47 Foizlarga doir masalalarni yechish 1 misol Abdurahmon

47. Foizlarga doir masalalarni yechish 1 - misol. Abdurahmon kitobning 36 betini o‘qib chiqdi. Bu kitobning 18 foizini tashkil qiladi. Kitob necha betdan iborat? Yechish: Shartga ко‘га kitobning 18 foizi - 36 bet. Unda kitobning 1 foizi: 36 : 18 = 2 betni tashkil qiladi. Endi kitobning hamma betlan sonini ya'ni 100 foizini topamiz. Buning uchun 2 ni 100 ga ko‘paytiramiz: 2*100 = 200 (bet). Javob: Kitob 200 betdan iborat. 2 - misol. Saylovda 11570 kishi qatnashib, bu butun uchastka saylovchilarning 89 foizini tashkil qildi. Saylov uchastkasida qancha saylovchi bor? Yechish: Shartga ko‘ra saylovchilarning 89 foizi - 11570 kishi. Unda saylovchilarning 1 foizi: 11 570 : 89 = 130 kishini tashkil qiladi. Barcha saylovchilar sonini topish uchun 130 ni 100 ga ko‘paytiramiz: 130*100= 13 000 (kishi). Javob: Saylov uchastkasida 13 000 saylovchi bor.


5 -misol. Abdullayev bankka 50 000 so‘m pul qo‘ydi. Bank Abdullayevga bu pulni 1 yilda 25 foizga ko‘paytirib qaytaradigan bo‘ldi. Bir yilda Abdullayev puli qanchaga ko‘payadi? U bankdan 1 yildan keyin qancha pul qaytarib oladi? Yechish: Omonatning - 1 foizi: 50 000 : 100 = 500 (so‘m); 25 foizi: 500*25 = 12 500 (so‘m) bo‘ladi. Demak, Abdullayevning omonati 1 yilda 12 500 so‘mga ko‘payib, u yil oxirida bankdan 50 000 + 12 500 = 62 500 so‘m qaytarib oladi. Javob: 12 500 so‘m, 62 500 so‘m. 6 -misol. Do‘kondagi 30 000 so‘mlik ko‘ylak narxi 15 foizga arzonlashtirildi. Ko‘ylak narxi qanchaga arzonlashdi? Ko‘ylakning yangi narxi necha so‘mni tashkil qiladi? Yechish: Ko‘ylak narxining 1 foizi: 30 000 : 100 = 300 (so‘m); 15 foizi: 300*15 = 4 500 (so‘m) bo‘ladi. Demak, ko‘ylak narxi 4500 so‘mga arzonlashib, yangi narx 30 000 4500 = = 25 500 so‘mni tashkil qilgan. Javob: 4 500 so‘m, 25 500 so‘m.

7 - misol. Bozorda go‘sht narxi — 15 000 so‘m bo‘lib, u 10 foizga qimmatlashdi. Go‘shtning yangi narxi qancha bo‘ladi? Yechish: Go‘sht narxining 1 foizi: 15 000 : 100 = 150 (so‘m); 10 foizi: 150*15 = 2250 (so‘m) bo‘ladi. Demak, bozorda go‘sht narxi 2250 so‘mga qimmatlashib, yangi narx 15 000 + 2250 = 17 250 so‘mni tashkil qilgan. Javob: 17 250 so‘m. Savollarga javob bering! 1. Sonning foiziga ko‘ra o‘zi qanday topiladi? 2. Bir son ikkinchi sonning necha foizini tashkil qilishi qanday topiladi?
- Slides: 4