Avesto Ozbekiston tarixini organish boyicha eng qadimgi yozma
“Avesto” – O’zbekiston tarixini o’rganish bo’yicha eng qadimgi yozma manba { Mavzu: Avesto kitobi O’zbekiston tarixini o’rganishda muxim manba
REJA: 1. “Avesto” eng mo’tabar, qadimgi qo’lyozmamiz. 2. “Avesto” ona tariximizning muhim tarkibi. 3. “Avesto”da tilga olingan yirik hududiy nomlar. 4. “Avesto”da jamiyat boshqaruvi haqidagi ma’lumotlar. 5. Xulosa. 6. Foydalanilgan adabiyotlar.
“Ezgu niyat, so’z va ish birligini jamiyat hayotining ustuvor g’oyasi sifatida talqin etish bizning bugungi ma’naviy ideallarimiz bilan naqadar uzviy bog’liq, nechog’li mustahkam hayotiy asosga ekani, ayniqsa, e’tiborlidir”. (I. A. Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”, Toshkent, 2008 -yil)
O’rta Osiyoning qadimgi tarixini o’rganishda “Avesto”ning o’rni beqiyosdir. Unda diniy e’tiqod va xalqlarning o’zaro aloqalari bilan bir qatorda ularning hayoti, turmushi, urf-odatlari, marosimlari aks ettirilgan. Shuningdek, ushbu buyuk asarda tarix, falsafa, dinshunoslik, manbashunoslik, geografiya, etnografiya va umuman ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha jabhalariga oid eng qadimgi ma’lumotlar to’plangan.
Fransuz tiliga (Anketel dyu Perron, Y. Darmsteter) Fors tiliga (Ibroham Pur Dovud) Laniya tiliga (A. Xristen) “Avesto” ni boshqa tillarga tarjima qilgan olimlar Rus tiliga (K. A. Kossovic h) Ingliz tiliga (L. X. Maylz)
Barcha avestoshunoslar Zardushtni sharq falsafiy tafakkuriga axloq kategoriyasini olib kirgan, deyishadi. Shuning uchun ham ular Zardushtning “Amudaryo naqadar buyuk va suvi qanchalik pok va shirin bo’lsa, bizning din ham shunchalik buyuk va pokizadir”, degan so’zlarini ko’pincha iqtibos qilib keltiradilar.
“Avesto” davlat boshqaruvining murakkab tizimi haqida ma’lumotlar beradi. Ma’umotlarga ko’ra mil. avv. VII-VI asrlarda O’rta Osiyo jamiyatining asosi kichik-kichik oilalardan iborat bo’lib, har bir oila o’rtacha 5 -6 kishidan tashkil topgan. Ular katta patriarxat oila a’zolari hisoblangan. Katta oila esa 20 -25 kishidan tashkil topgan. Kavi Bir necha viloyatlar hokimi Daxyupati Viloyat hokimi Zantupati Qabila boshlig’i Vispati Katta qishloq oqsoqoli Vis Urug’ jamoasi boshlig’ ii
Ayrim tadqiqotchilar (H. Boboyev, T. Do’stjonov, S. Hasanov, Y. Ollamov) ilmiy tahlillarga asoslanib “Avesto”da tasvirlangan va O’rta Osiyo hududida shakllangan ilk davlatchilik asoslarining vujudga kelishi jarayonini quyidagi uch davrga ajratadilar: Birinchi davr – eng qadimgi davr bo’lib, bunda adolat va insoniy baxt-saodat hukmron bo’lgan. Ikkinchi davr – yaxshilik ruhlari bilan yomonlik ruhlari o’rtasidagi adolat uchun kurash davom etgan. Uchinchi davr – aql-idrok va adolat tantana qilib, dehqonlar badavlat, davlatning siyosiy va qonunchilik tizimi mustahkam bo’lgan.
“Avesto”da jinoyat va jazo masalalari har tomonlama tartibga solinganligini kuzatish mumkin. Jinoyatlar quyidagi turlarga bo’lingan. Tabiatga qarshi Jinoyat jinoyat Shaxsga qarshi turlarijinoyat Dinga qarshi jinoyat
Juda ko’pchilik tadqiqotchilarninig fikricha, Zaratushtra afsonaviy bo’lmasadan, tarixiy shaxs hisoblanadi. U yunon-rim manbalarida Zoroastr, qadimgi fors tilida Zardusht, o’rta fors tilida Zaratushtra nomi bilan eslatiladi. Manbalarning guvohlik berishicha, u Spitama avlodidan bo’lib, otasini Porushasp, onasini Dugdova deb atashgan. Uning nomi “oltin tuchli”, “oltin tuya yetaklagan odam” ma’nosini beradi. Zaratushtraning otasi kohinlar tabaqasiga mansub bo’lib, u tug’ilgan mamlakat bizga noma’lum. Bularning barchasi Zaratushtra hayoti tarixi, uning tug’ilgan joyi va sanasi, zardushtiylikning vatani hamda dastlabki yoyilgan hududlari haqida to’la ma’lumot bera olmaydi. Ammo, Avestoning maxsus boblari Zaratushtrani tarixiy shaxs sifatida yoritadi.
“Avesto” Zardusht va mazdoparastlik dini ulamolari tomonidan yozilib, to’planib bo’lgach, maxsus kotiblar tomonidaning ho’kiz terisidan tayyorlangan qog’ozga oltin suvi bilan ko’chirilgan. Yuqorida ta’kidlanganidek, “Avesto” 21 nask (kitob) dan iborat bo’lgan. Bu haqda “Tarixi Balamiy”da ham aniq ma’lumot mavjud. Makedoniyalik Iskandar Eronni bosib olgach, “Avesto” ning “dijnabisht”-arxivd, otashkada, xazinalarida saqlanayotgan eng nodir nus’hasini tarjima qildirib olib, o’zini yoqtirib yuboradi. Gushtasp xazinasidagi “Avesto” nusxasining taqdiri hamon noma’lumligicha qolmoqda.
Sosoniylar sulolasining dastlabki podshosi Ardasher Bobokan Xirbadan nomli donishmandga “Avesto” ni qayta tiklash vazifasini topshiradi. U bir qancha zardushtiy ulamolar bilan hamkorliada obidani asl holiga keltiradi. Keyingi tadqiqotlardan aniqlanishicha, Xirbadan yuborgan yetti mu’bad Seiston, Balx, Marv hamda Eron Vij (Xorazm)ni kezib chiqadilar. Ular Turonzaminda “avesto”ni yoddan biladigan baxshilarni qidirib topadilar. Natijada “Gohlar” hamda “Vendidod”ning eng mukammal nusg’alarini xorazmlik uchta mu’bad og’zidan yozib olishadi.
Asarning yozilgan joyi haqida turlicha fikrlar mavjud. Bir guruh olimlar fransuz J. Darmsteter, ozarbayjon olimi I. Aliyev “Avesto” Midiya - hozirgi Eronning shimoliy -g’arbiy qismi va Ozarbayjonda yozilgan desalar, ko’pchilik V. V. Struve, S. P. Tolstov, F. Altxaym va boshqalar Amudaryo bo’yida joylashgan viloyatlarda, Balx va Xorazm oralig’ida yaratilgan, deb hisoblaydilar. Oxirgi fikr so’nggi vaqtlarda Eron olimlari, masalan Ibrohim Pur Dovud tarafidan ham e’tirof etildi.
Avesto ma’lumotlarini arxeologik materiallar bilan qiyosiy o’rgangan olimlarning fikricha, mil. avv. II ming yillikning o’rtalariga kelib O’rta Osiyo xalqlari siyosiy hayotida o’zgarishlar sodir bo’lib, davlatchilikning ilk ko’rinishi shakllana boshlaydi. Bu davrda ushbu hududlarda yashagan aholining katta qismi yirik vohalarni jadallik bilan o’zlashtirilishi natijasida chorvador ko’chmanchilikdan o’troq dehqonchilikka o’ta boshlaydi. Bu esa keyinroq Baqtriya, Xorazm, Marg’iyona, Parfiya, So’g’diyona kabilarda davlatchilik tizimining vujudga kelishiga asos bo’lgan edi. Misol uchun, Avestoning “Vandidod” kitobida Oliy xudo Axuramazda yaratgan o’n oltita mamlakat (o’lka)ning hududiy –ma’muriy, siyosiy hamda qonunchilik tizimiga oid ma’lumotlar berilgan.
Arablar istilosi davrida o’z e’tiqodlarida sobit qolgan yuzlab eroniylar xonadoni Janubiy Hindistonga hijrat qiladilar va hozirgi ajdodlar udumini asrab qolishgan. Ularning Bombeyda zardushtiylik udumini o’rganadigan Koma ilmiy markazi ham mavjud. Ana shu ma’naviyat o’chog’ida Ardasher davrida ko’chirilgan “avesto” nusxalari saqlanadi. Shuningdek, kitobning bir qo’lyozmasi Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburgdagi Saltikov Shchedrin nomidagi Davlat kutubxonasining Sharq qo’lyozmalari bo’limida ham mavjud.
Xulosa: “Avesto”dagi diniy-falsafiy va madaniy ta’limot, davlatchilik va qonunchilik tizimi o’sha davrdagi jamiyat va fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini boyitishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan edi. Ushbu muqaddas kitobda yuksak axloq, pokiza vijdon, marhamatlilik, bag’rikenglik, insonlarga va ona zaminga nisbatan doimiy g’amxo’rlik targ’ib etilgan. “Avesto”ning asosini tashkil etgan bunday tushuncha, yo’l-yo’riq, komil insonga xos fazilatlar, qat’iy xulosa va fikrlar davlatning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy qudratini oshirib, uni yanada mustahkamlanishiga xizmat qilgan. Bu muqaddas kitobning o’sha davrdagi qadr-qimmati hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini saqlab qolganligi shubhasizdir.
Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent, “Ma’naviyat” 2008 -yil. 2. Xamidjon Xomidiy. Avestodan Shohnomagacha. Toshkent, “Sharq”, 2007 -yil. 3. B. Eshov. O’zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi. Toshkent, “Yangi asr avlodi”, 2012 -yil. 4. Tohir Karim. Muqaddas “Avesto” izidan. Toshkent, “Cho’lpon” 2000 -yil.
- Slides: 17