19 Mavzu Maruza Nutqning tovush madaniyaatini tarbiyalash Maruzachi
19 -Mavzu: Ma`ruza Nutqning tovush madaniyaatini tarbiyalash Ma`ruzachi: dotsent p. f. n. D. R. Babayeva
Reja: 1. Nutning tovush madaniyati tushunchalari. 2. Nutning tovush madaniyatiga doir ishlar. 3. Bolalarning har bir yosh bosqichida nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash.
Tayanch tushunchalari: О‘zlаshtiriish - It Be Masterred Tа’sir - Influence Muruvvаt - Humanity Tаsаvvur - Presentation Ijtimoiy - Public Siyosiy - Political Sаdoqаt - Devotion Nаzаriya - Theory Аsosiy - Main Tаmoyil - Obektiv - Lens Yondаshuv - Approach
Adabiyotlar ro‘yhati: 1. Qodirova. F. R. Qodirova R. M. Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. -T. : Istiqlol. 2006 y. 2. Qodirova. F. R. Qodirova R. M. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ikkinchi tilni o’rgatish metodikasi. -T. : Sano-Standart. 2004 y. 3. Babayeva D. R. “Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi” o‘quv qo‘llanma. TDPU: -2017 y.
Nutqning tovush mаdаniyati tushunchаsi Nutq madaniyati – bu tо‘g‘ri sо‘zlay olish, ya’ni nutqiy muloqot shartlari va fikr bildirishdan kо‘zlangan maqsadni hisobga olgan holda hamda barcha til vositalaridan (til vositalaridan, shu jumladan intonatsiya, leksik zahira, grammatik shakllardan) foydalangan holda bayon qilinayotgan mazmunga mos holda gapirishdan iboratdir. Tovush artikulyatsiyasini egallash ancha uzoq va murakkab jarayon bо‘lib, u kо‘pincha besh yil, ba’zan esa yetti yilgacha chо‘ziladi: bu boradagi ishlar muvaffaqiyatli olib borilgan taqdirda bola besh yoshdan boshlab sof sо‘zlay boshlaydi. «Bolalar bog‘chasida tarbiyalash dasturi» bola hayotining yettinchi yiliga kelib – ya’ni, bolalarga о‘qish va yozish о‘rgatish boshlanadigan davrga kelib uning barcha tovushlar artikulyatsiyasini tо‘liq о‘zlashtirishini ta’minlash vazifasini qо‘yadi. Bolalarga tо‘g‘ri talaffuzni о‘zlashtirish vazifasi agarda ular orfoepik talaffuzli shaxslar ichida о‘sayotgan bulsa juda oson hal etilishi (bu holda ularda birinchi kundan boshlab artikulyatsiya bazasi tо‘g‘ri shakllanadi) va ayni paytda u kattalardan shevaga xos yoki xalqona talaffuzdagi sо‘zlarlarni eshitsa bu jarayon juda qiyin kechishi (aniqrog‘i –hech narsani о‘zlashtira olmasligi) mumkin.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda nutq madaniyatini rivojlantirishga doir quyidagi vazifalarni muvafaqqiyatli hal etish lozim: 1) tovushlarni to‘g’ri talaffuz qilishni shakllantirish (bolada avvalo, nutqni eshitish shakllanadi, keyinroq talaffuzni egallaydi); 2) aniq talaffuzni hosil qilish (so‘z va so‘z birikmalarini dona-dona va aniq talaffuz qilish); 3) so‘zni talaffuz qilganda urg’uni to‘g’ri qo‘yish ustida ishlash; 4) nutqni orfoepik jihatdan to‘g’riligi ustida ishlash; 5) nutq sur’atini rivojlantirish; 6) nutqning ifodaliligini shakllantirish; 7) nutqiy aloqa ko‘nikmalarini shakllantirish; 8) nutqiy eshitish ko‘nikmalarini shakllantirish; 9) nutqiy nafas olishni shakllantirish; 10) o‘z fikrini erkin va izchil bayon etish ko‘nikmasini shakllantirish.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini rivojlantirish xilma-xil faoliyat turlarida amalga oshadi: 1) tabiat ob’ektlari bilan tanishtirish mashg’ulotlarida; 2) badiiy asarlar bilan tanishtirish mashg’ulotlarida; 3) savodga o‘rgatishda; 4) o‘yin faoliyatida; 5) ijtimoiy foydali mehnat jarayonida turli ishlarni bajarish asosida. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning nutqini rivojlantirish quyidagi qonuniyatlarni hisobga olishni talab etadi: 1) ona tilida nutqni idrok etish qobiliyati bola nutq organlarining mashqiga bog’liq; 2) nutq ma’nosini tushunish bola tomonidan umumlashtirishning turli darajasining leksik va grammatik til belgilari o‘zlashtirilishiga bog’liq; 3) nutq me’yorini o‘zlashtirish bolada tilni his etishning rivojlanganligiga bog’liq.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqning tovush madaniyatini shakllantirish uchun quyidagi vazifalarni hal etish lozim: 1) bolalarning fonematik eshitishi, mazkur sur’at va ohangni idrok eta olish qobiliyatini asta-sekin rivojlantirib borish; 2) artikulyatsion apparatni rivojlantirish; 3) iboralar vositasida erkin gapira olish qobiliyatini shakllantirish; 4) muomala sharoitiga bog’liq ravishda ovoz balandligi yoki pastligini boshqara olishni tarbiyalash; 5) ona tilidagi barcha tovushlarni to‘g’ri talaffuz qilishga o‘rgatish; 6) har bir tovush, shuningdek, so‘z va iboralarni aniq va ravon talaffuz qilish; 7) so‘zlarni adabiy til orpoefiyasi qoidalariga muvofiq talaffuz qilishga o‘rgatib borish; 8) nutqning maromli sur’atini shakllantirish; 9) nutqning ohangdor va ifodali bo‘lishiga erishish. 10)Babayeva D. R. Tevarak-atrofni o‘rganishda maktabgacha katta yoshdagi bolalarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirish: Pedagogika fanlari nomzodi. . diss. – T. , 2001. – B 25.
Nutq madaniyati deganda, adabiy til normalariga rioya qilish Nutqning tovush madaniyatini shakllkntirish bolalarning boglanishli nutqini rivojlantirishda muhimdir. s-z, p-f, p-b, u-o‘, x-h, q-g’ Nutq jarayonida ketappan – ketayapman, Hojahon – Shohjaxon, Yustam – Rustam, qalga – qarg’a kabi talaffuz etishga yo‘llash, ovoz balandligiga, tovush sur’atiga e’tibor berish metodik jihatdan muhim ahamiyatga ega.
2. Nutqning tovush mаdаniyatigа doir ishlаr Bolаlаrdа tо‘g‘ri vа yaxshi jаrаnglаydigаn nutqni rivojlаntirаr ekаn, tаrbiyachi quyidаgi vаzifаlаrni hаl etishi zаrur: -bolаlаrdа tinglаsh qobiliyatini tаrbiyalаsh, uning komponentlаrini, ya’ni: tinglаsh e’tibori (biron-bir tovushni jаrаnglаshigа qаrаb qаndаy tovush ekаnligini vа uning yо‘nаlishini аniqlаy olish), fonemаtik tinglаsh, mаzkur nutq sur’аti vа ritmini qаbul qilа olish qobiliyatlаrini аstаsekin rivojlаntirib borish; -аrtikulyatsiya аppаrаtini rivojlаntirish; -nutqiy nаfаs olish ustidа ishlаsh, ya’ni iborаlаr bilаn erkin sо‘zlаy olish uchun qisqа nаfаs olish vа dаvomli nаfаs chiqаrishni о‘rgаtish; -onа tilining bаrchа tovushlаrini tо‘g‘ri tаlаffuz qilishni shаkllаntirish ; -muloqot shаroitidаn kelib chiqqаn holdа ovoz bаlаndligini boshqаrish qobiliyatini tаrbiyalаsh; -normаl nutq sur’аtini shаkllаntirish, ya’ni sо‘zlаr vа iborаlаrni nutqni tezlаshtirmаy vа sekinlаshtirmаy sekinlik bilаn hаmdа shu bilаn birgа tinglovchigа аniq tushunish imkoniyatini yarаtgаn holdа tаlаffuz qilishni о‘rgаtish; -hаr bir tovushni, shuningdek sо‘zlаr vа iborаlаrni аniq vа tushunаrli tаlаffuz qilishgа, umumаn yaxshi tаlаffuzgа odаtlаnish; -sо‘zlаrni о‘zbek аdаbiy tilining orfoepiyaqoidаlаri meyorlаrigа mos holdа tаlаffuz qilishni rivojlаntirish;
3. Bolаning hаr bir yosh bosqichidа nutqning tovush mаdаniyatini tаrbiyalаsh Bir yarim yoshdan 3 yoshgacha bо‘lgan bolalarda nutqni tushunish tez rivojlanadi, lug‘at boyligi keskin ortadi, sо‘z tarkibi takomillashadi. Ular dastlab tovush birikmalarini, sо‘ngra esa oddiy iboralar, kichik she’rlarni oson takrorlaydilar. 2 -3 yoshli bolalar bilan ishlashda tovushga taqlid qilish murakkablashadi, xususiyatlariga kо‘ra turlicha bо‘lgan tovushlarni о‘z ichiga oladi, masalan: pish-pish, qu-qu va h. k Tovushga taqlid qilishni turli ish shakllariga qо‘shish bolalarning nafaqat turli kо‘rinishdagi tovushlarni tо‘g‘ri talaffuz qilishlarini aniqlash va mustahkamlashga yordam beradi, balki yaxshi diksiyaga erishishda, ya’ni ularning tovushlar hamda sо‘zlarni aniq va tushunarli qilib talaffuz etishlariga erishishda ham kо‘maklashadi. Aynan bir xil tovush taqlidlarini bir necha marta qо‘shib talaffuz qilish nutqiy nafasning rivojlanishiga yordam beradi, ularning turli balandlikda talaffuz qilish bolaning ovoz apparatini rivojlantiradi. 3 yoshdan 5 yoshgacha bо‘lgan davrda bolalarning nutqi rivojlanishda davom etadi. Ushbu yoshda lug‘at yig‘iladi, aniqlashtiriladi va takomillashtiriladi. Bolalar sо‘zlarni mazmuniga qarab aniqroq ayta boshlaydilar. Ular grammatik shakllardan tо‘g‘ri foydalana boshlaydilar, kichik ertaklar, hikoyalarni mantiqiy izchilikkda hikoya qilish va suratlar mazmunini aytib berishga qodir bо‘ladilar.
I. «Tulki, quyon va xo‘roz» xalq ertagi: Bola mazkur ertak mazmunini qabul qilib tushundimi? Bola ko‘rgazma asosida ertak mazmunini so‘zlab bera oladimi? Bola ertak mazmunini ko‘rgazmali vositasiz so‘zlay oladimi? Bolalarga ertak o‘qib berilgandan keyin bir kun o‘tib, har bir bola bilan ushbu ertak bo‘yicha tajriba uchun suhbat o‘tkazildi. Ertak yuzasidan quyidagi savollar berildi: 1. Tulkining uyi quyonning uyidan nimasi bilan farq qiladi? 2. Nimaga tulki quyonni uyidan haydab chiqardi? 3. Xo‘roz quyonni qanday qilib qutqardi? Savollardan ko‘rinib turibdiki, birinchi savol ertakdagi parchani qayta hikoya qilib berishga qaratilgan bo‘lsa, ikkinchi savolimiz ertak bo‘yicha bola o‘z fikrini bildirishga qaratilgan. Uchinchi savolimiz esa, nutqning ifodaviyligini talab etadi.
II. Rivoyat. Bir kampirning o‘g’li bor ekan. Uning xotini va to‘rt yoshli o‘g’li bor ekan. Nabira buvisini nihoyatda yaxshi ko‘rarkan. Har kuni kelin ovqat pishirib qaynonasiga yog’och kosa, yog’och qoshiqda ovqat berar ekan. Nabira buni kuzatib borar va ajablanar edi. Bir kuni kelin o‘g’li yog’ochdan nimadir yasayotganini ko‘rib qolibdi. - Nima yasayapsan, bolam? deb so‘rabdi onasi. - Siz bilan otamga tovoq yasayapman. Katta bo‘lganimda sizlarga shunda ovqat beraman, debdi o‘g’il. Kelin o‘z qilmishidan pushaymon bo‘lib, qaynonasiga mehribon bo‘la boshlabdi. Bir kunday so‘ng har bir bolaga mazkur rivoyat bo‘yicha quyidagi savollar berildi: – Kelin qaynonasiga ovqatni nimada berar edi? – Kelin o‘g’li yog’ochdan nimadir yasayotganini ko‘rib, nima qilayapsan bolam, deb so‘raganda qanday javobni eshitdi? – Keyin nima bo‘ldi?
Jonlantirish uchun savollar: 1. «Nutq madaniyati» atamasi nimani anglatadi? 2. Bolalar bog‘chasida nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash borasidagi vazifalarni aniq misollar orqali tushuntirib bering. 3. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashga doir ishlarning qaysi bо‘limlarini bilasiz? 4. Bolalarning nutqni tinglash qobiliyatini rivojlantirishga doir ishlar mazmunini aniq misollar yordamida tavsiflab bering. 5. Artikulyatsiya apparati harakatchanligini qanday qilib rivojlantirish mumkin? 6. Nutqiy nafas olishni rivojlantirish borasidagi ishlar nutq uchun qanday ahamiyatga ega? Nima uchun shunday deb о‘ylaysiz?
Nutq o`stirish metodika faninig predmeti Nutq o`stirish metodika faninig маqsadi Nutq o`stirish metodika faninig маzmuni меtodlari Nutq o`stirish metodika faninig vazifalari
- Slides: 27