1 Mavzu Pedagogika tarii fan sifatida Ibtidoiy jamoada

1 -Mavzu: Pedagogika tariхi fan sifatida. Ibtidoiy jamoada tarbiya. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim – tarbiya va pedagogik fikrlar. Reja: 1. “Pedagogika tarixi” fanining maqsad va vazifalari. 2. Ta’lim-tarbiya va pedagogika tarixini davrlashtirish muammolar 3. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha Sug’diyon, Baqtriya, Xorazm davlatlarida ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti. 4. Xalq pedagogikasi – empirik bilimlar sohasi sifatida. 5. Xalq og’zaki ijodida xalq pedagogikasining boshlanishi va eng qadimgi yozma manbalarda ta’limotlar. 6. “Avesto” Eng qadimgi davrlarning madaniy yozma yodgorligi. TAYANCH SO’ZLAR: Eng qadimgi davr, Piktografik yozuv, Ieroglif yozuv, xalq maktablari, zardushtiylik ta’limoti, “Avesto”, xalq pedagogikasi, xalq og’zaki ijodi.

ADABIYOTLAR: 1. Hоshimоv K. , Nishоnоvа S. , Inоmоvа M. , Hаsаnоv R. Pеdаgоgikа tаriхi. – T. : O’qituvchi, 1996. 2. Hаsаnbоеv J. , Hаsаnbоеvа О. , Hоmidоv H. Pеdаgоgikа tаriхi. – T. : O’qituvchi, 1997. 3. Sаfо Оchil. , Hоshimоv K. O’zbеk pеdаgоgikаsi аntоlоgiyasi. – T. : O’qituvchi, 1999. 4. Hоshimоv K. , Sаfо Оchil. O’zbеk pеdаgоgikаsi аntоlоgiyasi. – T. : O’qituvchi, 2010. 5. Аtаеvа N. , Rаsulоvа F. , Hаsаnоv S. Umumiy pеdаgоgikа (Pеdаgоgikа tаriхi). – T. : “Fan va texnoligiya”, 2011. 6. B. X. Xodjaev Pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Toshkent, “Sanostan-dart” nashri-yoti, 2017.

Sizningcha pedagogika tarixi nimani organadi?

“Pedagogika tarixi” faning maqsadi – eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar taraqqiyotini tizimli yondashuv asosida o’rganishdan iborat. “Pedagogika tarixi” faning predmeti - eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlarning rivojlanish jarayoni. “Pedagogika tarixi” fanining vazifalari: 1) milliy o’z-o’zini anglash, kasbiy rivojlanish bilan bog’liqlikda umumiy va pedagogik madaniyatni shakllantirish; 2) pedagogik fikrlar rivojini tahlil etish va tizimlashtirish; 3) pedagogik g’oyalarni tahlil etish asosida ularni o’quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etish.

Sizningcha, Pedagogika tarixini o’rganish qanday manbalarga asoslanadi?

Pedagogika tarixini o’rganish manbalari: arxeologik yodgorliklar qo’lyozmalar hujjatlar xalq og’zaki ijodi Memuarlar (xotira, esdalik) adabiy yodgorliklar Sharq va G’arb mutafakkirlarining asarlari badiiy adabiyot

Pedagogika tarixini qismlari: Eng qadimgi davrlardan O’zbekiston Respulbikasi mustaqilligigacha (1991 y) bo’lgan davrda O’zbekistonda maktab, pedagogik fikrlar tarixi. O’zbekiston Respublikasi mustaqilligidan keyingi davrlarda (1991 yil, 31 -avgust) ta’lim – tarbiya va pedagogik fikrlar. Xorijda eng qadimgi davrlardan bugungi kungacha pedagogik fikrlar rivoji.

Pedagogika tarixini davrlashtirish muammosi eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar VII asrdan XIV asrning birinchi yarmifacha O’rta Osiyoda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojllanishi XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda tarbiya va maktab XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda pedagogik fikrlar rivoji XVII asrdan XIX asrning yarmigacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivoji XIX asrning 2 -yarmi – XX asr boshida Turkiston o’lkasida tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar 1917 -1991 yillarda O’zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogik fikrlar rivoji Mustaqil O’zbekiston ta’lim tizimi. Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlar rivoji eng qadimgi davrlardan XIX asrning birinchi yarmida jahon pedagogika fanining rivojlanish tarixi XIX asrning 2 -yarmi – XX asrda jahon pedagogika faning rivoji hozirgi davrda jahon mamlakatlari ta’lim tizimi va pedagogika fani rivoji

3. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha Sug’diyon, Baqtriya, Xorazm davlatlarida ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti Hozirgi o’zbek xalqining ajdodlari bundan bir necha ming yillar oldin yashagan bo’lib, ular yuksak va o’ziga xos madaniyatni vujudga keltirishda juda katta va mashaqqatli yo’lni bosib o’tgan. Dastlabki tosh qurollaridan tirikchilik uchun foydalanish, ancha takomillashgan mehnat qurollarini yasash, urug’chilik davriga kelib, xo’jalik hayoti va madaniy taraqqiyotda erishilgan yutuqlarni o’z ichiga olgan davrgacha bo’lgan tariximiz otabobolarimizning boy qadimiy madaniyatga ega bo’lganligidan dalolat beradi. Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda Baqtriya, Xorazm, So’g’diyona, Marg’iyona, Parfiya hamda Parkana kabi davlatlarida turli qabila va elatlar yashagan. Ular saklar, massagetlar, so’g’diyonalar, xorazmiylar, boxtarlar, chochliklar, parkanaliklar kabi qabila va urug’lardan iborat bo’lib, hozirgi Markaziy Osiyo hududida yashovchi xalqlarning ajdodlari hisoblanadilar.

Ushbu elatlar yashagan hududlarda o’ziga xos madaniy an’analar tarkib topa borgan. Masalan, eramizdan oldingi asrning birinchi yarmida qadimiy davlatlar: Baqtriya va So’g’diyona, Marg’iyona, Xorazm, Parkana, Parfiya kabi o’lkalarda xalq xo’jaligining turli sohalarida rivojlanish va taraqqiyot ro’y bergan. Eramizdan oldingi IX-VI asrlarda paydo bo’lgan Ahmoniylar, eramizdan avvalgi III asr o’rtalarida tashkil topgan Grek-Baqtriya, eramizning I asrida tashkil topgan Kushonlar, eramizning V asrda yuzaga kelgan Eftalitlar, so’ngra Sosoniylar va nihoyat Turk hoqonligi davlatlarida ijtimoiy madaniyat yuksala bordi. Bunday muhim manbalar sirasiga yunon olimlari Gerodot, Suqrot, Plutarx, Polienlarning tarixiy, geografik hamda axloqiy asarlari, allomalarimiz Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Qoshg’ariy, faylasuf, sharqshunos va tarixchi olimlar: Ye. E. Bertels, S. P. Tolstov, V. V. Braginskiy, I. M. Mo’minov, B. G’afurov, I. V. Stebleva, A. O. Makovelskiy, Y. Jumaboev, M. Ishoqov, adabiyotshunoslar A. Qayumov, N. Mallaev, N. Rahmonov, pedagog-olimlar O’. Aleuov, M. Orifiy va boshqalar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar kiradi.

Eng qadimgi tarbiya haqidagi yodgorliklar bizgacha bevosita yetib kelmagan. Turkiy va forsiyzabon xalqlarning hayot kechirish sanhati, donolik majmuasi sifatida yuzaga kelib, borliqqa amaliy munosabatda bo’lishning namunasi tarzida e’tirof etilgan ma’naviy madaniyat yodgorliklari qadimgi grek tarixchisi Gerodotning “Tarix”, Strabonning “Geografiya” hamda Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’ati t-turk” kabi asarlari, shuningdek, Urxun-Enisey bitiklari kabi adabiy-tarixiy manbalarda saqlangan va ular orqali bizgacha yetib kelgan. Ushbu yodgorliklar mohiyatini o’rganish insonning shakllanishida moddiy va ma’naviy madaniyat qay darajada katta rol o’ynaganligidan dalolat beradi. Xususan, tarbiya insonning aqliy va axloqiy jihatdan tarkib topa borishiga tahsir etgan bo’lsa, insonning shakllana borishi ham o’z navbatida kishilik jamiyatining qaror topa borishiga yordam bergan. Xullas, tafakkur yurita olish qobiliyatiga ega bo’lgan inson kamolotining ta’minlanish jarayoni hamda jamiyatning ijtimoiy taraqqiyoti o’zaro uzviy aloqada shakllangan. Mazkur tarixiy jarayon mohiyatini bilish bizga inson tafakkurining juda uzoq davr va murakkab sharoitlarda shakllana borganligidan dalolat beradi. Eng qadimgi kishilarga xos bo’lgan xislatlar, ularning dastlabki, oddiy istaklari, orzu-umidlari qadimgi eposlarda aks etgan afsonaviy obrazlar hamda qahramonlar qiyofasida o’z ifodasini topgan. Ruhga sig’inish (onimizm), ajdodlar ruhiga sig’inish (totemizm), sehrgarlik kabi diniy e’tiqodlar va marosimlar yoritilgan afsona va rivoyatlarda eng qadimiy ajdodlarimizning tafakkur dunyosi aks etgan. Ammo bu rivoyat va afsonalar ham massaget, sak, xorazmiy, so’g’d hamda parfiyanlar yashagan davrlar ruhini ifoda etadi.

Paleolit – 700/500 -40/14 ming yil. m. a. d. (pitekantroplar)

Paleolit – 700/500 -40/14 ming yil. m. a. d. (sinantroplar)

Paleolit – 700/500 -40/14 ming yil. m. a. d. (neandartal)

Eng qadimgi davrda mehnatga layoqatlilik bilan bog’liqlikda jamoa a’zolari 3 guruhga bo’lingan: 1 Bolalar va o’smirlar 2 Ijtimoiy hayot va mehnatda to’la ishtirok etuvchilar; 3 Keksalar. Jamiyatning ijtimoiy jihatdan taraqqiy eta borishi bolalarga dalalarni o’lchash, suv toshqinlarining oldini olish, kishilarni turli kasalliklardan davolash usullariga oid bilimlarni berishga bo’lgan ehtiyojni yuzaga keltirdi. Mazkur e’tiyojni qondirish yo‘lidagi harakatning tashkil etilishi natijasida turli maktablar faoliyat yurita boshladi. Maktablarda asosiy e’tibor bolalarga og’zaki bilimlar berish bilan birga ularda yozuv ko’nikmalarining shakllantirilishiga qaratildi. Dastlab suratkashlik rivojlanib, piktografik xat paydo bo’lgan bo’lsa, keyinchalik qo‘shni mamlakatlardan kirib kelgan harflar yordamida yozish usuli paydo bo‘ladi va bu usul tez tarqala boshlaydi.

Piktografik yozuvlar – suratli yozuv

Ieografik yozuvlar – belgili, grafikli yozuvlar

Ieroglif yozuv – bir so’zni belgilaydigan surat belgisi

Finikiy yozuvlar

Baqtriya, So’g’d, Xorazm yerlarida maktablar: Onalar maktabі – urug’ning boshqa a’zolarining bolalariga o’qish, yozuv o’rgatilgan Xalq maktablari – Savod chiqarish maktabi

Xalq pedagogikasi – emperik bilim tajribasi sifatida. Xalq pedagogikasining tarkibiy qismlari: Xalq og’zaki ijodi Xalq urf-odatlari Etnografik (xalqona) materiallar Xalq o’yinlari Xalq o’yinchoqlari

“Avesto” Eng qadimgi davrlarning madaniy yozma yodgorligi «Avesto» 21 bo’limdan iborat ulkan kitob Avesto Birinchi 7 bo’limida dunyoning yaratilishi va odamlarning yaratilishi to’g’risida bayon etilgan Ikkinchi yetti bo’limi insonparvarlik fazilatlari, odobaxloq, ta’limtarbiya va diniy bilimlarga bag’ishlangan Uchinchi 7 bo’limi tabiat ilmlariga, tabobat va astronomiyaga bag’ishlangan.

Zardushtiylik ta’limotida ilgari surilgan asosiy g’oyalar: INSON Ezgu fikr Ezgu so’z Ezgu amal

Urxun-Enasoy yodgorliklari, Irq yozuvlari (Ta’birnoma) kabi manbalar bo’lib, ulardan yangi davr kishisini tarbiyalashda foydalanish muhim vazifalardan sanaladi. Eng qadimgi turkiy tilda yaratilgan va turk-rumiy yozuvida bitilgan Urxun enasoy bitiklarini ―toshlarga bitilgan kitoblar ham deb ataydilar. O’ziga xos xat (yozuv)da bitilgan bu bitiklar eramizning VI-VIII asrlarda yozib qoldirilgan. Toshlarga bitilgan mazkur yodgorliklar ta’lim-tarbiyaga oid qimmatli ma’lumotlarni beradi. Urxunenisey yodgorliklari dastlab Yenisey havzasida, so’ngra Mo’g’ilistonning Urxun daryosi bo’yida topilib, ushbu yozuvlarni 1893 yilda birinchi bo’lib daniyalik olim Vilgelm Tomson o’qigan. V. Tomsondan so’ng olimlar – N. M. Yadrinsev, V. V. Radlovlar mazkur manbalarni izlab topib, o’qishga muvaffaq bo’ldilar. Urxun-enisey yodgorliklari S. e. Malov hamda I. V. Steblevalar tomonidan rus tiliga tarjima qilindi. O’zbekistonda Oybek, O. SHarafuddinov, N. Mallaev, Aziz Qayumov va N. Rahmonovlar Urxun-enisey bitiklari ustida tadqiqot ishlarini olib bordilar va ushbu manbaning ta’lim va tarbiya ishlarini yo’lga qo’yishdagi ahamiyatini yoritib berdilar.

Qadimgi turk yozuvi

Eng qadimgi yozma manbalarda ta’limotlar. «O’rxun-Enasoy yozma yodgorliklari» (VI-VII asrlardagi turkiy-runiy yozuvida yozilgan) «Kultegin» bitigtoshi «Bilga hoqon» bitigtoshi «Tunyuquq» bitigtoshi

“Irq bitigi”da eng qadimgi ajdodlarimizning mifologik hamda totemistik qarashlari xalq og’zaki ijodi namunalari tarzida o’z aksini topgan. Anhanaga ko’ra, har bir epizodda yaxshilik g’oyalari targ’ib etiladi. Voqealar tush va uning tahbirlari tarzida yoritiladi. Bahzi tushlar yaxshilikning, bahzilari esa yomonlikning timsoli deya tahbir qilinadi. Inson doimo turmushi, hayotining yaxshi kechishini orzu qilgan. Ana shunga intilgan. U o’z orzulariga yetishishiga ishongan, bu yo’lda Tangri yordami va madadiga tayangan. “Irq bitigi”da bu holat juda ishonarli tarzda bayon etilgan. CHunonchi: Men Osmon o’g’li kunduz va kechqurun Oltin taxtda o’ltirib. SHodlanyapman, Bilib qo’ying: bu yaxshi”.

“Tong ota boshladi, So’ng uning izidan yer yorishdi. So’ng quyosh chiqdi Hamma yer yorug’ bo’ldi”, -deyishadi, Bilib qo’ying: bu-yaxshi. “Men olti boshli ilonman, Oltin qorin -qulog’imni qilich bilan cho’ib, Mening tanamni yo’l chetiga, Boshimni uyim yo’liga qo’yishdi, - deyishdi. Bilib qo’ying: bu-yomon”

“Irq bitigi”da yozilishicha samoviy qahramonlar inson taqdirini belgilaydi hamda unga yordam beradi. Ushbu fikrlar quyidagi misralarda o’zining yorqin ifodasini to’gan: “Yuqorida tuman yoyildi, pastda to’zon to’zidi, qush bolasi uchdi va yo’ldan ozdi, Kiyik bolasi yugurdi va yo’ldan ozdi, Odam bolasi yuraverib yo’ldan ozdi. Osmon shafoati tufayli uchinchi yilda yana Hamma omon-eson va tugal ko’rishdi. Hamma suyunishdi va quvonishdi, Bilib qo’ying bu yaxshi”.

Test. “Pedagogika tarixi” faning maqsadi qaysi qatorda to’gri ko’rsatilgan? 1. Eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlarning rivojlanish jarayoni. 2. Eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar taraqqiyotini tizimli yondashuv asosida o’rganish. 3. Milliy o’z-o’zini anglash, kasbiy rivojlanish bilan bog’liqlikda umumiy va pedagogik madaniyatni shakllantirish; Simptom Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda Baqtriya, Xorazm, So’g’diyona, Marg’iyona, Parfiya hamda Parkana kabi davlatlarida turli qabila va elatlar yashagan. Ular saklar, massagetlar, so’g’diyonalar, xorazmiylar, chochliklar, parkanaliklar kabi qabila va urug’lardan iborat bo’lib, …………… Muammoli savol Kishining ko’ngli bo’lsa Qashshoq, kambag’al. To’q bo’lmaydi, Boy bo’lmaydi Amaliy ko’nikma Xalq og’zaki ijodiga misollar keltiring

Test. “Pedagogika tarixi” faning maqsadi qaysi qatorda to’gri ko’rsatilgan? 1. Eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlarning rivojlanish jarayoni. 2. Eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar taraqqiyotini tizimli yondashuv asosida o’rganish. 3. Milliy o’z-o’zini anglash, kasbiy rivojlanish bilan bog’liqlikda umumiy va pedagogik madaniyatni shakllantirish; Muammoli savol Kishining ko’ngli bo’lsa Qashshoq, kambag’al. To’q bo’lmaydi, Boy bo’lmaydi Simptom Amaliy ko’nikma Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda Baqtriya, Xorazm, So’g’diyona, Marg’iyona, Parfiya hamda Parkana kabi davlatlarida turli qabila va elatlar yashagan. Ular saklar, massagetlar, so’g’diyonalar, xorazmiylar, boxtarlar, chochliklar, parkanaliklar kabi qabila va urug’lardan iborat bo’lib, hozirgi Markaziy Osiyo hududida yashovchi xalqlarning ajdodlari hisoblanadilar. Ertak, allalar, yallalar, maqol, matal, topishmoq, dostonlar, folklyor…. .

Etiboringiz uchun rahmat!
- Slides: 32