22 Yuz Togri tortburchak va kvadrat yuzi formulalari
22. Yuz. To‘g‘ri to‘rtburchak va kvadrat yuzi formulalari Shakllar yuzini o‘lchash uchun turli o‘lchov birliklaridan foydalaniladi. Siz yuzning kvadrat millimetr (mm 2), kvadrat santimetr (sm 2), kvadrat detsimetr (dm 2), kvadrat metr (m 2) o‘lchov birliklarini bilasiz. Qishloq xo‘jaligida katta yer maydonlari yuzini o‘lchash uchun gektar (ga) dan foydalaniladi. 1 gektar deb tomoni 100 m bo‘lgan kvadrat yuzi qabul qilingan. Demak, 1 ga = 100 • 100 kvadrat metr yoki Kichikroq yer maydonlan yuzi ar(sotix) da o‘lchanadi. 1 ar bu tomoni 10 m bo‘lgan kvadrat yuzidir. Demak, 1 ar = 10 • 10 kvadrat metr, yoki Yuqoridagilardan, quyidagiga ega bo‘lamiz:
Agar to‘g‘ri to‘rtburchakning bo‘yi va eni metrlarda berilgan bo‘lsa, uning yuzi kvadrat metrlarda ifodalanadi. Agar to‘g‘ri to‘rtburchakning tomonlari turli o‘lchov birliklarda berilgan bo‘lsa, oldin ularni bir xil (odatda eng kichik) o‘lchov birliklariga keltirib, so‘ng yuz hisoblanadi. 1 - misol. Agar to‘g‘ri to‘rtburchakning eni 25 sm, bo‘yi esa 1 m 20 sm bo‘lsa, uning yuzini toping. Yechish. Oldin to‘g‘ri to‘rtburchakning bo‘yini sm da ifodalaymiz: 1 m 20 sm = 120 sm. Unda to‘g‘ri to‘rtburchakning yuzi S = a*b= 120 -25 = 3000 (sm 2). Javob: 3000 sm 2.
Savollarga javob bering! 1. Yuz o‘lchov birliklarini ayting. 2. Gektar va ar nima? 3. Yuz o‘lchov birliklarini bir-biriga bog‘laydigan munosabatlarni yozing.
- Slides: 3