Davolash fakultetining fakultet va gospital terapiya tibbiy profilaktika
Davolash fakultetining fakultet va gospital terapiya, tibbiy profilaktika fakultetining ichki kasalliklar kafedrasi. SURUNKALI GASTRIT
Gastritlar Gastrit – me'da devori shilliq pardasi (goxida chukur qavatlari) ning yallig’lanishi. O’tkir va surunkali turlari tafovut qilinadi.
Patogenezi
Patogenezi
Surunkali gastrit - me'da epiteliyasi regeneratsiyasining fiziologik buzilishi bilan ifodolanadigan shilliq pardaning surunkali yallig’lanishi, buning natijasida parda atrofiyasi, me'daning sekretor, motor, goxida inkretor faoliyatining o’zgarishi kuzatiladi.
Tasnifi A tip (Autoimmunli) — Fundal bo’limida (tubida) va tanasida me'da kislotasi va ichki omil ishlab chiqaruvchi shilliq pardaning parietal xujayralariga nisbatan qonda autoantitana xosil bo’ladi. B tip (Xelikobakterli)- xeliko bakter pilori (HP) bakteriyasi bilan chaqiriladi— antral gastrit S tip (reflyuks gastrit ) - kimyoviy-toksik tabiatli bo’lib, o’tning oshqozonga tushishi (reflyuksi) natijasida vujudga keladi. Gastritning bu turi ko’pincha me'da rezeksiyasi oqibatida rivojlanadi.
Tasnif(Sidney, 1990; Xyuston 1996) - Noatrofik(yuzaki, diffuz, antral, gipersekretor): xelikobakter pilori bilan bog’langan surunkali gastrit (tip B) - Atrofik Autoimmunli surunkali gastrit(A tip) Aralash surunkali pangastrit(AB tip) - Aloxida turlari: surunkali kimyoviy gastrit(C tip) Limfositar Noinfeksion-granulyomanoz: Kron kasalligi, sarkoidoz, Vegener granulyomatozi Eozinofil Radiatsion Infeksion: bakteriyalar (xelikobakter piloridan tashqari), viruslar, zamburug’lar.
KLINIK KO’RINISHI Xastalikning zo’rayish davrida umumiy va maxalliy belgilar bilan ifodalanadi. Atrofik gastrit O’rta va keksa yoshda kuzatiladi - kekirish, og’izda kakra ta'm sezilishi, ayniqsa ertalab, - ishtaxa pasayishi, ovqatlangandan so’ng qorinning yuqori kismida og’irlik va bosim sezish, - to’lib ketish xissi, ko’ngil aynishi, kusish bezovta qiladi. Ko’pincha ichak dispepsiyasi (qorin g’uldirashi, meteorizm, najas ajralishining buzilishi - ich ketish kabziyat bilan almashinishi) qo’shiladi.
Noatrofik gastrit Yoshlarda ko’proq kuzatiladi - taomni iste'mol qilgandan so’ng jig’ildon qaynashi va epigastriya soxasida simillovchi og’riq bezovta qiladi, - og’riqlar tungi va mavsumiy bo’lmaydi - ich buzilishi, aksariyat, qabziyat bilan ifodalanadi.
n - Surunkali kimyoviy gastrit taomni iste'mol qilgandan so’ng epigastriya soxasida og’riq bezovta qiladi, qusishdan keyin ahvolini yahshlanishi ishtaxa pasayishi, osish.
Diagnostika Bemorning umumiy xolati deyarli o’zgarmaydi. Ko’zdan kechirishda va Rentgenda antral gastritning boshlang’ich davrida shilliq parda qati (burmalari)ning notekis qalinlashganligi, qiyshiq yoki ko’ndalang joylashishi aniqlanadi. Gastroskopiyada ba'zan eroziya, petexiyali qontalashlar aniqlanadi.
Rentgen
Tashxis aniqlashda endoskopik va gistologik tekshirishlar hal qiluvchi axamiyatga ega, HP borligi yoki yo’qligiga qarab surunkali gastritning turi, joylanishi va faolligi aniqlanadi.
Kechishi Odatda uzoq vaqt davom etadi, xastalik zo’rayishi remissiya bilan almashinib turadi.
Davosi. Surunkali gastrit bilan og’rigan bemorlarni davolashda kasallik turini va og’irlik darajasini, klinik bosqichini, me'daning sekretor va motor-evakuator faoliyati xususiyatlarini e'tiborga olish lozim. Bemor chekishga va alkogolga chek qo’yishi kerak.
I. Parxez taomlar II. Farmakoterapiya. Noatrofik gastrit davosi: -Antibakterial dorilar (HP eradikatsiyasi) - Antixolinergik moddalar O’rab oluvchi va burishtiruvchi dorilar H 2 blokatorlar (ranitidin 150 mg 2 mah. ) Proton pompani ingibitorlari Antasidlar Mikrosirkulyasiyani yahshilash
Atrofik gastrit davosi. 1. O’rinbosar terapiya 2. Yarim ferment preparatlari 3. Me'da sekretor faoliyati kuchaytirish eufillin, 1 tabletkadan kuniga 3 marta ovqatlanishdan 20 -30 daqiqa oldin beriladi. 4. Mikrotsirkulyatsiyani, oqsil ajralishini va reparativ jarayonlarni kuchaytirib, me'da shilliq pardasi trofikasini yaxshilovchi dori moddalar: nikotin kislotasi, askorbin kislotasi, solkoseril. 5. Dispepsiyaga qarshi – serukal, reglan 6. Og’riqqa qarshi spazmolitiklar
Surunkali kimyoviy gastrit davosi n O’t kislotalarni neytralizasiya qilish- ursosan 500 mg kechki ovqatdan keyin n Mikrotsirkulyatsiyani yaxshilash – aktovegin 5, 0 ml m/o, 1 -2 mahal, 10 -15 kun
Profilaktikasi. Surunkali gastritning oldini olish ovqatlanish rejimini to’g’ri qo’llashga va ovqat turlarini to’g’ri tanlashga, jamoa ovqatlanishini yaxshilashga, chekishga qarshi kurashishga asoslangan.
- Slides: 20