48 Burchak Togri va yoyiq burchak 48 1
48. Burchak. To‘g‘ri va yoyiq burchak 48. 1. Burchak tushunchasi О nuqtadan chiquvchi ikkita OA va OB nurdan iborat shaklga burchak deb ataladi (1 - rasm). О nuqta burchakning uchi, OA va OB nurlar esa uning tomonlari deb ataladi. АВ to‘g‘ri chiziqda О nuqtani belgilaymiz (2 - rasm). Natijada, OA va OB nurlar hosil bo‘ladi. Bu nurlar yoyiq burchakni aniqlaydi.
� Agar AOE va EOB burchaklar teng bo‘lsa. OE nur AOB burshakni teng ikkiga bo‘ladi. Bu holda OE nur AOB burchakning bissektrisasi deb ataladi.
48. 3. To‘g‘ri burchak Qog‘oz varag‘ini 7. a- rasmda ko‘rsatilganidek, ikki marta buklaymiz. So‘ng ochamiz. Bukish chiziqlan 4 ta teng burchaklarni hosil qiladi (7. brasm). Bu burchaklar to‘g‘ri burchaklar deb ata. Iadi. Ko‘rib turganigizdek, ularning har bin yoyiq bur -chakning yarmiga teng. To‘g‘ri burchak yoyiq burchakning yarmiga teng.
Bir tomoni OA nurdan iborat to‘g‘ri burchak chizish uchun: 1) uchburchakli chizg‘ichning to‘g‘ri burchakli uchini О nuqtada, bir tomoni esa OA nurda yotadigan qilib qo‘yiladi. 2) chizg‘ichning ikkinchi tomoni bo‘ylab OB nur chiziladi. Hosil bo‘lgan AOB burchak to‘g‘ri burchak bo‘ladi. Savollarga javob bering! 1. Burchak deb nimaga aytiladi? 2. Burchak qanday belgilanadi? 3. Teng burchaklar deb qanday burchaklarga aytiladi? 4. Yoyiq burchakning yarmi qanday burchak bo‘ladi?
- Slides: 5