologik muammolarni faqatgina ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning yechimini topish orqali kompleks ravishda mahalliy, mintaqaviy, global miqyosda uyushgan tarzda hal qilish.
Ushbu dunyoqarash asoschisi sobiq Norvegiya premyar ministri gro Xorlem Brutland bo`lib, u 1987 – yilda BMT qoshida tuzilgan maxsus atrof-muhit Komissiyasi tayyorlagan “Bizning umumiy kelajagimiz” degan hisobotida to`liq aks etgan. Mazkur konsepsiyani amalga ashirish masalalari 1992 -yil Rio-de-Janeyro shahrida bo`lib o`tgan “atrog-muhit va rivojlanish” xalqaro konferensiyasida ko`rib chiqilgan.
Qur`oni Karimda: • Baqara surasi 29 -oyat: “U Shunday zodki, siz uchun yerdagi barcha narsalarni yaratdi”. • A`rof surasi 56 -oyat: “Yerni yaroqli qilib qo`yganlar keyin unda buzg`unchilik qilmangiz”. • Baqara surasi 205 -oyat: “…Oldingizda ketganida yerda fitna-fasod, ekin va naslni halok qilish ishlari bilan yuradi, Alloh esa, fasodni yoqtirmaydi”.
Hadisdan: • Yenglar, ichinglar, sadaqa qilinglar, ammo isrofgarchilikga yo’l qo’ymanglar. • Sadaqaning afzali chanqoq odamlarga suv ulashmoqdir. • Alloh bergan unsurlar: havo, suv, tuproq, olov.
Yerning mavjud imkoniyati kishi boshiga 1, 8 ga teng 2000 -yilda Sayyoramizdagi bir kishining o`rtacha ekologik izi 2, 3 ga. ni tashkil etgan. Bu yerning mavjud imkoniyatidan 20% ortiqdir. AQSH aholisining ekologik izi – 9, 7 ga. Kanada aholisi – 7, 5 ga Germaniya aholisi – 4, 4 ga Rossiya – 7, 0 ga Ozbekuston – 1, 8 ga. Agar hamma davlatlar AQSH va Kanada aholisi kabi ekologik iz qoldirsa, bizning yashashimiz uchun 3 ta planeta kerak bo`lar edi.
Shimoliy Amerikaning – 74% Lotin amerikasi – 59% Osiyo mamlakatlari – 30% Yaponiya – 70% Germaniya – 85% aholi shaharda yashamoqda. Mexikoda – 28 mln. Kalkuttada – 50 mln. Qohira, Karachi, Pekin, Shanxay, Nyuyorkda-10 -14 mln. Shaharlarida aholi yashamoqda. Bu esa tabiatga va insonga ta`sirini keskin o`zgartiradi.
O’zbekistonda o’rtacha oilalar soni 5, 5 mln. dan ortiqligini hisobga olib, suvni 1 tomchisini tejash haqida o’ylab ko’raylik: • 1 tomchi suv 1 g. deylik, agar uni 1 sekundda tejasak 1 minutda 60 g. , 1 soatda 360 g. , 1 sutkada 9 litr(1 chelak ichimlik suv), 1 oyda 260 litr(30 chelak), 1 yilda 312 litr(360 chelak toza ichimlik suv) degan raqamlar kelib chiqadi. 1 kishiga 1 kunda suv ichish normasi 3 litr deylik, Respublikadagi oilalar 1 kunda 10 litr (1 chelak) ichimlik suvni tejasa 1 sutkada 55 mln. litr, 1 oyda 1. 650 mln. litr, 1 yilda 19. 600 mln. litr suv tejaladi.
So`ngi 20 yil ichida yer harorati 0, 2 -1, 8 darajaga oshgan. Bu esa o`rtacha 400. 000 ga maydondagi o`rmonlar yonishiga olib kelmoqda. Oddiygina gulhan yongan tuproqning qayta tiklanishi uchun 67 yil kerak bo`ldi. 2025 yilga borib dunyoning 35% aholisi chuchuk suv tanqisligidan aziyat chekadi. 2100 yilga borib abadiy muzliklardan asar ham qolmaydi. Tadqiqotlar natijasida, Antarktida va himolay tog`laridagi muzliklarning erishi har 10 yilda 8% oshmoqda.
Dunyoda iste`mol strukturasi (Milliard dollarda) • • • Qurollanishga harajatlar – 780 Natkotiklar – 400 Spirtli ichimliklar – 105 Sigaretlar – 50 Bizness uchrashuvlari – 35 Salomatlik va ovqatlanish – 13 Ayollarning reproduktiv salomatligi – 12 Ichimlik suvi va sanitariya – 9 Boshlang`ich ta`limda - 6
- Slides: 24