5212021 OZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TALIMI VAZIRLIGI NAVOIY DAVLAT
5/21/2021 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TARIX FAKULTETI “TARIX O’QITISH METODIKASI” kafedrasi “Tarix o’qitish metodikasi” ta’lim yo’nalishi 4 – kurs talabasi RAJABOV KAMOLIDDIN ODIL O’G’LI
ROSSIYA FEDERATSIYASI TARIXSHUNOSLIGIDA SIYOSIY QATAG’ONLAR TARIXINI QIYOSIY TAHLIL QILISH METODIKASI
MUNDARIJA KIRISH. ASOSIY QISM: I BOB. SOVET TUZUMINING QATAG'ONLIK SIYOSATI VA UNING O'ZBEKISTONDAGI OQIBATLARI. 1. 1. Sovet tuzumining qatag'on siyosati boshlanishi. 1. 2. O`zbekistonda milliy arboblar, ma`rifatparvar, yozuvchi va shoirlarning qatag`on qilinishi. II BOB. ROSSIYA FEDERATSIYASI TARIXSHUNOSLIGIDA SIYOSIY QATAG’ONLAR TARIXI. 2. 1. Siyosiy qatag’onlar tarixining manbaviy tahlili. 2. 2. Siyosiy qatag’onlar tarixining tarixshunosligi. XULOSA. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Ushbu mavzu tom ma’noda yangi mavzudir. Sababi sovetlar hukmronligi davrida tarixiy adabiyotlarda bu mavzuni qiyosiy o’rganish tadqiqot ob’ekti qilib umuman qo’yilmagan, nari borsa quloq qilish va surgun etish masalasi, quloqlarni sinf sifatida tugatish komfirqa va sovetlar uchun sotsializm qurishdagi qo’lga kiritgan katta tarixiy voqea, ularning olib borgan siyosatining natijasi, g’alabasi sifatida talqin qilingan. Ittifoq parchalangach esa mazkur masalani yangicha talqin etishda Rossiya Federatsiyasidagi tarixchi olimlardan N. A. Ivnitskiy, V. N. Zemskov kata qadam taashladilar. Ushbu bitiruv malakaviy ishi ana shu olimlarning ilmiy izlanishlari natijasida vujudga kelgan yangi ma’lumotlarni o’rganadi. Mamlakatimizda ham kollektivlashtirish, quloqlashtirish va surgun kabi ommaviy qatag’onlar davri ilmiy tahlil qilishda akademik R. X. Aminova, professor R. T. SHamsutdinov, tarix fanlari nomzodi X. Qurbonov va boshqalar bu borada katta, salmoqli ishlarni amalga oshirdilar.
Tadqiqotning maqsad va vazifalari: Tadqiqotning asosiy maqsadi XX asr 30 40 yillaridagi siyosiy qatag’onlar tarixini Rossiya Federatsiya tarixshunosligida qiyosiy tahlil qilish metodikasini o’rganishdan iboratdir. Shu maqsaddan kelib chiqqan holda tadqiqot oldiga quyidagi vazifalar qo’yildi: v mavzuga doir adabiyotlarni tarixshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilish; v mavzuni ochib berishga xizmat qiluvchi manbalarni tahlil etish; v mavzuni ilmiy o’rganishda arxiv materiallaridan foydalanish; v ushbu davrdagi rasmiy matbout materiallarini xolisona tahlil qilish.
KOLLEKTIVLASHTIRISH, QULOQLASHTIRISH VA SURGUN - SIYOSIY QATAG’ONLARNING ASOSI
Bolsheviklar partiyasining XV syezdi 1927 -yilda qishloq xo'jaligini to'la kollektivlashlirish to'g'risida qaror qabul qildi.
Kollektivlashtirish jarayonida jami 9 mln. kishi quloq qilindi. Xususan, O'zbekistonda quloq qilinganlarning katta qismi Ukrainaning Xerson viloyatiga surgun qilindi. U yerda ular paxta yetishtirishga majbur etildi. Qolgan dehqonlar jon saqlash maqsadida kolxozlarga kirishga majbur bo'ldilar. Majburiy kollektivlashtirish oqibatida qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirish keskin ravishda kamayib ketdi. Natijada 1932— 1933 yillarda ocharchilik bo'ldi va 5 mln. dan ortiq kishi ochlikdan qirilib ketdi.
XX asr 20 yillari yarmiga kelib sovetlar mamlakatining hokimiyat boshqaruv idora tizimida ham keskin o‘zgarish hollari yuz berdi. Stalin asta sekinlik bilan o‘zining yakkahokimligini butun choralar bilan qaror toptirish harakatida bo‘ldi. 20 yillar oxirlarida Stalin tomonidan yangi nazariy qarash sifatida ilgari surilgan «Sotsializm mustahkamlanib borgan sari sinfiy dushman qarshiligi ham kuchayib boradi» degan g‘oya g‘ayriqonuniy xatti harakatlarning avj olishiga olib keldi. Stalin va uning atrofidagilar mamlakat va partiya hayotiga oid har bir masalada o‘z irodasi, hukmini boshqalarga majbur etib, har qanday muxolifatchi qarashlarni, ularning tashuvchilarini mahv etib bordilar.
1937 yil 30 iyulda SSSR Ichki ishlar xalq komissari N. Yejovning "Sobiq quloqlar, jinoyatchilar va boshqa antisovet elementlarni qatag’on qilish bo’yicha opreatsiya to’g’risida"gi 00447 -sonli operativ mutlaqo maxfiy tamg’a ostidagi buyrug’ida qatag’on qilingan, qatag’on bo’lishdan yashirinib yurgan, lagerlardan, surgunlardan va mehnat posyolkalaridan qochib kelgan sobiq quloqlarning katta qismi qishloqlarda o’rnashib qolgani qayd etilgan.
VKP(b) (Butun Ittifoq kommunistik partiyasi) Siyosiy byurosi 1937 yil 2 iyulda "Sovetlarga qarshi unsurlar to’g’risida" qaror chiqarib, "katta terror" siyosatini boshlanishiga start berdi desa bo’ladi. Ana shu qaror asosida NKVD 00447 sonli "Quloqlar to’g’risida buyruq" chiqardi. Unga ko’ra, 1937 yil 5 avgustdan 1938 yil noyabr o’rtalarigacha maxsus tashkil etilgan "uchlik"lar kamida 800 000 kishini, ulardan yarmini otuvga hukm qilganlar. 1937 yil avgustidan NKVD milliy operatsiyalar o’tkazish bo’yicha yana bir necha buyruqlar qabul qiladi. Bu bilan 1937 1938 yillardagi terror qurbonlari soni deyarli 350 ming kishiga ko’paytirib yuboriladi.
Moskva yonidagi Dmitrov lagerida 1933 1938 yillari ko’plab o’zbekistonlik mahbuslar, sobiq quloqlar. "ikkinchi besh yillikning buyuk qurilishi" hisoblangan Moskva Volga kanali qurilishida faol qatnashganlar, ularning ko’plari o’lib ketgan, ma’lum qismi kanal qurilib, ishga tushgandan so’ng takroran qatag’on qilingan. Ulardan 51 kishi 1937 1938 yillari otilib Butovo poligoniga ko’milgani aniqlandi. 3 3 Р. Шамсутдинов ва бошқалар. Тарихнинг ҳасратли саҳифалари. - Т. : Шарқ, 2005. – Б. 227 -278.
Maxsus idora 1937 1938 yillarda yanada kengaygan, xodimlar miqdori ham ko’paygan va uning okruglarda bo’limlari ham bo’lgan. Poytaxt Toshkentda "uchlik" tomonidan otuvga hukm qilingan mahbuslar Toshkent turmasida yoki siyosiy mahbuslar uyida saqlanayotgan bo’lsa, ular Yunusoboddagi qatlgohlarda, hozirgi SHahidlar xotirasi majmuasi joylashgan joyda otilgan.
Rossiya Federatsiyasi Fanlar akademiyasi Rossiya Tarix institutining yetakchi ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori V. N. Zemskov ko’p yillar mobaynida quloqlar surguni mavzuida tadqiqot ishlari olib bordi, ko’p labmaqolalar e’lon qildi. Uning monografiyasida o’sha ilmiy maqolalar umumlashtirilgan, tizimga solingan. Kitob to’rt bobdan iborat bo’lib, birinchisida 1930 yillardagi quloqlar surguni, ikkinchisida urushgacha va urush yillaridagi deportatsiya va maxsus qishloqlar tizimi, uchinchisida urushdan keyingi vaqtdagi (1946 1953) maxsus ko’chkindilar, to’rtinchisida esa sobiq quloqlarning maxsus posyolkalardan, maxsus komendaturalardan ozod bo’lishi masalalari katta va keng ko’lamdagi arxiv manbalari asosida ochib berilgan. Unda O’rta Osiyoga doir materiallar ham mavjud.
Markazning o‘tkir shamshiri va po‘lat qalqoni hisoblangan Davlat siyosiy boshqarmasi (ГПУ), Ichki ishlar xalq komissarligi (НКВД) kabi jazo organlari va ularning jallodlari uchun ilg‘or, taraqqiyparvar ziyo lilarni hibsga olish, ularning faoliyati uchun yo‘q ayblarni to‘qib chiqarish, uydirmalarni «yasash» hech gap emasdi. Qatag‘on davrida tuzilgan «uchlik» har qanday vallomat, pokdomon zotni ham bir lahzada «gunohi azim» ga g‘arq qilib, uni og‘ir jazoga mahkum eta olardi. «Uchlik» — bunda siyosiy boshqarma vakili, ichki ishlar xodimi va mahalliy hokimiyat vakili nazarda tutiladi.
Xulosa shuki… Siyosiy qatag’onlar tarixi sovet davri tarixshunosligidagi eng ko’p tadqiq etilgan, ayni paytda har tomonlama soxtalashtirilgan, mavzularidan biridir. Kollektivlashtirsh, quloq va surgun qilish Stalin ta’biri bilan aytganda, sinfiy dushman qarshiligini sindirish uchun olib borilgan siyosatdir. Shuning uchun XX asrning 30 -40 -yillaridagi bu davr umumiy nom bilan siyosiy qatag’onlar davri nomi bilan tarix sahifalaridan joy olgan. Rossiya Federatsiyasi Fanlar akademiyasi yetakchi ilmiy xodimlari V. N. Zemskov hamda N. A. Invitskiylarning ilmiy tadqiqotlarini arxiv fondlarida saqlanayotgan tarixiy hujjatlarga asoslangan. Ammo bu tadqiqotlar butun sobiq Ittifoq miqyosidagi siyosiy qatag’onlarni yoritishini hisobga olsak, mamlakatimiz arxiv fondlaridagi materiallar bilan qiyosiy solishtirib, umumlashtirib chiqilsa O’zbekistonda o’tkazilgan kollektivlashtirish, quloq va surgun qilish kabi ommaviy qatag’onlarni qanday olib borilganligini, aybsiz aybdorga aylangan begunoh kishilarni taqdirini ochib berishi mumkin.
E’TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR!!!
- Slides: 18