36 DARS MUSBAT VA MANFIY SONLAR BUTUN SONLAR

36 -DARS. MUSBAT VA MANFIY SONLAR. BUTUN SONLAR HAQIDA TUSHUNCHA Biz shu vaqtgacha natural sonlar, oddiy va o‘nli kasrlarni o‘rgandik. Son o‘qida tasvirlaganda bu sonlar sanoq boshidan o‘ng tomonda joylashgan edi. Hisob boshi O nuqtaga esa nol soni (0) mos keladi. Biz o‘rgangan sonlar son nurida noldan o‘ng tomonda joylashgan (12 - rasm). Son o‘qida qaysi son boshqasiga qaraganda o‘ngda bo‘lsa, o‘sha son katta bo‘lishini bilasiz. Demak, biz bilgan natural sonlar, oddiy va o‘nli kasrlar noldan katta sonlardir. Ammo ko‘pgina hayotiy, amaliy masalalarni yechishda tabiatan yangi sonlarni kiritishga ehtiyoj seziladi. 1 - misol. Ob-havo ma'lumotlarini aytganda elevideniya suhandoni “temperatura 5 daraja sovuq bilan 3 daraja iliq orasida” deyishi bilanoq ekranda -5°. . . +3° yozuvi paydo bo‘ladi (“°” - daraja belgisi).

Termometrdagi rangli belgi (suyuqlik) “-2” oldida to‘xtasa, bu havo temperaturasi 2 daraja sovuq ekanini bildiradi. Musbat sonlar oldiga minus (-) ishorasini qo‘ysak, manfiy sonlar hosil bo‘ladi.

0 soni musbat son ham emas, manfiy son ham emas. Manfiy sonlar faqatgina dengiz, okeanning chuqurliklari yoki tem-peratura o‘zgarishinigina emas, balki qarz, zarar deb ham talqin qilinishi mumkin. . , -3, -2, -1, 0, 1, 2, 3, . . . sonlar qatori butun sonlar qatori deyiladi. Butun sonlar qatorida 0 sonidan o‘ngda joylashgan 1, 2, 3, . . . sonlar natural yoki butun musbat sonlar deb ataladi. Butun sonlar qatorida 0 sonidan chapda joylashgan -1, -2, -3, . . . sonlar butun manfiy sonlar deyiladi. Odatda, {. . . , -2, -1, 0, 1, 2, . . . } to‘plam butun sonlar to‘plami deyiladi va Z harfi bilan belgilanadi: Z={. . . , -2, -1, 0, 1, 2, . . . }. Shunday qilib, butun sonlar to‘plami barcha natural sonlar, butun manfiy sonlar va nol sonidan tashkil topgan.
- Slides: 3