1 Keys Kasbhunar kollejining direktori boshqa ishga tganligi
1 -Keys. Kasb-hunar kollejining direktori boshqa ishga о‘tganligi tufayli jamoaga yosh ammo qaysidir kollejda о‘quv bо‘limining mudiri bо‘lib ishlagan ayolni tayinlashdi. Jamoa yangi rahbarni iliq kutib oldi, ayniqsa uning yoshligi va “men bu yerda tartib о‘rnatishga keldim, о‘zim ham kuchimni ayamayman va Sizlardan ham shuni talab qilaman”, deb ishontirishi kо‘pchilikka yoqib qoldi. Rostdan ham kollejda tartib initizom ancha yaxshilanib qoldi. Oldingi direktorning “erkatoy” larini yangi direktor “joyiga о‘tkazib qо‘ydi”. Kollejning о‘quv jarayonida, tashqi va ichki kо‘rinishida sezilarli о‘zgarish yuz berdi. Lekin, yangi direktor yoshligi uchunmi yoki о‘zining qattiqqо‘llligini kо‘rsatish uchunmi, о‘qituvchilar bilan gaplashganda, yig‘ilishlarda qо‘pol, ortiqcha gapirganidan ayrimlar qattiq ranjiy boshlashdi. Shundaylar orasida kollejning о‘quv bо‘limi mudiri ham bо‘lib, u ancha tajribali, jamoada о‘rni va obrо‘siga edi. Yangi direktorning о‘zidan ancha yosh bо‘lishiga qaramasdan ayrim vaqtda qо‘pol munosabatda bо‘lishi mudirning nafsoniyatiga tegdi. U bir-ikki marotaba rahbarga odamlarga nisbatan munosabatini о‘zgartirishini maslahat berdi. Asta-sekinlik bilan kollej jamoasi ikkiga bо‘linib, bir qismi rahbar atrofida, ikkinchi qismi mudir atrofida kichik guruhchani tashkil etdilar. Tashqaridan qaraganda bu hol sezilmas, odamlar bir-biri bilan oldingiday salomlashar, birgalikda tadbirlarni о‘tkazishar ammo, о‘rtada ishonch yо‘qolib, “о‘zimizniki” va “dushman tomon” ga jadal bо‘linishgan edi. О‘zaro tortishuvlar, bir-birini ustidan shikoyat yozishlar, yig‘ilishlardagi janglar kо‘pchilikni asabini buza boshladi. Ba’zilar bunga dosh berolmay ishdan bо‘shashga ariza ham yozishdi. Konfliktlar jiddiy tus oldi.
Mazkur vaziyatda rahbar boshqaruvining. . . Kuchli tomoni Imkoniyatlar. I Kuchsiz tomoni Tо‘siqlar
Bu vaziyatda Sizning harakatingiz. . . 1. 2. 3.
- Slides: 3