5 mavzu Kasbiy pedagogik fantaziya xayol Reja 1

  • Slides: 8
Download presentation
5 -mavzu: Kasbiy pedagogik fantaziya (xayol)

5 -mavzu: Kasbiy pedagogik fantaziya (xayol)

 Reja: 1. Pedagogik xayolotning mohiyati va maqsadga qaratilganligini aniqlashga doir mashqlar. 2. O’qituvchi

Reja: 1. Pedagogik xayolotning mohiyati va maqsadga qaratilganligini aniqlashga doir mashqlar. 2. O’qituvchi kasbiy xayolatining undividual o’ziga xosliklarini aniqlashga doir mashiqlar. 3. Kasbiy pedagogik xayolatni rivojlantirishga doir mashqlar. Adabiyotlar ro’yxati: 1. Asqarova O’. Pedagogikadan amaliy mashqlar va masalalar. O’quv uslubiy qo’llanma. – T. : “Istiqlol”, 2008. 38 39 40 60 betlar. 2. R. I. Ivanov, M. E. Zufarova Umumiy psixologiya darslik. O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti. – T. : 2008. 165 185 bet. 3. N. Erkaboyeva, M. Usmonboyeva, M. Irgashova, N. Xujanazarova. Pedagogik mahorat; seminar va laboratoriya mashg’ulotlari uchun ishlanmalar. (O’quv metodik qo’llanma) – T. : 2012. 72 bet. 4. D. A. Abduraximova, R. A. Mavlanova. Pedagogik mahorat. (O’quv qo’llanma). – T. : 2013. 159 165 bet

“Kasbiy pedagogik fantaziya (xayol)” mavzusiga doir “Blits-so’rov” savollari 1. 2. 3. 4. 5. 6.

“Kasbiy pedagogik fantaziya (xayol)” mavzusiga doir “Blits-so’rov” savollari 1. 2. 3. 4. 5. 6. 7. 8. Kasbiy pedagogik xayol nima? Fantaziya deganda nimani tushunasiz? Kasbiy pedagogik xayol bilan fantaziyaning biridan farqi bormi? Kasbiy pedagogik xayol ong, tasavvur tushunchalarining biri bilan qanday aloqadorligi mavjud? Kasbiy pedagogik xayolni boshqarishda tafakkurning o’rni qanday? Kasbiy pedagogik ixtiyoriy va ixtiyorsiz xayolni biridan farqi nimada? Pedagogik jarayonda “orzu” va “shirin xayol” turlari biriga o’xshashmi, izohlang? Kasbiy pedagogik tassavur va ijodiy xayol deganda nimani tushunasiz?

1 -masala: Pedagogika Universiteti Adabiyot fakulteti 4 kurs talabasi Nigora Aliyeva amaliyot jarayonida. 5

1 -masala: Pedagogika Universiteti Adabiyot fakulteti 4 kurs talabasi Nigora Aliyeva amaliyot jarayonida. 5 “b” sinf o’quvchilariga «Ona tili» dan dars o'tmoqchi edi. 2 chorak yaqinlashgan, bolalarning charchaganligi sezilib turadi. Birdan tashqarida sharros jala quyib yubordi. Shiddat bilan yog'ayotgan yomg’ir bolalar diqqatini o’ziga tortdi. Yomgir, yomg‘ir, deb shodlanib, sakray boshladilar bolalar. Nigora bunga javoban, derazani ochishni buyurdi, tashqaridan kirgan yoqimli havo dimoqqa urilib, barchani bahri dilini yana ham ochib yubordi. Ko‘rayapman, dedi Nigora kulib; barchangizning kayfiyatingiz chog’. Kelinglar, mana shu tasodifiy shodlikni qo‘ldan bermaymiz, buning uchun biz «Shodlik yomg‘iri» mavzusida insho yozamiz. Mavzu nomini o'zgartirishingiz mumkin. • Men uning sarlavhasini «Yomg‘ir nima haqida shivirlaydi? » deb qo‘ysam maylimi? — so‘radi o‘quvchilardan biri. • Mayli. . . Hozir hammasi mumkin. Siz hozirgi hodisa haqida qanday o‘ylasangiz, uni qanday xayoliy tasavvur qilib, his etsangiz, xuddi o'shanday yozing.

 2 -masala: Adabiyot darsida o‘quvchilar adabiy chizgining yaratilishi ustida ishlashardi. O‘qituvchi o'quvchilaming har

2 -masala: Adabiyot darsida o‘quvchilar adabiy chizgining yaratilishi ustida ishlashardi. O‘qituvchi o'quvchilaming har biriga ularning o‘zlariga yaqindan tanish bo'lgan kishilarning tashqi qiyofasini tasvirlashni tavsiya qildi. Barcha bolalar yozishdi o‘qituvchi kim yozib bo‘lgan bo'lsa, o'qita boshladi. Shu payt bir o‘jar bola ruxsat so'rab o‘z yozganlarini o'qiy boshladi. O‘qituvchi esa sekingina «oh» deb yubor di: o'quvchi tasvirida uning ko‘rimsiz tashqi qiyofasidagi alomatlar shunchalik mohirlik bilan qamrab olingan ediki, u gap kim to‘g‘risida ketayotganiligini darhol payqadi, Ha, u o’zini tanidi! Baqirib yuborgisi, bu yaramas bolani jim bo‘lishga majbur qilgisi, sinfdan qochib chiqib ketgisi keldi.

 3 -masala: Siz o‘qituvchisiz. Sinfdagi hamma o‘quvchilar sizni hurmat qiladi. Dars o‘tayapsiz. Dars

3 -masala: Siz o‘qituvchisiz. Sinfdagi hamma o‘quvchilar sizni hurmat qiladi. Dars o‘tayapsiz. Dars jarayonida ikki nafar qizning boshqa narsa bilan shug'ullanib o'tirganini sezib qoldingiz. Qizlarga bildirmay ularning oldiga borasiz. Qizlar kulgili rasm chizgan, rasmning ostiga sizning ismingizni yozib qo‘yishgan edi.

 “Xayolan tasavvur qilish” mashqi Mashqni bajarish sharti: ko’zni yumgan xolda bo’lib, mashq yakunlanguniga

“Xayolan tasavvur qilish” mashqi Mashqni bajarish sharti: ko’zni yumgan xolda bo’lib, mashq yakunlanguniga qadar ko’z ochilmaydi. Mashqni bajarish: Ko’zlaringizni ohista yumib, o’zingizni sokin osoyishta tabiat qo’ynida deb tasavvur qiling. Quyosh botmoqda. Ufq, tobora qizg’ish tusga kirib boryapti. Maysalar yam yashil, osmon ko’m ko’k. Samoda faqat qushlarning sayrashi, chigirtkalarning chirillashi, qurbaqalarning qurullashi eshitiladi. Uzoqda, qayerdadir sharaning shovullashi eshitilmoqda. Asta sekin shara ovozi kelgan tomonga yuring. Juda ham yengil, xuddi uchib borayotgandek harakat qiling, sharaga yaqinlashasiz. Sharsharaning ovozi tobora kuchayadi. Unga yaqinlashganingiz sari yuzingizga mayin, iliq suv tomchilari urilayotganligini xis qilasiz. Sekin asta sharaning ostiga o’tasiz. Ustingizdan yoqimli, iliq suv quyiladi. O’zingizni tobora yengil xis etasiz. Hatto shunday tuyuladiki, Siz_ sharaga qo’shilib ketgandeksiz, go’yo. O’zingizni tobora osmonga ko’tarilayotgandek xis etasiz. Tanangiz mayin suvdan yayraydi, butun organizmingizdan ruhiy va jismoniy charchoqlar chiqib ketayotganligini sezasiz. Ruhingiz tobora sokin bo’lib boradi. Asta sekin shara ostidan chiqasiz. Botayotgan quyoshning so’nggi nurlari tanangizga urilganligini xis qilasiz. Sizga shunday tuyg’uni hadya etgan borliqqa, tabiatga, Yaratganga shukronalik xissini tuyasiz. Ohista ko’zingizni ochasiz, darhaqiqat, juda yengil bo’lib qolganingizni sezasiz.

 Uyga vazifa: Pedagogning kasbiy kompetentligining tuzilishi va mazmuni Reja: 1. “Kompetentsiya” va “kompetentlik”

Uyga vazifa: Pedagogning kasbiy kompetentligining tuzilishi va mazmuni Reja: 1. “Kompetentsiya” va “kompetentlik” tushunchalari. 2. Kompetentsiyaning turlari. 3. Pedagogning kasbiy kompetentligining tuzilishi va mazmuni. Mustaqil ta’lim topshirig’i: Pedagogning kasbiy kompetentligining tuzilishi va mazmuni • Topshiriq: • Kasb odobining tarkibiy qismlariga nimalar kiradi? • Pedagogik faoliyatning axloqiy jihatlari nimalarni o’z ichiga oladi? • 3. “O’qituvchi odobi” kitobidagi o’qituvchi mahorati haqida aytilgan fikrlarni konspekt qilish. • Adabiyot: M. Ochilov. N. M. Ochilova “O’qituvchi odobi” Toshkent O’qituvchi 1997 yil. •