1 Qishloq xojaligi ishlab chiqarishini tashkil etishning ilmiy
1 -мавзу. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishning ilmiy – uslubiy asoslari. Reja: 1. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish fanining predmeti, vazifalari va uslubi. 2. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyotida agrar munosabatlarning o’ziga xos xususiyatlari. . Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida resurslarni cheklanganligi, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlari, qonuniyatlari va tamoyillari 3. 4. Agrar sohada iqtisodiy islohotlarnng asosiy yo’nalishlari. “Yer kodeksi”, “Qishloq xo’jaligi kooperativi (shirkat xo’jaligi) to’g’risida”, “Fermer xo’jaligi to’g’risida”, “Dehqon xo’jaligi to’g’risida”gi qonunlarning, Prezident Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlarining mazmuni
Xorijiy adabiyotlar: 1. Agrarmanagement Jens Pape, Clemens Morath, Reiner doluschitz ISBN-10: 3 -8252 -3587 -4, EAN: 978382523587 2. Barrick, R. K. Harmon, H. L. Animal Production and Management Ed: Gregg Division Mc. Graw-Hill (1988 -02 -01) ISBN 10: 007003852 X / ISBN 13: 9780070038523 3. Connor, D. J. ; Loomis, R. S. ; Cassman, K. G. 2011. Grop Ecology. Productiviti and Management in Agricultural Systems. University Press ISBN: 9780521744034. 4. Modernes Agrarmanagement: Betriebswirtschaftliche Analyse-und Planungsvefahren Mu. Bhoff, Hirschauer (2013) 3. Auflage, Vahlen -Verlag, Munchen.
1. 1. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish fanining predmeti, vazifalari va uslubi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish bu - qishloq xo’jaligi korxonalari va agrosanoat tizimining boshqa sohadagi tashkilotlar bilan o’zaro munosabatida samarali faoliyat ko’rsatishi qonuniyatlari, tamoyillari, xo’jalikni yuritish tizimining oqilona tashkil etilishi va joriy etish qonuniyatlari hamda qoidalarini ochib beradigan va ilmiy asoslaydigan fandir.
Demak, qishloq xo’jaligi korxonalari-fanining predmeti esa qishloq xo’jaligi korxonalarida ishlab chiqarishni ilg’or tajribalari va ilmiy asosda tashkil etilishi masalalaridan iboratdir. “Qishloq xo’jaligini ishlab chiqarishini tashkil etish” fan sifatida ishlab chiqarishni uch elementning uyg’unligi: texnika, texnologiya va ishlab chiqarishni birligida o’rganadi. Bu elementlar o’zaro mustahkam bog’liqdir.
“Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish” fanining vazifalari - qishloq xo’jaligiga doir tadqiqotlar, tajribalarni umumlashtirish asosida, mavjud qonuniyatlar va tamoyillarga muvofiq qishloq xo’jaligi korxonalarining oqilona, eng samarali va maqbul tuzilishi bo’yicha ilmiy qoidalar va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iboratdir.
Umuman, qaysi soha yoki tarmoq bo’lmasin ishlab chiqarishni tashkil etishning vazifalari, quyidagilardan iborat: ishlab chiqarishning maqsadi va vazifalarini aniqlash; belgilangan vazifalarni bajarish uchun mehnat jamoalarini shakllantirish; ; ishlab chiqarish rejalari, shartnomalar shartlarini ishlab chiqish; mehnat taqsimoti va mehnat kooperasiyasi shaklini tanlash; ishlovchilarni ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlash; mahsulotlar yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish; mehnat usullari va shakllarini ilmiy asoslash, ishlovchi o’rinlarini oqilona tashkil etish, ya’ni taqsimlash;
Fan uslubi deyilganda, tadqiqot predmetini o’rganish yo’llarining majmuasi tushuniladi. • Induksiya usuli. Bunda alohida bir xil faktlardan umumlash-tirishga, juz’iydan umumiy xulosalar chiqarishga tayaniladi. • Deduksiya usuli. Umumiy qoidalar va qonuniyatlardan kelib chiqib, nisbatan juz’iy xulosalar chiqariladi. • Tahlil qilish-hodisaning har bir qismini alohida batafsil o’rganish, ular orasidagi bog’lanishlarni tadqiq qilish maqsadida ularni tarkibiy qismlarga ajratishdir. • Monografiya uslubi. Bu uslub tipik, ya’ni doimiy takrorlanuvchi jarayonlarni korxona, tarmoq faoliyatida uzoq vaqt tajriba asosida o’rganishga asoslanadi. • Abstrakt - mantiqiy uslub aniq bir hodisalar, jarayonlarni ularning ahamiyatsiz jihatlarini hisobga olmagan holda o’rganishda qo’llaniladi.
Agar uslub, ya’ni usul voqyelikning obyektiv qonuniyat-larini ifodalasa, amaliyotga asoslansa, o’z obyektini uzluksiz davomiylikda o’rgansa va tajribalarni umumlashtirib borsa, u ilmiy hisoblanadi. • Iqtisodiy-statistik uslub. O’rganilayotgan obyektlarning katta majmuasida, ishlab chiqarish omillarini o’rganish va ularning so’ngi natijasini aniqlashda qo’llaniladi. • Eksperimental (tajriba) uslubi. Bu uslub ishlab chiqa-rishni tashkil etishning usullari va yo’llariga iqtisodiy jihatdan baho berish bo’yicha tajribalar o’tkazish, korxona faoliyatining shart-sharoitlarini aniqlash, bu shart-sharoitlarning samaradorlikka ta’sirini aniqlashda qo’llaniladi. Tadqiqotlarning yuksak sifatli bo’lishiga imkon beradi. • Hisob-kitob(reja) - konstruksiya uslubi. Bu uslub korxonada ishlab chiqarishni tashkil etishda ba’zi bir jihatlar yoki butun tizimni rivojlantirishning istiqbolli rejasini ishlab chiqishda qo’llaniladi. • Matematik modellashtirish uslublari. Bu uslublar ishlab chiqarish uchun eng qulay variantlar va sharoitlarni tanlash muammolarini hal etishda qo’llaniladi.
1. 2. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyotida agrar munosabatlarning o’ziga xos xususiyatlari. 1. Yuqorida ta’kidlangandek iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi asosan fermer xo’jaliklari tomonidan amalga oshiriladi. 2. Agrar sohaning ikkinchi ahamiyatli xususiyati bu yerni ishlab chiqarish vositasi sifatida ishlatishdir. Qishloq xo’jaligida yer nafaqat fermerlarni joylashtirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi, balki bevosita resurs, ishlab chiqarish vositasi sifatida ham ishlatiladi. 3. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi tabiiy sharoitlarga ham bog’liq. Hattoki qishloq xo’jaligida yuqori intensiv texnologiyalarni qo’llovchi, rivojlangan agrar davlatlarda ham, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining natijalarini hali hanuzgacha oldindan aytib bo’lmaydi.
Qishloq xo’jaligi iqtisodiyotida agrar munosabatlarning o’ziga xos xususiyatlari. 4. Qishloq xo’jaligida mahsulotni diversifikasiya qilish imkoniyatlari juda kam bo’lib, texnik taraqqiyot, o’simlik va hayvonlarning yangi, yanada takomillashgan, nav va zotlarini hosil qilish bilan kuzatiladi. 5. Qishloq xo’jalik sohasining so’nggi mahsulotlaridan biri-oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabning elastikligi odatda past. Is’temolchilar oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlarini, ularning narxi o’sishi yoki kamayishidan qat’iy nazar, o’zgarmas hajmlarda sotib oladilar. 6. Daromad bo’yicha ham qishloq xo’jalik va oziq-ovqat tovarlariga bo’lgan talab noelastik hisoblanadi. Ko’pdan kuzatilganki, agarda oilaning moliyaviy ahvoli pastroq darajada bo’lsa, har bir qo’shimcha topilgan so’m birinchi navbatda boshqa tovar va xizmatlarga sarflanadi insonning puli ko’paygani bilan uning ovqatlanish fiziologik qobiliyati oshmaydi.
Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ulushini tarkibiy o’zgarishlari tendensiyasi (%da) 100 90 80 70 60 50 40 30 20 10 0 44. 4 44. 1 44. 4 43. 4 42. 9 40. 6 42. 2 41. 9 40. 2 55. 6 55. 9 55. 6 56. 6 57. 1 59. 4 57. 8 58. 1 59. 8 2005 й. 2006 й. 2007 й. 2008 й. 2009 й. 2010 й. 2011 й. 2012 й. 2013 й Деҳқончилик маҳсулотининг қишлоқ хўжалигидаги улуши Чорвачилик маҳсулотининг қишлоқ хўжалигидаги улуши
1. 3. Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida resurslarni cheklanganligi, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlari, qonuniyatlari va tamoyillari Qonuniyat deganda - • jamiyat hayoti yoki xo’jalik jarayonlaridagi hodisa va voqyealarning qaytarilib keladigan va biror-bir ahamiyatga ega bo’lgan aloqasi tushuniladi. Amaliyotda esa, ayniqsa tabiiy jarayonlarda, qonuniyatlar va doimiy mustahkam aloqalarni har doim ham ajratish mumkin bo’lavermaydi.
Bevosita qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga taalluqli bo’lishi mumkin bo’lgan qator qonunlar mavjud. Nisbiy minimumlar qonuni. Unga muvofiq tashqi ta’sirlar kattaligi yoki tizim tuzilmaviy holati o’zgarishida bir va birdan kam bo’lgan nisbiy qarshilik o’rnatilganda «barbod qilish jarayoni» sodir bo’ladi. Ushbu qonunning amal qilishi, tashkiliy tuzilmalardagi «ojiz bo’g’in» yoki tor joy muammosi bilan bog’liqdir. O’sish omillarining birgalikdagi amal qilish qonuni. Ushbu qonunga muvofiq hosil kattaligiga, minimum qiymatga ega bo’lgan, biror-bir omil emas, balki ularning yig’indisi ta’sir ko’’rsatadi. O’’zgartirish kiritilganda o’’sish omillarining har biri, u qanday qiymatga egaligidan qat’iy nazar, hosilga o’’z ta’sirini ko’rsatadi. Dinamik muvozanat qonuni. Qonunning mohiyati va mazmuni shundaki, agarda tizimga uning muvozanatini buzuvchi biror-bir omil ta’sir qilsa, unda tizim ichidagi ushbu o’zgarishga qarama-qarshi bo’lgan jarayonlar yuz beradi.
Bevosita qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga taalluqli bo’lishi mumkin bo’lgan qator qonunlar mavjud. O’sib boruvchi ishlab chiqarish qonuni moddiy va mehnat q. O’yilmalari oshishi bilan birlik mahsulotga bo’lgan xarajatlar kamayadi, ammo muvofiq proporsiyaga yetgandan keyingi bo’lgan qo’yilmalar xarajatlarning oshishiga olib keladi. Tabiiy - tarixiy qonuniyatlar. Qishloq xo’jaligining asosiy xususiyatlaridan biri - tabiiy omillarga, korxonalarning joylashuv hududlariga, ishlab chiqarishni tashkil etish sharoitlariga bog’liqligidir. To’g’ri tashkiliy qarorlarni qabul qilish, ammo oldindan bilib bo’lmaydigan hollar (do’l, qurg’oqchilik, epidemiya va boshqalar), ularni hayotga tadbiq etishga yo’l qo’ymasliklari mumkin. Texnik va texnologik qonuniyatlar. Yetarlicha texnika bilan ta’minlanganlik, ishlab chiqarish jarayonlarining mexanizasiyalashtirilishi ishlarning mehnat sig’imini va qo’l mehnatini kamayishiga olib keladi. Bunda aniq samara birlik mahsulotga bo’lgan umumiy mehnatning kamayishini bildiradi.
Bevosita qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga taalluqli bo’lishi mumkin bo’lgan qator qonunlar mavjud. Tashkiliy qonuniyatlar. Ishlab chiqarishdagi tashkiliy ishlar asosan rahbardan kelib chiqadi. Boshqa sharoitlar bir xil bo’lsa, yuqori malakali rahbar boshchiligidagi jamoa muvaffaqiyatga erishadi. Iqtisodiy va ijtimoiy qonuniyatlar. Iqtisodiyotning turli darajalari va har bir sohasidagi asosiy qonuniyat, ishlab chiqarish munosabatlarining xarakteri va ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi ularning o’zaro shartlanishi va o’zaro ta’siridan iboratdir. Ekologik qonuniyatlar. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi atrof muhitga o’z ta’sirini o’tkazgan holda ochiq makonda amalga oshiriladi. Bu ta’sir turlicha namoyon bo’ladi.
Fanda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishning quyidagi asosiy tamoyillari aniqlangan. 1. Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini ta’-minlash. Samaradorlik – faoliyat natijalarini (yangi mahsulot, yangi foyda, daromad) ishlab chiqarish xarajatlariga (ishlab chiqarish umumiy xarajatlari, mahsulot va ishlar tannarxi) hamda ishlatilgan resuslar hajmiga (yer maydoni, asosiy fondlar va aylanma mablag’lar, ish kuchi, mehnat xarajatlari) nisbati bilan tavsiflanadi. 2. Boshqaruvning nomarkazlashuvi. Ushbu tamoyil boshqaruvi-ning direktiv tizimidan voz kechishni, ishlab chiqarishni tashkil etishda korxonalarga mustaqillik berishni nazarda tutadi. Ammo bu, davlat, ayrim hudud va korxonalar manfatlarini ko’zlab markaziy va mahalliy boshqaruv organlari tomonidan belgilanadigan, agrar siyosatning asosiy yo’nalishlari va vazifalaridan chekinish degani emas.
3. Ishlab chiqarishni tashkil etishning rejaliligi. Ushbu tamoyil istiqbolli, yillik va joriy rejalarda o’z aksini topuvchi, ishlab chiqilgan strategiya va taktika asosidagi korxona faoliyatini nazarda tutadi. Istiqbolli rejalar strategik maqsadlar va faoliyat yo’nalishlarini belgilaydi. Yillik va joriy rejalardagi tegishli hisob-kitoblar va asoslar bilan ular yaqin oradagi davr va joriy vaqtga olib kelinadi va ularga aniqlik kiritiladi. 4. Ishlab chiqarish omillarining muvozanatlashuvi. Bu tamoyil qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining asosiy omillarini yer, ishchi kuchi, ishlab chiqarishning boshqa vositalari - oqilona nisbatini nazarda tutadi. Ularning tegishli proporsiyalaridagi birikmalarisiz korxonaning har bir unsuri ham, umumiy resurs salohiyati ham yetarlicha samarali ishlatilmaydi.
5. Majmuaviylik va integrasiya. Majmuaviylik va ishlab chiqarishni tashkil etishda tuproq iqlim, texnik texnologik, ijtimoiy iqtisodiy ekologik omillarni ularning o’zaro aloqasi va shartlanganligida hisobga olish va baholashdan iboratdir. 6. Dinamiklik. Ushbu tamoyil ishlab chiqarishni tashkil etishning vazifalari va istiqbolli maqsadini amalga oshirish suratlarini bosqichmabosqich qarorlar va amallarni ketma-ketligi va kelishilganligini nazarda tutadi. .
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI 30. 04. 1998 y. N 602 -I FERMER XO’JALIGI TO’G’RISIDA [yangi tahriri ] 2004 yil 26 avgust Mazkur Qonunning yangi taxriri O’z. R 26. 08. 2004 y. 692 -II-son Qonuni bilan tasdiqlangan I. Umumiy qoidalar (1 -4 -moddalar) II. Fermer xo’jaligini tashkil etish (5 -9 -moddalar) III. Fermer xo’jaliklari yuritish uchun yer uchastkalari berish. Yerdan va suvdan foydalanish (10 -15 -moddalar) IV. Fermer xo’jaligining huquqlari, majburiyatlari hamda mol-mulki (16 -21 -moddalar) V. Fermer xo’jaligi faoliyatining tashkil etilishi (22 -28 -moddalar) VI. Yakunlovchi qoidalar (29 -36 -moddalar)
O’zbekiston Respublikasining Qonuni 30. 04. 1998 y. N 604 -I DEHQON XO’JALIGI TO’G’RISIDA Muqaddima 1 -bob. Umumiy qoidalar (1 -6 moddalar) 2 -bob. Dehqon xo’jaliklariga yer berish. Yerga egalik qilish, yerdan va suvdan foydalanish (7 -11 moddalar) 3 -bob. Dehqon xo’jaligining xamda uning a’zolarining huquq va majburiyatlari (12 -14 moddalar) 4 -bob. Dehqon xo’jaligining mol-mulki (15 -18 moddalar) 5 -bob. Dehqon xo’jaligi faoliyatining asoslari (19 -26 moddalar) 6 -bob. Dehqon xo’jaligini tugatish (faoliyatini to’xtatish) (27 -28 moddalar) 7 -bob. Yakunlovchi qoidalar (29 -31 moddalar) Ushbu Qonun dehqon xo’jaliklarini tashkil etish, ularning faoliyati va tugatilishining huquqiy asoslarini, huquq va majburiyatlarini belgilaydi, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarini tartibga soladi.
- Slides: 25