Bitiruv malakaviy ish Sakkokiy ijodi va uni maktabda
Bitiruv - malakaviy ish. «Sakkokiy ijodi va uni maktabda o’rganish metodikasi» .
“Xalqning madaniy qadriyatlari, ma’naviy merosi ming yil davomida Sharq xalqlari uchun qudratli ma’naviyat manbai bo’lib xizmat qilgan. Milliy tariximiz va umumbashariy taraqqiyot rivojiga unitilmas hissa qo’shgan olimu-fuzalolarning mafkura va uning jamiyat hayotidagi ahamiyati haqida qoldirgan ilmiy merosi, adabiyot va falsafa sohasida qoldirgan meroslarini xar tomonlama o’rganish darkor. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq, ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib kelingan g’oyat ulkan, bebaho ma’naviy madaniy merosini tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo’lib qoldi”. mov.
BMI MAQSAD VA VAZIFALARI: Mavlono Sakkokiy hayoti va adabiy merosi xususida so’z yuritish, uning g’azallari hamda qasidalarini baholash, ularni maktab adabiy ta’limida o’rganish yuzasidan mulohazalarni bayon etish ishning maqsadini belgilaydi va ushbu vazifalarni bajarish ko’zda tutiladi: 1. Sakkokiy hayot yo’li va uning o’zbek adabiyoti tarixidagi mavqeini aniqlab olish va shular orqali adib faoliyatiga baho berish; 2. Sakkokiyning adabiy merosiga umumiy tavsif berish va bu bilan shoirdan bizgacha yetib kelgan devonni tavsiflash. Mazkur devonning Navoiy davri shoirlarining devonlariga o’xshash va ulardan farqli jihatlari – kamchiliklari to’g’risida so’z yuritish;
• 3. Sakkokiy lirikasining g’oyaviy – badiiy jihatlariga to’xtab o’tish, g’azallari va qasidalarini g’oyaviy yo’nalishlarini aniqlash, badiiyatining ayrim tomonlariga baho berish orqali shoir mahoratining ba’zi qirralarini ochib berish; • 4. Sakkokiy hayoti va adabiy merosini maktab adabiy ta’limida o’rganish yuzasidan uch soatga mo’ljallangan dars ishlanmalarini berish.
Ishning tarkibiy tuzilishi: • Mazkur BMI kirish, uchta bob (birinchi bobda ikkita, ikkinchi bobda ham ikkita, uchinchi bobda esa bitta fasl), xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Kirish. 1 Bob. Sakkokiy va uning lirik merosi. § 1. Sakkokiyning hayot va ijod yo’li. § 2. Shoirning lirik merosi. 2 Bob. Sakkokiy lirikasining g’oyaviy-badiiy jihatlari. § 1. Sakkokiy adabiy merosining janr va mavzu xususiyatlari. § 2. Shoirning badiiy mahorati. 3 Bob. Sakkokiy merosini maktabda o’rganish. § 1. Sakkokiy hayoti va ijodini maktabda o’rganish. § 2. Sakkokiy g’azallarini interfaol usullarda o’rgatish metodikasi. § 3. Sakkokiy qasidalarini o’rganish. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar.
• Bitiruv – malakaviy ishining birinchi bobi “Sakkokiy va uning lirik merosi” deb ataladi. Unda shoirning hayoti va ijodi haqida ma’lumot beruvchi manbalar o’rganilib, tarjimai holi haqida so’z yuritiladi. Sakkokiyning o’z adabiy muhitida tutgan mavqeiga baho beriladi. Shoirning lirik merosi tasnif va tavsif etiladi.
Sakkokiy XIV asrning oxirgi choragi va XV asrning birinchi yarmida Movarounnahrda yashab ijod etgan. Tahallusiga ko’ra Sakkokiy pichoqchi oilasida tug’ilib voyaga yetgan. Shoirning yashagan davri asosan Movarounnahrda Xalil Sulton (1405 -1409) va Ulug’bekning (1409 -1449) hukmronlik qilgan davrlariga to’g’ri keladi.
• Sakkokiyning hayoti va ijoda haqida biografik malumotlar juda ozdir. Sakkokiy o’zbek tilida she’r yozgan iste’dodli shoirlardandir. Navoiy uni “Turk alfozi(so’zlari) ning bulag’o (balog’atga erishgan)” lardan deb baholaydi. Ulug’ shoirning qachon tug’ilgani va qachon vafot etgani ham ma’lum emas. Ammo XIV asrning oxirlarida tug’ilgan, degan taxmin bor. Chunki uning yozgan asarlari orasida bir necha qasidalar mavjud bo’lib, ular Xalil Sulton, Arslon Ho’ja Tarxon, Ho’ja Muxammad Porso va Mirzo Ulug’bek singari tarihiy shaxslarga bag’ishlangan. Navoiy “Majolis un - nafois” asarida uning Movarounnahrdan ekanligini aytadi. Fikrini davom ettirib, “Samarqand ahli onga ko’p mutaqiddurlar (e’tiqod qo’yganlar) va bag’oyat ta’rifun qilurlar”, - deb yozadi. Demak , shoir ko’proq Samarqandda yashagan va Samarqandliklarning
II bob Ishning ikkinchi bobi “Sakkokiy lirikasining g’oyaviy-badiiy jihatlari” deb nomlanadi. Unda shoir she’riyatining janr xususiyatlari o’rganilib, g’oyaviy mundarijasi aniqlanadi. Ushbu bobda o’zbek mumtoz she’riyatida qasida ustasi sifatida nom qozongan Sakkokiyning Ulug’bek madhiga bag’ishlangan qasidasi haqida so’z yuritiladi. Mazkur bobdan o’rin olgan “Shoirning badiiy mahorati” deb nomlangan faslda Sakkokiyning san’atkorlik mahorati mubolag’a, tazod, talmeh, tashxis, lafu nashr kabi ko’plab san’atlar namunasi bo’lgan misollar tahlili vositasida asoslanadi. Shuningdek she’rlarining vazn xususiyatlari xususida fikr yuritilib, bir she’rlarining taqte’i keltirilgan.
III Bob. Ishning “Sakkokiy merosini maktabda o’rganish metodikasi” deb nomlangan uchinchi bobida umumiy o’rta ta’lim maktablarida Sakkokiy va uning adabiy merosini o’rganish uchun ajratilgan soatlar taqsimoti, bu borada o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar haqida malumot beriladi. Shoir ijodini “Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Issiq stul”, “Enerjayzer”, “Nazm va navo”, “Tushunchalar tahlili”, “Muloqot” kabi innavatsion metod va tehnologiyalar asosida o’rganish asosiga qurilgan dars ishlanmalari keltiriladi.
Xulosa. Sakkokiyning hayoti va ijodini maktab adabiy ta’limida o’rganish bo’yicha mulohazalar quyidagi xulosalarga kelish imkonini beradi: 1) Mavlono Sakkokiy hayoti, uning dunyoviy faoliyati haqidagi ma’lumotlar juda kam va borlari ham uning tarjimai holini tiklash va tartiblash uchun yetarli emas; 2) Sakkokiydan yetib kelgan birgina devon ham to’liq emas. Unda ayrim harflarga she’rlar uchramaydi. Devonda g’azal va qasida janriga tegishli she’rlar mavjud xolos.
3) Sakkokiy g’azallari dunyoviy, diniy va tasavvufiy mazmunda bo’lib, bu masalalar uning g’azallarida, qasidalarida turli timsollar va so’z-san’atlarining o’ziga xos tarzda namoyon bo’lishini ko’rsatadi; 4) Sakkokiyning badiiy mahorati uning g’azal va qasidalarida yaqqol ko’rinadi. Shoirning g’azallari ramal, hazaj va aruzning yana bir qator bahrlarida bo’lganini ko’rsatish mumkin. She’rlarining qofiyalari ham asosan to’q qofiya bo’lib, ko’proq muqayyad, qisman mutlaq qofiya ekani kuzatiladi; 5) Sakkokiy she’riyati va hayot yo’lini innavatsion usullarda o’rganish ta’limning muhim talablaridan bo’lib kelmoqda. Shunday usullarni qo’llashgina shoir ijodini chuqurroq o’zlashtirish imkonini beradi.
E’tiboringiz uchun rahmat!!!
- Slides: 14