3 MAVZU Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy printsiplari Reja
3 -MAVZU. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy printsiplari Reja: • Davlat suverenitet va uning konstitutsiyaviy asoslari • Xalq hokimiyatchiligining konstitutsiyaviy asoslari • Konstituttsiya va qonunning ustunligi Tashqi siyosatning Konstituttsiyaviy asoslari
Tinglovchilar e’tiborini jalb etish va bilim darajalarini aniqlash uchun tezkor savollar: 1. ”Suverenitet” so’zi qanday ma’noni anglatadi? 2. Xalq hokimiyatchiligi deganda nimani tushunasiz? 3. Qonun ustuvorligi nima? 4. O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining qanday printsiplari bor?
«Suverenitet - davlatning o’zi mustaqil ravishda, chetdan hech kimning aralashuvisiz o’zining ichki va tashqi siyosatini belgilay olishini ko’rsatuvchi, XVI asrdayoq Ovrupoda milliy mustaqil davlatlarning tashkil topish davrlarida tarkib topgan tushunchadir» .
Davlat suvereniteti quyidagilardan iborat: mazkur davlat fuqarolarining uning suvereniteti yuzasidan iroda izhoridan; boshqa suveren davlatlar tomonidan ushbu davlatning xalqaro huquq sub’ekti deb tan olinishi va u bilan diplomatik munosabatlarni o’rnatishidan; xalqaro tashkilotlarga kirishidan; xalqaro shartnomalarni imzolab, ratifikatsiya qilgandan keyin davlatning butun hududida o’z majburiyatlarini bajara olish qobiliyatidan; inson huquqlarini tan olishi va muhofaza etishidan
"Xalq hokimiyatchiligi" atamasi yunoncha "demokratiya"so’zining o’zbek tiliga tarjimasi bo’lib, bu ibora ilk bora yunon shahar davlatida paydo bo’lgan va keyinchalik butun dunyoga tarqalgan. Demokratiya so’zi "demos" xalq va "kratos" hokimiyat so’zlarining birikmasidan tuzilib, "xalq hokimiyatchiligi" deganidir.
O’zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan bo’lgan munosabatlari xalqaro huquqning quyidagi umume’tirof etilgan me’yorlariga asoslanadi. davlatlarning suveren tengligi kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid solmaslik chegaralarning daxlsizligi nizolarni tinch yo’l bilan hal etish boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik
Nazorat savollari: 1. Davlat kimning irodasini ifoda etadi? 2. O’zbekiston Respublikasi insonparvar, demokratik, huquqiy davlat barpo etishni ko’zlashi Konstitutsiyamizning qaysi qismida keltirilgan? 3. Qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o’rnatilishi mumkin? 4. Davlat organlari va mansabdor shaxslar kimning oldida mas’uldirlar? 5. O’zbek xalqini kimlar tashkil etadi? 6. Xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalarining ustunligi Konstitutsiyaning qaysi qismida tan olingan? 7. Davlat kimning manfaatiga xizmat qiladi?
- Slides: 7