AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUSDPI OZBEK TILI VA ADABIYOTI FAKULTETI
AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUSDPI O’ZBEK TILI VA ADABIYOTI FAKULTETI O’ZBEK TILI VA ADABIYOTI YO’NALISHI 4 -”V”GURUH TALABASI O’ROZBOYEVA DILDORANING JAHON ADABIYOTI FANIDAN O’QITUVCHI: H. ALLAMBERGENOV MUSTAQIL ISHI NUKUS-2016
“ Chingiz Aytmatov hayoti va ijodi “
REJA: 1. Chingiz Aytmatov hayoti va ijodiy faoliyati. 2. “ Oq kema “, “ Asrga tatigulik kun” asarlarida milliy qadriyat masalasi. 3. “ Qiyomat “ asari.
Chingiz To’raqulovich Aytmatov 1928 yilning 12 -dekabrida Qirgʻizistonning Talas vodiysidagi Shakar qishlog’ida tugʻilgan. Bolaligidanoq hayot mashaqqatlarini tatigan. Bobosi Aytmat qoʻli gul hunarmand va ajoyib qoʻbizchi boʻlgan. Otasi Toʻraqul Aytmatov rus-tuzem maktabida tahsil koʻrgan, oʻqimishli, fikri tiniq odam edi. Respublika miqyosidagi katta lavozimlarda ishlab, Qirgʻizistonda savodsizlikni tugatish, yurtga zamonaviy madaniyatni olib kirish yoʻlida astoydil mehnat qiladi. U keyinchalik shaxsga sig’inish qurboni bo‘ladi.
Oilaning toʻngʻich farzandi Chingiz, avvaliga rus maktabida oʻqidi. Otasi qamalib, qishloqqa qaytishga majbur boʻlishgach, qirgʻiz maktabida ta’lim oldi. U oʻsmir yoshidan ikkinchi jahon urushi yillari front ortida xilma-xil yumushlarni bajaradi. Erkaklarning deyarli barchasi urushga ketgani sababli qishloqdagi eng savodli erkak sifatida 1942 - yilda – oʻn toʻrt yoshida qishloq kengashi kotibi qilib tayinlandi. Soʻng soliq yigʻuvchi, traktorchilar brigadasida hisobchi bo‘lib ishladi
Chingiz Aytmatov hayot mashaqqatlariga qaramay, yaxshi ta’lim oladi. Adib bolaligidanoq badiiy adabiyotga mehr qo’ygan bo’lib, nasriy asarlar yaratish bilan astoydil shug’ullanadi. U bolalik haqida quyidagi fikrlarni aytgan: ”. . . Bolalik nafaqat quvnoq davr, bolalik-inson shaxsi shakllanishining ilk davri hamdir ”. Uning ijodi 1952 -yilda kichik-kichik hikoya va povest, ocherklar yozishdan boshlangan. Rus va qirgʻiz tillaridagi adabiyotlarni oʻqishdan charchamaydigan yigit maktab davridayoq juda bilimdon kishiga aylangandi.
Butun turkiy xalqlarning iftixori boʻlmish yozuvchi Chingiz Aytmatov hozirgi zamon dunyo adabiyotining yorqin namoyandasidir. Uning qissa va romanlari jahonning deyarli barcha asosiy tillariga tarjima qilingan. Uning ilk badiiy ijod namunalari bo‘lmish 1957 -yilda "Yuzma-yuz" va 1958 - yilda "Jamila" qissalari chop etildi.
Chingiz Aytmatov 1958– 1960 - yillarda "Literaturniy Kirgizstan" jurnalida muharrir, 1961 - yilda "Pravda" gazetasining Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston boʻyicha maxsus muxbiri boʻlib ishladi. 1962 - yilda Qirgʻiziston kinomatografiya kengashi raisi boʻldi. 1988– 1990 - yillarda "Inostrannaya literatura" jurnalining Bosh muhariri boʻldi. 1991 - yildan boshlab, Qirgʻiziston va Rossiya Federatsiyasining Lyuksemburg va Belgiyadagi elchisi boʻlib ishladi.
Muallifning “ Oq kema “ qissasi 1970 -yilda yozilgan bo’lib, asar 7 qisimdan iborat. Asarda Shoxdor ona bug’u, baliq va oq kema kabi ramziy obrazlar qo’llangan. Shoxdor ona bug’u ezgulik, yaxshilik, oliyjanoblik, va qolaversa xalq ramzi, oq kema to’kislik, mehr-u oqibat, diydor ramzi bo’lib, baliq esa bola uchun erk va qudrat ramzidir. Asae qahramonlari quyidagilar: Mo’min chil (u asrarda juda qartayib qolgan, yakka –yu yolg’iz o’g’li urushdan halok bo’lgan , umr bo’yi bir yostiqqa bosh qo’yib yotgan xotinidan ajralgan, eng katta baxtsizligi- uning qizlariga baxt kulib boqmagan deya ta’riflangan), O’rozqul, Bekey bola va boshqalar.
Yozuvchining "Asrga tatigulik kun" romani 1980 yilda yozilgan. Asar chop etilishi bilan butun dunyodagi kitobxonlar tafakkuri va ruhiyatini larzaga keltirdi. Chunki unda odamning qiyofasini belgilovchi asosiy ko’rsatkichlar: o’zlikni anglash, o’zgani tushinish, tarixiy ildizlarni bilish, undan faxrlanish singari tushunchalar ekanligi va bulardan ayrilish mohiyatiga ko’ra odamiylik qiyofasini yo’qotish ekanligi ko’rsatilgandi. Asarda bu masalalar konkret odamlar taqdiri misolida badiiy namoyon etilgan edi. Holbuki, bunday xususiyat sho’ro adabiyoti uchun begona hisoblanardi.
Roman voqealari asosan bir kunda bo’lib o’tadi. Yozuvchi ko’nglining tubidagi eng ezgu tuyg’ular ifoda etilgan bu romanga X asrda yashab o’tgan arman yozuvchisi Grigor Narikatsiyning ” Musibatnoma ” kitobidan ” Bu kitob jismu fig’onimdir mening, Bu kalom jon-u jahonimdir mening” satrlarining epigraf qilib olinishida ham teran ma’no bor. Ch. Aytmatov uchun ham bu roman ” Jon-u jahoni ” ning o’zi edi. Asar chindanda jahonga mashhur yozuvchining ohu-fig’oni, jonini o’rtagan dardlari, alamlari bayoni sifatida yuzaga keldi
" Qiyomat " romanida Akbara bilan Toshchaynar, Iisus Xristos, Avdiy Kallistratov , Guram Jxadze, Buston Urkunchiyev, Bolgariya xor kapellasi bilan boglik, voqea va manzaralarning har biri alohida roman, qissa va hikoyalarga arzigulik syujet boʻla oladi,
Yozuvchining "Birinchi muallim", "Yuzma-yuz", "Jamila" "Alvido, Gulsari", "Oq kema" singari asarlari uning nomini jahonga tanitdi. Adibning "Asrga tatigulik kun", "Qiyomat", "Kassandra tamgʻasi", "Togʻlar qulaganda (Mangu kelinchak) " romanlarida nafaqat bir millat va mamlakatga, balki butun insoniyatga daxldor ma’naviy-axloqiy muammolar aks ettirildi. Shuning uchun ham Chingiz Aytmatov asarlari jahonning 165 tiliga oʻgirilib, 67, 2 million nusxada chop etilgan. Albatta, bu raqamlar toʻxtovsiz koʻpayib boraveradi.
• Chingiz Aytmatov davlat va jamoat arbobi sifatida ulkan ishlarni amalga oshirdi. U Q. Muhammadjonov bilan hamkorlikda ” Fudziyamadagi uchrashuv ” nomli drama yozgan. Adib Qirg’iziston xalq yozuvchisi 1968 -yilda, 1991 -yildan Qirg’izistonning Luksemburg, Belgiyadagi elchisi, 1995 - yildan, Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati asambleyasi Peizidenti bo’lgan.
U mustaqil O’zbekistonning ”Do’stlik ” (1995 ) , ” Buyuk xizmatlari uchun ” ( 1998 ) ordenlari bilan mukofotlangan. Qirg’iziston Respublikasi Chingiz Aytmatov nomidagi ”Oltin medal ” mukofotini tasis etgan ( 1990 ).
Adib O’zbekistonning jahon miqyosida tutgan mavqeyiga yuksak baho berib: ”Qadim o’zbek madaniyatining O’rto Osiyoga ko’rsatgan ta’sirini ko’hna Vizantiyaning qadim Rusga ko’rsatgan ta’siri bilan qiyoslash mumkin ” deb yozgan edi.
Yozuvchi har bir asarining voqeasini hayotdan oladi. Voqealarga sayqal berib, go‘zallashtirib yana hayotga qaytaradi. U o‘z asrlarida mehnatni ulug’laydi. Ayni chog’da mehnatkash inson obrazini juda go‘zal tarzda yaratadi. Shoʻro davrida adib oʻzining "Togʻlar va dashtlar qissasi" asari uchun davlatning eng oliy mukofotiga sazovor boʻlgan edi. Chingiz Aytmatovning deyarli barcha badiiy qilingan. asarlari oʻzbekchaga tarjima
Ulugʻ yozuvchi 2008 - yilning 10 - iyunida sakson yoshida ogʻir kasallikdan vafot etdi.
- Slides: 20