46 Foiz haqida tushuncha Qadimdan turmushda kop ishlatiladigan

  • Slides: 4
Download presentation
46. Foiz haqida tushuncha Qadimdan turmushda ko‘p ishlatiladigan ulushlar maxsus nomlar bilan atalgan. Masalan,

46. Foiz haqida tushuncha Qadimdan turmushda ko‘p ishlatiladigan ulushlar maxsus nomlar bilan atalgan. Masalan, ikkidan birni - yarim, to‘rtdan birni - choragi, sakkizdan birni - nimchorak deb atalishini bilamiz. Yuzdan bir ham maxsus nom bilan yuritiladi va u foiz deb ataladi. «Foiz» so‘zi radio va televideniya xabarlari orqali tez-tez qulog‘ingizga chalingan bo‘lsa kerak. Masalan, saylovga saylovchilarning 93 foizi qatnashdi, oylik maoshlar 20 foizga oshirildi, shahar transportida yurish chiptasi narxi 10 foizga oshirildi. Miqdorning (sonning) yuzdan bir ulushi uning bir foizi deb ataladi. Masalan, 400 km ning 1 foizi - 4 km, chunki 400 ning yuzdan bir ulushi: 400 : 100=4. 1 kg ning 1 foizi - 10 g, chunki 1 kg = 1000 g va 1000 ning yuzdan bir ulushi: 1000 : 100 = 10. 350 ning 1 foizi - 3, 5, chunki 350 ning yuzdan bir ulushi: 350: 100 = 3, 5. Ba'zida «foiz» so‘zi o‘rniga qulaylik uchun «%» belgi ishlatiladi.

1 foiz — sonning (miqdorning) yuzdan bir ulushi bo‘lgani uchun, bu sonning (miqdorning) o‘zi

1 foiz — sonning (miqdorning) yuzdan bir ulushi bo‘lgani uchun, bu sonning (miqdorning) o‘zi - 100 foizga teng bo‘ladi. Shunday qilib, 1 -misol. Asakadagi avtomobil zavodi bir haftada 840 ta avtomobil ishlab chiqardi. Ularning 20 foizi «Spark» avtomobilidir. Zavod bir haftada nechta «Spark» avtomobili ishlab chiqargan? Yechish: 840 ta avtomobilni 100 % desak, uning 1 foizi, yani yuzdan bir ulushi: 840: 100 = 8, 4. Avtomobillarning 20 foizini topish uchun 8, 4 ni 20 ga ko‘paytiramiz : 8, 4 * 20 = 168. Javob: Asaka zavodi bir haftada 168 ta «Spark» avtomobili ishlab chiqargan. 2 - misol. Novvoyxonada yopilgan 1800 ta nonning 75 foizi ertalab sotildi. Ertalab nechta non sotilgan?

� Sonni foizga aylantirish uchun uni 100 ga ko‘paytirish kifoya. Foizni songa aylantirish uchun

� Sonni foizga aylantirish uchun uni 100 ga ko‘paytirish kifoya. Foizni songa aylantirish uchun esa uni 100 ga bo‘lish kifoya.

Savollarga javob bering! 1. Foiz deb nimaga aytiladi? 2. Miqdorning yuzdan bir ulushi -

Savollarga javob bering! 1. Foiz deb nimaga aytiladi? 2. Miqdorning yuzdan bir ulushi - 1 % bo‘lsa, miqdorning o‘zi necha foiz bo‘ladi? 3. Sonning foizi qanday topiladi? 4. O‘nli kasrni foizga aylantirish uchun nima qilish kerak? 5. Foizni o‘nli kasrga aylantirish uchun nima qilish kerak?